Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

KEYINGI MIYA REFLEKSLARI 
 
Keyingi miyada hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan bir qator reflekslarning yoylari 
tutashgan. Bu reflekslar ichki a‘zolar faoliyatini boshqarishda katta ahamiyatga ega. 
Birinchi galda bular nafasni boshqaruvchi reflekslar va nafasga aloqador aksa urish va 
yo‘talish himoya reflekslaridir. Nafas olishni va nafas chiqarishni, organizmning 
kislorodga bo`lgan ehtiyojiga qarab nafasning o‘zgarishini nafas markazi ta‘minlaydi. U 
to‘rsimon formatsiyaning uzunchoq miyadagi qismida joylashgan ikkita - inspirator 
(nafas olish) va ekspirator (nafas chiqarish) qismidan iborat. Bu markazlar 
qo‘zg‘aluvchanligining o‘zgarishi orqa miyaning bo‘yin va ko‘krak segmentlarida 
joylashgan motoneyronlarga ta‘sir qilib, nafas muskullarining faoliyatini o‘zgartiradi. 
Natijada nafas o‘zgaradi. Nafas markaziga avvalo o‘pkaning o‘zidagi, nafas 
muskullaridagi retseptorlardan kelgan impulslar, qonda kislorod va karbonat angidrid 
miqdori o‘zgarishi ta‘sir qiladi. 


62 
Qon tomirlar harakatini boshqaruvchi markaz – keyingi miyaning ikkincchi hayotiy 
ahamiyatga ega markazi hisoblanadi. U to‘rtinchi qorincha tubida kattagina sohani 
egallagan. Tomirlarni harakatlantiruvchi markazning tuzilishi, uni tashkil qiluvchi 
neyronlarning xususiyatlari ham yaxshi o‘rganilmagan. Bu neyronlarning aksonlari orqa 
miyaning ko‘krak segmentlariga tushib, simpatik nerv tizimining preganglionar 
neyronlarida sinapslar hosil qiladi. Markazdan tushgan impulslar simpatik neyronlarning 
tonusini oshirganda tomirlardagi silliq muskullarni qisqartiradi, tomir torayadi. Bu 
neyronlarning simpatik nneyronlarga ta‘siri sustlashganda, tomirlar kengayadi. 
Qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazga birinchi galda tomirlarning o‘zida 
joylashgan xemo- va mexanoretseptorlardan adashgan, hamda til-halqum nervlarining 
afferent tolalari bo‘ylab yetib kelgan impulslar ta‘sir qiladi. 
Nafas va tomir markazlarining shikastlanishi hayvonni halokatga olib keladi. 
Keyingi miya hazm faoliyatiga aloqador bo`lgan bir nechta reflekslarni boshqarishda 
ham ishtirok etadi. Bu ovqat chaynaash, yutish, emish va qusishdir. Miyaning bu qismi 
hazm bezlarida shira ajralishini boshqarishda ham 
ishtirok etadi.
Ovqatni chaynash pastki jag‘ning yuqori jag‘ga nisbatan siljishidan iborat. Og‘iz 
b‘oshlog‘‘ga tushgan ovqat til, lunjdagi retseptorlarga ta‘sir qiladi. Ulardan hosil bo`lgan 
impulslar til-halqum nervining afferent tolalaridan o‘tadi. Chaynash jarayonida til va 
og‘iz bo‘shlig‘i devorlari ishtirok etadi. Chaynash harakatlari asosan jag‘muskullari 
ishiga bog‘liq. Ularni uchlik nervining motor tolalari nervlaydi. 
Ovqatni yutish o‘zaro birin-ketin yuz beruvchi murakkab harakatlardan iborat. 
Ovqatni yutishda og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va qizilo‘ngachning bosh qismidagi muskullar 
ishtirok etadi. 
Yutish refleksi yoyining afferent qismi uchlik, til-halqum va adashgan nervlarning 
sezuvchi tolalaridan, efferent qismi esa shu nervlarning harakatlantiruvchi tolalridan 
iborat. 
Qusish hazm jarayoniga aloqador himoya refleksidir. Bu odatda halqum va me‘da 
retseptorlari qattiq ta‘sirlanganda sodir bo`ladi. Juda ko‘p yeyilgan ovqat va ichimliklar 
kuchli ta‘srlovchilar bo`lishi mumkin. Qo‘zg‘alish retseptorlardan adashgan nervning 
sezuvchi tolalari orqali keyingi miyaga yetib keladi. Bu refleks yoyinig effektor qismi 
ancha murakkab. Qusish vaqtida ichak, me‘da, qizilo‘ngach muskullaridan tashqari, 
halqum, hiqildoq, til va og‘iz muskullari qisqaradi, so`lak va ko‘z yoshi ajralishi 
tezlashadi. Demak, qusish jarayonida qo‘zg‘alish shu muskul va bezlarni nervlaydigan 
efferent tolalardan o‘tadi. 
Vestibulyar apparatning kuchli qo‘zg‘alishi ham ba‘zi odamlarda qusishni paydo 
qiladi. Qusish markazi gumoral yoi bilan ham qo‘zg‘alishi mumkin. Yuqumli 
kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblarning zaharlari (toksinlari), ba‘zi dorilar, 
masalan apomorfin, qusish markaziga kuchli ta‘sir etadi. 
Emish refleksi emadigan bolalar uchun juda muhim. Bu refleks lablarda joylashgan 
retseptorlardan yuzaga chiqadi. Afferent impulslar uchlik nervining asezuvchi tolalari 
orqali, efferent impulslar esa yuz nervi bilan til osti nervining motor tolalari orqali o‘tadi. 
Lablar, lunj va til harakatlari natijasida bolaning og‘iz bo‘shlig‘ida atmosfera bosimiga 
nisbatan manfiy bosim paydo bo`lib, u sutning onaning sut bezlaridan bolaning og‘iz 
bo‘shlig‘iga o‘tishini ta‘minlaydi. 
Ko‘zni uchirish ham keyingi miyaning himoya reflekslariga kiradi. Ko‘zning shox 
pardasi ta‘sirlanganda paydo bo`lgan retseptorlarning qo‘zg‘alishi uchlik nervining 


63 
afferent tolalari orqali markazga yetib keladi va bu yarda shakllanngan efferent impulslar 
yuz nervining harakatlantiruvchi tolalari orqali qovoq muskullarini qisqartirib, qovoqni 
yumadi. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, keyingi miya markazlarining faoliyati doim yug‘un bo`lishi 
kerak. Masalan, yutish markazi qo‘zg‘alib, yutishni ta‘minlagan vaqtda, nafas markazi 
to‘rmozlanib, nafasni to‘xtatishi lozim. Aks holda ovqat zarrachalari nafas yo`llariga 
ketib qolishi mumkin. Tomirlarni harakatlantiruvchi markazning qo‘zg‘alishi adashgan 
nervning vegetetiv neyronlarini tormozlab, yurakning qisqarishlar sonini ko‘paytiradi. 
Keyingi miyaning reflektor faoliyati juda keng. Bu reflekslar orasida muskullar 
tonusini, tananing fazodagi holatini idora qilib turuvchi reflekslarning ahamiyati 
nihoyatda katta. Ular miya stvolining statik va statokinetik reflekslari bilan birga 
ko‘riladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling