Muqaddima
TORSIMON FORMATSIYA VA YARIMSHARLAR PO’STLOG’I
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
TORSIMON FORMATSIYA VA YARIMSHARLAR PO’STLOG’I
(retikulo-kortikal aloqadorlik) To‘rsimonformatsiya miyaning yuqori qismlari bilan ham ikki timonlarna bog‘langan (22-rasm). Bular ichida retikulyar formatsiyadan talamusning nospetsifik yadrolari orqali yarim sharlar po‘stlog‘ining deyarli hamma sohasiga o‘tgan yo`llar juda ahamiyatli. Bu aloqaning uzilishi (miya stvolini o‘rta miya ro‘parasida ko‘ndalang kesish) hayvonda chuqur uyqu paydo qiladi. Shu hayvonda miya po‘stlog‘ining elektr faolligi qayd qilinsa, uyqu holatiga xos bo`lgan yuqori voltajli siyrak elektr tebranishlarni ko‘ramiz. To‘rsimon formatsiyaning turli qismlarini mikroelektrodlar yordamida ta‘sirlaganda, katta yarim sharlar po‘stlog‘ida uyg‘onish va tabiiy uyg‘oqlik holatiga xos elektr faolligi paydo qiladi. Katta yarim sharlarning bu faolligi miya stvolining to‘rsimon formatsiyasi va talamusning nospetsifik yadrolaridan keluvchi faollashtiruvchi impulslarga aloqadorligini isbot qqiladi. Miya stvoli yallig‘langan yoki shikastlangan bemorlarni kuzatish ham shundan dalolat beradi. Bunday bemorlar yillab uxlashi mumkun. O‘z vaqtida I.P.Pavlov surunkasiga 20 yil uxlagan kasalni kuzatgan. Bir fransuz ayolining 18 yil uxlagani ma‘lum. 1973-yilda Nadejda Lebedin degan Dnepropetrovsklik ayol 20 yil uxlagani haqida matbuotda xabar qilindi. Uning kasallik tarixida quyidagilar yozilgan: ―Nadelda Artemovna Lebedin 1954-yil fevralida 35 yoshida asab kasalliklari klinikasiga keltirilgan. Taxminiy tashxis – po‘stloq osti ensefaliti (miyaning yallig‘lanishi). Letergik uyqu holati: ko‘zlarini ochmaydi, atrofdagilar bilan muloqatda bo`la olmaydi‖. Avvaliga uni zond orqali ovqatlantirishdi. Keyin tibbiy xodimlar qoiidan ovqat yeydigan bo`ldi (shartsiz refleks). Boshqa ta‘sirotlarga avvalgidek javob bermadi. Elektroshok yordamida uyg‘otish ham natija bermadi. Bemor 20 yildan keyin – 1973- yilning yozida uyg‘ondi. Uyg‘onishga onasining oiimi, qarindoshlarining dod-faryodi sabab bo`ldi. Bemorning gapiga qaraganda, 1954-yilda doim uyqusi kelavergan. Qayerda bo`lmasin, uydami, ishdami, kinodami uxlab qolavergan. 1954-yilda uxlab qolib, 1973- yilgacha uyg‘onmagan. Uni kuzatgan shifokorlarning fikricha, 1954-yilda miya stvoli sohasi yallig‘langan. Bu kasallikning asorati sifatida to‘rsimon formatsiyadan miya stvoliga faollashtiruvchi impulsatsiya o‘tmay qolgan. Onasining oiimidek favqulodda voqea bu impulslar yo`lini ochib, uni uyg‘otgan. Buning aksi ham bo`ladi. Masalan, ingliz fuqarosi Lesli Gembl 1970-yilda samolyot pillapoyasidan ko‘tarilayotib, boshini samolyot eshigining kesakisiga qattiq urib oladi. Shundan keyin u 12 yil davomida bir zum ham uxlarnagan. 1077-yilda matbuotda Eron fuqarosi Majid Zandining 23 yil uxlarnagani to‘g‘risida yozilgan edi. U ham boshi lat yegandan keyin shu ko‘yga tushgan. Buning sababi tahminan quyidagicha bo`lishi mumkin. Boshning qattiq urilishi natijasida retikulyar formatsiyaning miya po‘stlog‘iga faollashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadigan sohasining shikastlanishi kichik chandiq hosil qilgan. Bu chandiq atrofidagi neyronlarga ta‘sir qilib, po‘sloqning faolligini oshirgan va bemorni uyqudan mahrum qilgan. 70 Demak, to‘rsimon formatsiya katta yarim sharlar po‘stlog‘iga kuchli ta‘sir ko‘rsatib, uning faolligini tutib turadi. O‘z navbatida, yarim sharlar po‘stlog‘idan, miyachadan, po‘stloq osti gangliylaridan va boshqa tuzilmalardan kelgan impulslar retikulyar firmatsiyaning faolligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. To‘rsimon formatsiyaning oraliq miya markazlari, po‘stloq osti yadrolari, limbik tizim bilan aloqadorligining o‘zgarishi odam va hayvonlarning xulq-atvoriga ta‘sir qiladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling