Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

 
 
 
MIYACHA 
Miyacha bosh miya yarim sharlarining orqasida, uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigi 
ustida joylashgan. Miyacha o‘rta qismi – chuvalchang va uning ikki tomonidagi miyacha 
yarim sharlari, hamda uncha katta bo`lmagan qo‘shimcha yon bo`laklardan iborat. 
Miyacha yarim sharlarining har qaysisi tishsimon, po‘kaksimon, sharsimon yadrolarga 
ega. Miyachaning o‘rta qismida ikkita chodir yadrosi bor. 
Miyacha MNTning boshqa qismlariga pastki, o‘rta va yuqori oyoqchalar degan uchta 
qalin tutamlar yordamida bog‘langan. 
Miyachaning po‘stlog‘i murakkab va mukammal tuzilgan. U uch qavat neyronlardan 
iborat. Eng yuza molekulyar qavatida noksimon (Purkinye) hujayralar dendritlari 
tarqalgan. 
Bu qavatning pastida savatsimon hujayralarning somalari bo`lib, aksonlari noksimon 
hujayralar tanasida sinapslar hosil qiladi. Molekulyaar qavatda yulduzsimon hujayralar 
bor. 
O‘rtadagi ganglioz qavatda noksimon hujayralarning somalari joylashgan. 
Uchinchi – donalai (granulyar) qavatdagi Golji hujayralarining aksonlari molekulyar 
qavatga o‘tgan. 
Miyacha nneyronlari bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i bilan, qizil yadro, to‘rsimon 
formatsiya va vestibulyar yadrolar bilan ikki tomonlarna bbog‘liq. Miyachaning turli 
qismlarini elektr toki bilan ta‘sirlaganda, katta yarim sharlar po‘stlog‘ining, oraliq, o‘rta, 
uzunnchoq miya va to‘rsimon formatsiya muayyan neyronlarining elektr faolligining 
o‘zgarishi shundan dalolat beradi. 
Miyachaning ayrim yadrolarini kuchli elektr toki bilan ta‘sirlaganda ko‘z, bosh, qoi-
oyoqlar harakatga keladi. Bu harakatlar tonik tabiatda bo`lib, uzoq vaqt davom etadi. 
MIYACHA FAOLIYATI 
Miyacha harakatlarni boshqaradigan tizimning juda muhim qismi bo`lib, quyidagi 
vazifalarni bajaradi: 1) muskul tonusi va vaziyatni boshqarish; 2) maqsadga erishishga 
qaratilgan vaziyat va harakatlarni uyg‘unlashturish; 3) miya po‘stlog‘i yuzaga 
chiqaradigan harakatlarni uyg‘unlashtirish. 
Muskul tonusi va vaziyatni boshqarish chuvalchangga bog‘liq. Miyachaning bu qismi 
vaziyat va muskullar tonusi to‘g‘risidagi afferent impulslarni oladi va shular asosida 
chodir yadrosi orqali Deyters yadrosiga, to‘rsimon formatsiyaga va ular yordamida orqa 
miya markazlariga tonus va vaziyatni sozlab turuvchi efferent impulslarni yuboradi. 


71 
Miyachaning chuvalchang qismi olib tashlansa, Deyters yadrosi tormozlanmay 
qoladi. Bu esa muskullar tonusining oshishiga va rigidlikka olib keladi. 
Chuvalchangni elektr toki bilan ta‘sirlash yozuvchi muskullar tonusini pasaytiradi. 
Miyacha po‘stlog‘ining oraliq zonasi katta yarim sharlarning harakatlantiruvchi 
sohalaridan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Bu 
ma‘lumotni orqa miyadan miyachaga kelgan tayanch-harakat apparatining holati 
to‘grisidagi axborot bilan taqqoslab, maqsadga erishishga qaratilgan harakatni 
boshqarishda ishtirok etadi. 
Ba‘zi bir maqsadga erishishga qaratilgan tez harakatlar ham (musiqa asboblarini 
chalish, sport mashqlarini bajarish) miyachaning tishli yadrosi nazoratida yuzaga 
chiqadi. 
Miyachani elektr toki bilan ta‘sirlash muskullar tonusini o‘zgartirish va ma‘lum 
harakatlarni yuzaga chiqarishdan tashqari, ichki a‘zolar faoliyati uchun ham befarq emas. 
Bu ta‘sir bir qator vegetativ reaksiyalarga sabab bo`ladi, masalan, qorachiq kengayadi, 
arterial qon bosimi oshadi, hazm tizimi a‘zolarining harakati va shira ajratish faoliyati 
susayadi. Demak, miyacha visseral faoliyatlarni boshqarishda ham ishtirok etadi. 
Miyachani olib tashlash yoki shikastlash eng avvalo muskullar tonusining 
o‘zgarishiga va harakatlarning buzilishiga olib keladi. L.Lyuchiani miyacha butunlay 
olib tashlangandan keyin ro‘y beradigan hodisalarni uch davrga bo`ldi; 1) jarohatlanish 
davri, 2) funksiyalarni yo‘qotish davri, 3) funksiyalarning tiklanish davri. 
Operatsiyadan keyingi birinchi davrda hayvon butunlay ojiz bo`ladi, oyoqlarida tura 
olmaydi. Ikkinchi – funksiyalarni yo‘qotish davrida uchta simptom: atoniya, astaziya va 
asteniya ro‘y-rost namoyon bo`ladi. Atoniya – muskullar tonusining yo‘qolishi, miyacha 
olib tashlangandan keyin bir necha kun o‘tgach ro‘y beradi. Ayni vaqtda ba‘zi muskul 
guruhlarining tonusi oshishi ham mumkin. Shuning uchun bu simptomni atoniya emas, 
distoniya deyish to‘g‘riroq bo`ladi. Odamsimin maymunlarning miyachasi olib tashlansa, 
dastlab atoniya paydo bo`ladi. Natijada ular muvozannat saqlay olmaydi. 
Miyacha olib tashlangandan so‘ng muskullar silliq tetanik qisqarish qobiliyatini 
yo‘qotadi. Hayvon tinmay qaltirab, tebranib turadi. Bu holat astaziya deyiladi. 
Harakatlar tejamsizligi, unda ortiqcha muskullar ishtirok etishi, qisqarishlarning silliq 
tetanik bo`lmasligi sababli organizn salga charchaydi yoki asteniyaga uchraydi. 
Operatsiyadan keyin asliga kelayotgan harakatlar noaniq bo`ladi, ularning kuchi
kattaligi va yo‘nalishi buziladi. 
Odamning miyachasi zararlanganda, u gandiraklaydi, ko‘zini yumsa, yiqilib tushadi. 
Yurganida oyoq-qo`llarining harakatlari keragidan kucchli, poyma-poy bo`ladi, mast 
kishining harakatlariga o‘xshaydi. Bular ataksiya alomatlaridir. 
Yuqorida ko‘rsatilgan atoniya, astaziya.astenuya, ataksiyalardan tashqari, miyacha 
olib tashlanganda yoki jaroxatlanganda adiadoxokinez, dezekvilibratsiya va boshqa 
simptomlarni ham kuzatish mumkin. Adiadoxokinez – antagonist muskullarning birin-
ketin tez harakati buzilishidir. Natijada kasal qoiini bir necha marta tez-tez buka va yoza 
olmaydi. Dezekvilibratsiya muvozanatni saqlay olmaslikdan iborat. 
Miyachaning yarmi olib tashlanganda muskullar tonusi operatsiya qilingan tomonda 
buziladi. Bunday hayvonlar aylanma harakat qiladi (manej harakatlari). 
Sut emizuvchi hayvonlarda shikastlanishdan so‘ng paydo bo`lgan miyacha 
faoliyatidagi o‘zgarishlar vaqt o;tib, asli holiga keladi. Bu tiklanishni katta yarim 
sharlarning motor sohalari miyacha funksiyalarini o‘z zimmasiga olib, ta‘minlaydi. 


72 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling