Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’RTA MIYA YADROLARINING FAOLIYATI
O’RTA MIYA
O‘rta miya Varoliy ko‘prigi va miyacha oldida joylashgan. Uning dorsal yuzasini to‘rt tepalik hosil qiladi. To‘rt tepalik oldingi va orqa do‘mboqchalardan iborat. Silviy suv yo`lining ostidan va ikki yonidan yo‘g‘on kalavaga o‘xshash miya oyoqchalari o‘tadi. Ular ikki tarafga tarqalib, bosh miya yarim sharlariga kiradi. Miya oyoqchalarining asosiy qismini tushuvchi o‘tkazuvchi yo`llar tashkil qiladi. Oyoqchalarning ko‘ndalang kesimida ularni ikki qismga bo`lib turuvchi pigmentlangan neyronlar to‘plarnini ko‘rish mumkin. Bu qora substansiya. Qora substansiya va Silviy suv yo`li oralig‘ida qizil yadro joylashgan. O‘rta miyada to‘rt tepalik, qora substansiya va qizil yadrolardan tashqari, ko‘zni harakatlantiruvchi va g‘altak nervlarning yadrolari, hamda ko‘ruv analizatorining faoliyatini boshqarishda ishtirok etadigan yana ikki yadro – Dorshkevich va Yakubovich yadrolari bor. Asosiy qismi keyingi miyada bo`lgan to‘rsimon formatsiya o‘rta miyaga ham ko‘tariladi. O’RTA MIYA YADROLARINING FAOLIYATI To‘rt tepalikning yuqori (oldingi) do‘mboqlari po‘stloq osti ko‘ruv markazi hisoblanadi. Bu yerda oraliq miyaning lateral tizzasimon tanalariga boruvchi ko‘ruv yo`llari ulanadi. Sut emizuvchilarda ko‘ruv yo`li tolalarining asosiy qismi tizzasimon tanalarda tugaydi. To‘rt tepalikning oldingi do‘mboqlari yemirilganda ham hayvonlar butunlay ko‘r bo`lib qolmaydi. Bunda hayvon yorug‘lik tushgan tomonni ajrata oladi, yurganida to‘siq uchrasa, aylanib o‘tadi. Oldingi do‘mboqlar ko‘rish faoliyatiga bog‘liq bo`lgan uchta refleksning yuzaga chiqishida ishtirok etadi. Bu qorachiq refleksi, ko‘z akkomodatsiyasi va ko‘ruv o‘qlarini bir nuqtaga qadash – ko‘zlar konvergensiyasidir. Ko‘z soqqalarining harakati juda murakkab. Bu harakatlarni ko‘zning oltita tashqi muskullari ta‘munlaydi. Ko‘z soqqalarining gorizontal, vertikal va aylanma harakatlarini, qorachiq refleksinni, ko‘zlarning akkomodatsiyasini va konvergensiyasini ko‘zni harakatlantiruvchi va g‘altak g‘altak nervlarning markazlari, keyingi miyadagi uzo lashtiruvchi nerv yadrosi va bu yadrolarni bog‘lab, bir butun tizim hosil qiluvchi Dorshkevich yadrosi boshqarib turadi. Ko‘zni harakatlantiruvchi yadro tagida joylashgan vegetativ Yakubovich yadrosi ham bu jarayonda ishtirok etadi. 64 To‘rt tepalikning orqa do‘mboqlarida eshituv yo`llari tutashib, birlamchi yoki po‘stloq osti eshituv markazi deyiladi. Bu markaz tovush kelayotgan tomonni aniqlash uchun zarur bo`lgan reflekslarni – quloq suprasini, bosh va gavdani yangi tovush kelayotgan tomonga burishda ishtorok etadi. O‘rta miyaning muhim yadrolaridan biri qora substansiyadir. U bosh miya asosida joylashgan bazal tugunlar – targ‘il tana va oqimtir yadro bilan tuzilma, hamda faoliy bog‘lanishlarga ega. Bundan tashqari, u o‘rta miyaning o‘zidagi qizil yadro va keyingi miyaning Deyters yadrolari bilan ham bog‘liq. Qora substansiyani tashkil qiluvchi neyronlar dofaminergik tabiatli. Ular katexolarninlardan biri – dofaminni sintezlashga qodir. Bu neyronlarning aksonlari dofaminli targ‘il tana neyronlarida sinapslar hosil qiladi. Qora substansiyani targ‘il tana bilan bog‘lovchi yo`llar shikastlanganda ogir xastalik – parkinsonizm rivojlanadi. Parkinsonizm uchun nafis harakatlarning va mimikaning buzilishi, beixtiyor titrash harakatlarining paydo bo`lishi xosdir. Qora substansiya ovqatni chaynash va yutish reflekslarini boshqarishda bevosita ishtirok etadi. Orta miyaning qizil yadrosi tushuvchi rubro-spinal yoi boshlanadigan joy hisoblanadi. Bu yoi orqali orqa miya segmentlariga kelib turadigan impulslar skelet muskullarining tonusini boshqaradi. Qizil yadrodagi yirik neyronlarni elektr toki bilan ta‘sirlash orqa miyadagi bukuvchi alfa- va gamma-motoneyronlarni qo‘zg‘atib, yozuvchi motoneyronlarni tormozlaydi. Rubro-spinal yoidan orqa miyaga tushuvchi impulslar samarasi keyingi miyadagi Deyters yadrosidan boshlanadigan vestibulo-spinal yoi bo‘ylab keluvchi impulslarnikiga qarama-qarshi: ular yozuvchi muskullarning alfa- va gamma-motoneyronlarini qo‘zg‘atib, bukuvchilarinikini tormozlaydi. O‘zaro bog‘langan qizil va Deyters yadrolari bbir-birini tormozlab turadi. Natijada yozuvchi muskullar tonusi pasayadi. Bu ikkala yadroni bog‘lagan yo`llar kesilsa (miya to‘rt tepelikning orqa do‘mboqlari pastidan kesilsa), oyoq-qoi, orqa, dumni yozuvchi muskullar tonusi keskin oshib ketadi – hayvonda detserebratsiyalash rigudligi rivojlanadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling