Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIMPATIK NERV TIZIMI
AVTONOM NERV TIZIMI
Nerv tizimining ichki a‘zolar, bezlar, qon va limfa tomirlari, silliq va qisman ko‘ndalang targ‘il muskullar faoliyatini boshqarib turadigan qismi avtinom nerv tizimi deyiladi Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu tizim tomonidan boshqariluvchi faoliyatlarga ihtiyoriy ta‘sir o‘tkazish deyarli mumkin emas. Odam idrokiga bo‘sunmaslik avtonom nerv tizimini somatik nerv tizimidan ajratib turuvchi asosiy belgidir. Somatik nerv tizimi organizmning tashqi muhit bilan afferent va efferent aloqalarini ta‘minlasa, avtonom nerv tizimining asosiy vazifasi ichki muhit barqarorligini saqlashdir. Avtonom nerv tizimi tuzilishi va faoliyatiga ko‘ra simpatik, parasimpatik va metasimpatik qismlarga bo`linadi. Simpatik va parasimpatik tizimlar markaziy va tashqi (periferik) qismlardan iborat. SIMPATIK NERV TIZIMI Orqa miya kul rang moddasining yon shoxlarida joylashgan simpatik yadro simpatik nerv tizimining markaziy qismi hisoblanadi. Bu yadro birinchi ko‘krak segmentidan boshlanib, bel segmentlarigacha tushadi va avtonom nerv tizimining torako-lyumbal bo`limini tashkil qiladi (26-rasm). Simpatik tolalar bu markazdan tegishli orqa miya segmentlarining oldingi ildizlaro orqali orqa miya neyronlarining o‘simtalari bilan birga chiqadi. Simpatik yadro ancha kichik multipolyar hujayralardan tuzilgan. Bu 85 neyronlarning dendritlari orqa miyaning o‘zida tarqaladi. Ingichka, aksari miyelinli aksonlari orqa miyadan chiqib, umurtqa oldi (paravertebral) va umurtqadan oldingi (Prevertebral) tugunlarda tugaydi. Bu aksonlardan qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi 20 m/s dan oshmaydi. Simpatik neyronlarning orqa miyadan chiqib, tugunda tugaydigan aksonlari preganglionar tolalar deyiladi. Simpatik nerv tizimining periferik qismini simpatik tugunlar va ularga aloqador afferent va efferent tolalar tashkil qiladi. Umurtqa oldi tugunlar bosh chanog‘i asosidan to dumg‘azagacha tushgan umurtqaning ikki yonida yotuvchi chegara stvollarini hisil qiladi. Chegara stvol tarkibidagi tugunlar bir-biriga komissuralar yordamida, orqa miya nervlari bilan oq va kul rang tarmoqlar yordamida bog‘langan. Oq tarmoq orqali preganglionar tola tugunga kirib, effektor neyron bilan tutashishi mumkin. Unda effektor neyronning aksoni (postganglionar tola) kul rang tarmoq orqali orqa miyaga qaytadi va oldingi ildiz tarkibida uzilmasdan ishchi a‘zogacha yetadi. Tugunlarda preganglionar tolalar bilan tutashgan neyronlar aksonlarining talay qismi kichik tutamlarga yig‘ilib, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i va chanoq a‘zolarini nervlaydi. Preganglionar simpatik tolalarning bir qismi umurtqa oldi tugunlarda uzilmasdan prevertebral (umurtqadan oldingi) tugunlarga yetadi va bu yerda effektor neyronlar bilan tutashadi. Umurtqadan oldingi tugunlar umurtqadan ancha narida, nervlanadigan a‘zoga ancha yaqin joylashgan. Shuning uchun ularga yetib kelgan preganglionar tola ham, ulardan chiqqan postganglionar tola ham ancha uzun bo`ladi. Umurtqadan oldingi katta tugunlardan yulduzsimon, quyoshsimon, ichaktutqichning yuqori va pastki tugunlarini ko‘rsatish mumkin. Bu tugunlardagi neyronlar qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining simpatik nervlanishini ta‘minlaydi. Deyarli barcha a‘zo va to‘qimalar simpatik nnervlanishga ega. Birinchi galda bu qon tomirlar, kovak a‘zolarning, terinig silliq muskullari, ter va hazm bezlari, o‘pka, jigar va yog‘ tto‘qimasi hujayralari, skelet muskullari va markaziy nerv tizimining o‘zi. Simpatik nerv tizimi sezuvchi yo`llarga ham ega. Sezuvchi neyronlarning somalari umurtqadan oldingi tugunlarda joylashgan. Ularning uzun o‘simtalaridan biri periferiyaga yoi oladi, ikkinchisi orqa miyaga o‘tadi. Boshqa bir neyronlarning uzun o‘simtasi ishchi a‘zoga borib yetsa, kaltalari tugunning o‘zida tarqalib, oraliq neyronlar orqali effektor neyronlar bilan bog‘lanadi va shu yerning o‘zida mahalliy refleks yoyi hosil qiladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling