Muqaddima
Vestibulyar tonik reflekslar
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
Vestibulyar tonik reflekslar. Bu kuzatish labirintlari shikastlanmagan, ammo gips
yoqa yordamida boshi harakat qilish imkniyatidan mahrim qilingan hayvonda o‘tkaziladi. Mushukni qoiga olib, orqasi va bosh tepasi yerga qaratiladi. Yozuvchi 66 21- расм! Бўйин-тоник рефяекслари muskullar tonusining oshishi natijasida hayvonning to‘rttala oyog‘i cho‘ziladi. Bosh va orqa tepaga qaratilsa, yozuvchi muskullar tonusi pasayadi. Bu reflekslarni tabiiy sharoitda sog‘lom hayvonlarda ham kuzatish mumkin. Mushukning oldiga yassi likopchada sut qo‘yamiz. U sutni yalab ichish uchun boshini engashtiradi, tanasining orqa qismi sal ko‘tariladi. Tana vaziyatining bu xilda o‘zgarishi oldingi oyoqlardagi yozuvchi muskullar tonusining pasayishi, orqa oyoqlarda esa bu muskullar tonusining oshishi natijasidir. Agar mushukning boshi ustida bir parcha go‘shtni ushlab turilsa, u boshini ko‘taradi, ayni vaqtda oldingi oyoqlari yoziladi, orqa oyoqlari bukiladi. Demak, oldingi oyoqlarda yozuvchi muskullar tonusi oshadi, orqa oyoqlarda esa bunday muskullar tonusi pasayadi. ROSTLASH REFLEKSLARI Uloqtirilgan mushukning havoda necha marta aylanmasin, yerga to‘rt oyog‘i bilan tushishini har bir odam yaxshi biladi. Buni o‘rta miya yuzaga chiqaradigan rostlash reflekslari ta‘minlaydi. Ma‘lumki, hauvon uchun gavdaning fazodagi fazodagi unga xos bo`lgan mo‘tadil vaziyati bor. Yuqori darajada rivojlangan to‘rt oyoqli hayvonlar uchun bosh tepasi va orqasi yuqoriga ko‘tarilgan vaziyat – mo‘tadil. Bu vaziyat majburan o‘zgartirilsa, hayvon baribir vaziyatini o‘nglab oladi. Vaziyatning tiklanishini ta‘minlaydigan reflektor harakatlarni (rostlash reflekslarini) yuzaga chiqarishda labirintlar, bo‘yin muskullari va gavdaning teri yuzasidagi retseptorlar ishtorok etadi. Hayvonni, masalan, qo‘yni yonboshiga yotqizdik deylik. Yerning tortish kuchi (gravitatsiya) labirint rerseptorlariga g‘ayri-tabiiy yo‘nalishda ta‘sir qilib, ulardan markazga boruvchi impulslar xarakteristikasini o‘zgartiradi. Markazdan bo‘yin muskullariga borgan efferent impulslar ularni qo‘zg‘atib, qisqartiradi va boshning ko‘tarilib, tabiiy holatga qaytishini ta‘minlayd. Boshning ko‘tarilishi - rostlash refleksining birinchi bosqichi. Bo‘yin muskullarining qisqarishi natijasida ulardagi proprioretseptorlar qo‘zg‘alib, tananing reflektor yoi bilan rostlanishiga olib keladi. Rostlash reflekslari labirinti olib tashlangan va bo‘yniga gips yoqa kiygizilgan hayvonlarda ham kuzatiladi. Bunda refleksni tananing yerga tegib turgan teri retseptorlarining qo‘zg‘alishi ta‘minlaydi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling