Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
BAZAL YADROLAR
78 Yarim sharlar po‘stlog‘ining bir‘biriga qaratilgan medial qismlari ichida bir guruh yadrolar joylashgan. Ular bosh miya asosiga yaqin bo`lgani uchun bazal yadrolar, deb ataladi. Sut emizuvchilarda bu yadrolarga dumli o‘zak va po‘choqdan iborat targ‘il tana, oqimtir yadro, qora modda va subtalarnik yadro kiradi (24-rasm). Bazal yadrolarga keladigan afferent signallarning ko‘p qismini targ‘l tana qabul qiladi. Bu signallarning manbai uchta: katta yarim sharlarning barcha sohalari, talamusning yadrolari va qora modda. Efferent tolalr targ‘il tanadan oqimtor yadroga va qora moddaga o‘tgan. Qora modda, targ‘il tana va talamusga o‘tgan yo`llar dofaminergik tuzilmalardan iborat. Oqimtir tananing ichki qismidan bazal yadrolarning eng muhimi bo`lgan efferent yo`li boshlanadi. Bu yoi asosan talamusda, qisman o‘rta miyada tugaydi. Bazal yadrolar katta yarim sharlar po‘stlog‘ining assotsiativ sohalarini motor sohalari bilan po‘stloq ostidan bog‘lab turadigan zanjirning bir halqasi. Bazal yadrolarning fukksional ahamiyati ular shikastlanganda yaqqol ko‘rinadi. Maymunlarda oqimtir yadroning ikki tomonlarna yemirilishi harakatlarning keskin kamayib ketishiga, mimikaning susayishiga olib keladi. Muskullarda plastik tonus rivojlanadi, tanasi noqulay vaziyatda bo`lsa ham, hayvon uni uzoq vaqt o‘zgartirmaydi. Oqimtir yadrosi shikastlangan bemorlar harakatlarida noaniqlik paydo bo`ladi va qo‘shimcha harakatlar kamayadi (masalan, odam yurganida qo`llari qimirlarnaydi). Dumli yadrosi shikastlangan maymunlar serrayib qotib qoladi, og‘riqni sezish susayadi, chamalash reflekslari yo‘qoladi. Odamlarda esa atetoz paydo bbo`ladi, ya‘ni qoi-oyoqlar tinmay betertib harakatlanib turadi. Bu harakatlar kuchayib, butun tana muskullariga tarqalishi, ritmi yo‘qolib, betertib bo`lib ketishi ham mumkin. Bu holat xoreya deyiladi. Atetoz va xoreya targ‘il tananing oqimtir yadroga o‘tkazib turadigan tormozlovchi ta‘siri yo‘qolishi natijasidir, degan fikr bor. Targ‘il tananing shikastlanishi qo‘shimcha harakatlarni ham kuchaytiradi. Odam gapirganda mimikasi kuchayadi, gapning ma‘nosi va mimika muskullarining harakatlanish jadalligi o‘rtasida monandsizlik kuzatiladi. Bazal yadrolarning ma‘lum qismlarini elektr toki bilan ta‘sirlash ularning harakatlarni boshqarishda ishtirok etishini isbotlaydi. Targ‘il tanani ta‘sirlash hayvonlarda aylanma harakatlarni yuzaga chiqaradi – bosh va tana ta‘sirlashga qarama-qarshi tomonga sekin aylanadi. Oqimtir yadro rag‘batlantirilsa, bosh miya po‘stlog‘ining motor sohasi yuzaga keltiradigan harakatlar tormozlanadi. Hozir bazal yadrolar harakatlarni boshqaradigan ko‘p pog‘onali tizimning muhim qismi deb hisoblanadi. Bazal yadrolar miya yarim sharlari po‘stlog‘ining assotsiativ sohalaridan ma‘lumotlarni olib, shu ondayoq maqsadga erishishga qaratilgan zarur harakatlaar rejasini tuzishda ishtirok etadi. Bu reja to‘g‘risidagi axborot gipotalamusga o‘tib, miyachadan kelgan axborotga qo‘shiladi. Impulslar talamusdan po‘stloqning motor sohasiga yetib keladi. Po‘stloqdan harakatlar rejasi miya stvoli va orqa miya segmentlariga tushib, motoneyronlar orqali tegishli muskullarni ishga soladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling