Muqaddima
KATTA YARIM SHARLAR PO’STLOG’I
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
KATTA YARIM SHARLAR PO’STLOG’I
Miya po'stlog'i MNT ning filogenetik eng yosh qismi. Po'stloq kul rang modda bo'lib, miyaning quyi qismlaridagi oq moddano qoplab turadi. Miya po'stlogining yuzasi 2200 sm 2 , qalinligi 1,3-4,5 mm, umumiy hajmi 600 sm 3 . Undagi neyronlar soni taxminan 10 9 - 10 10 . Po‘stloqdagi glial hujayralar soni neyronlar sonidan 5-6 marta ko‘p. 79 Po‘stloqda qadimiy, eski va yangi qismlar (po‘stloqlar) tafovut qilinadi. Qadimiy po‘stloqqa hidlov miya, eski po‘stloqqa gippokamp kiradi. Qolgan sohalar yangi po‘stloqni tashkil qiladi. Po‘stloqni tashkil qiluvchi neyronlar olti qavat joylashgan: 1) molekulyar qavat, 2) tashqi donali qavat, 3) piramida qavat, 4) ichki danali qavat, 5) gigant piramidal hujayralar (Bes hujayralari ) qavati, 6) multiform qavat. Po‘stloq hamma qismining neyron tuzilishida umumiylik bo`lgani bilan neyronlar soni va oichovida, qavatlardagi tolalar yo‘nalishi va tarqalishida anchagina farq bor. Shu asosda bosh miya po‘stlog‘ining ―haritasi‖ tuziilgan. Bu haritada 52 soha ajratilgan. Faoliyatiga ko‘ra bir biridan farq qiladigan miya po‘stlog‘idagi sohalar assotsiativ, komissural va boshqa tolalar yordamida o‘zaro aloqdor. Assotsiativ tolalar o‘z yarim sharlarining uzoq va yaqin sohalarini bog;lasa, komissural tolalar ikkala yarim sharlar o‘rtasida aloqa o‘tkazadi. Komissural tolalarning deyarli hammasi qadoqsimon tanadan o‘tgan. Po‘stloqdan pastga tushib, uni po‘stloq osti tuzilmalariga bog‘laydigan tolalar proyeksion tolalar bo‘ylab efferent impulslarni o‘tkazadi. Afferent tolalarga assotsiativ va komissural tolalardan tashqari talarno-kortikal tolalar kiradi. Harakatlarni boshqarishda po‘stloqning muayyan sohalari ishtirok etadi. Bu sohalar motor po‘stloqni tashkil qiladi. Talamus yadrolari orqali boshqa sohalarga afferent impulslar o‘tadi. Ular po‘stloqning sensor sohalaridir. Faoliy ahamiyati noaniq bo`lgan sohalar ham bor. Masalan, miyaning peshona bo`limlarida joylashgan 9- va 12-sohalar. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling