Muqaddima
GIPOTALAMUSNING TANA HARORATI BARQARORLIGINI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- GIPOTALAMUSNING FE’L-ATVOR SHAKLLANISHIDA ISHTIROKI
GIPOTALAMUSNING TANA HARORATI BARQARORLIGINI
SAQLASHDAGI ISHTIROKI Gipotalamusni tana harorati barqarorligini saqlashda ishtirok etadigan mexanizmlarni birlashtiruvchi markaz deyish mumkin. Masalan, mushukning miyasini o‘rta miyaning yuqori cgegarasi bo‘ylab kesilsa, u tana harorati boshqarila olmaydigan sovuqqonli hayvonga aylanadi. Gipotalamusning orqa sohalarini ta‘sirlash modda almashinuvining kuchayishiga, nafas olish va yurak urishi sonlarining ortishiga, muskullarda titroq paydo bo`lishiga, shuningdek harorat ko‘tarilishiga olib kleadi. Bu sohalarni shikastlash issiqlik hosil bo`lishini va haroratni kamaytiradi. Organizmning tana haroratini bir me‘yorda saqlab turishi uchun issiqlik hosil qilinishi va yo‘qotilishi jarayonlari o‘rtasida muvozanat bo`lishi shart. Gipotalamusda esa ana shu jarayonlarga ta‘sir qiladigan sohalsr bor. Paraventrikulyar yadrolarni ta‘sirlash teri qon tomirlarini kengaytiradi, ter ajralishini va nafas olishni kuchaytiradi yoki issiqlik ajralishi ortishiga sharoit tug‘diradi. Bu soha shikastlangandan so‘ng issiqlikni yo‘qotish kamayib, tana harorati ko‘tarilib ketadi. Demak, gipotalamusning oldingi sohalari haroratni saqlashning fizikaviy mexanizmlarini birlashtiradigan markaz. Bu yerda issiqni sezuvchi nayronlar topilgan. Ularga issiq bilan ta‘sir qilinganda neyronlarning impuls ishlab chiqarish faolligi oshadi va issiqlik yo‘qotilishi tezlashadi. Oldingi gipotalamusning issiqlik neyronlari ichki termoretseptorlarning bir turi bo`lib, tabiiy sharoitda qon harorati o‘zgarishiga sezgir bo`ladi. Ular va teri termoretseptorlari gipotalamusning issiqlik yo‘qotilishini boshqaradigan markazlarning reflektor qo‘zg‘alishini ta‘minlaydi. GIPOTALAMUSNING FE’L-ATVOR SHAKLLANISHIDA ISHTIROKI Gipotalamusning ba‘zi chegaralangan sohalariga elektr toki bilan ta‘sir qilinsa, hayvonning xatti-harakati o‘zgaradi. Masalan, orqa gipotalamus qo‘zg;alganida, ochlik holati uchun xos xatti-harakatlarni ro‘yobga chiqaradigan soha topilgan. U ta‘sirlanganda, hayvon ovqat qidira boshlaydi, soiagi oqib, hazm tizima a‘zolari harakati kuchayadi va qon bilan ta‘minlanishi ortadi. Lateral gipotalamus ham ovqatlanishga bog‘liq xatti-harakatlarning shakllanishiga daxldor. U olib tashlansa, hayvon butunlay ovqat yemay va suv ichmay qo‘yadi. Lateral gipotalamusdagi bu soha ochlik markazi, deyiladi. Ventromedial yadrolarning yemirilishi ochofatlikka va ko‘p ovqat yeyish natijasida semirib ketishga olib keladi. Bu yerda to‘qlik markazi joylashgan. Uning neyronlari qonda oziq moddalar miqdorining ovqat qabul qilinishi bilan bog‘liq bo`lgan o‘zgarishlariga sezgir. Lateral gipotalamusning shikastlanishi ovqatdan voz kechishdan tashqari, kamharakatlik, ta‘bxiralik, stresslarga chidamlilikning pasayishiga olib keladi. Bunday shikastlanishda ma‘lum bir boshqaruv tizimining emas, balki bir nechta tizimlarning faoliyati buziladi. 75 Gipotalamus miyaning boshqa qismlari bilan uyg‘unlikda jinsiy axloq va ko‘payishga aloqador boshqa xatti-harakatlarning shakllanishida ishtirok etadi. Hayvonlar orasida ko‘p kuzatiladigan po‘pisa qilish, tajovuzkorlik ham gipotalamusning oldingi sohalariga bog‘liq. Kalamushlarda o‘tkazilgan tajribalar va gipotalamus sohasida o‘sma paydo bo`lgan bemorlarda olingan ma‘lumotlar gipotalamusning supraxiazmatik yadrolari davriy ritmlarni, xususan, kecha-kunduzgi uyquni boshqarishini ko‘rsatadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling