Muqaddima
GIPOTALARNO-GIPOFIZAR TIZIM
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- GUMBAZ (LIMBIK) TIZIMI
GIPOTALARNO-GIPOFIZAR TIZIM
Gipotalamusning eng asosiy vazifalaridan biri gipofiz faoliyatini, u orqali ichki sekretsiya bezlarining deyarli barchasini faoliyatini boshqarishdan iborat. Birinchidan, gipofizning orqa bo`lagida saqlanib, keragida qonga o‘tadigan ikkita gormon – vazopressin va oksitotsin gipotalamusning supraoptik va paraventrikulyar yadrolaridagi neyrosekretor hujayralarida sintezlanadi. Gipofizga neyrosekretor hujayralarning aksonlari bo‘ylab oqib tushadi. Gipofizning oldingi bo`lagi – adenogipofiz gormonlarni o‘zi sintezlarnaydi. Ammo ularning qonga o‘tishini gipotalamusning gipofizotrop gormonlari boshqaradi. Bu gormonlar kichik molekulyar massaga ega bo`lgan peptidlardir. Ularning bir qismi gormonlarning adenogipofizdan qonga o‘tishini tezlashtiradi va rilizing-omillar yoki liberinlar deb ataladi. Boshqalari gipofiz gormonlarining qonga o‘tishini kamaytiradi va statinlar deyiladi. Gipofizotrop gormonlarni gipofizga qon olib keladi. Hozir gipotalamus va gipofizning boshqa bir peptidlarni – enkefalin va endorfinlarni sintezlashi aniqlandi. Bu moddalar organizmga tashqaridan kiritilgan morfin kabi ta‘sir qiladi. Gipofizotrop gormonlar adenogipofiz gormonlarining qonga chiqishini boshqarsa, gipofizar gormonlarning qondagi miqdori, o‘z navbatida, liberin va statinlarning qonga o‘tib, gipofizga yetib kelishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu haqda yanna ichki sekretsiya bezlariga bag‘ishlangan bobda batafsil bayon qilinadi. GUMBAZ (LIMBIK) TIZIMI Odamning maqsadli xatti-harakatini shakllantiradigan miyani yangi po‘stloqqa va gumbaz (limbik) tizimga bo`lishadi. Yangi po‘stloq xulqni ro‘yobga chiqaradi, odamning tashqi muhit bilan vaqt va fazodagi munosabatlarini boshqaradi, mantiqli fikr yuritishga javob beradi. Limbik tizim esa intilish va hissiyaotlarni shakllantiradi, o‘qish- o‘rganish va xotira uchun katta ahamiyatga ega. 23- расм. Лимбик тизимнинг асосий тузилмапари. 76 Limbik tizimning po‘stloq sohasiga gippocamp, gippocamp oldi egat, belbog‘ o‘zak, hid sezishni ta‘minlovchi tuzilmalar kiradi. Bodomsimon tana, septal yadrolar va oldingi talarnik yadro limbik tizimning po‘stloq osti tuzilmalarini tashkil qiladi (23-rasm). Limbik tizimning qismlari bosh miyaning ko‘p sohalari bilan va o‘zaro xilma xil afferent hamda efferent tolalar yordamida bog‘langan. Bu tizim uchun aylanma zanjirli bog‘lanishlar xos. Limbik tizim katta yarim sharlar po‘stlog‘ining chakka va peshona sohalari bilan bog‘langan. Chakka sohalar ma‘lumotlarni ko‘ruv, eshituv va somatosensor po‘stloqdan bodomsimon tana va gippocampga o‘tkazadi. Peshona soha limbik tizim faoliyatlarini boshqaruvchi asosiy po‘stloq soha bo`lsa kerak. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling