Muqaddima
REFLEKSLARI VA HARAKATLARNI BOSHQARISHDAGI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- TONIK REFLEKSLAR Bo’yin t’oinik reflekslari.
REFLEKSLARI VA HARAKATLARNI BOSHQARISHDAGI
ISHTIROKI Fazoda gavda vaziyatini saqlash (yotish, o‘tirish, turish) va harakat qilish bir qaraganda, sodda jarayonga o‘xshaydi. Aslini olganda, uni amalga oshirish anchagina murakkab, qonuniy ravishda ketma-ket sodir bo`ladigan reflekslarga bog‘liq. Bu reflekslar natijasida tananing fazodagi vaziyatiga qarab muskullar tonusi qayta taqsimlanadi. O‘z vaqtida xilma-xil tonik reflekslarni sinchiklab tekshirgan R.Magnus ularni ikki guruhga bo`lgan. Birinchi guruhga gavdaning fazodagi muayyan vaziyatini ta‘minlovchi statik reflekslar kiradi. Gavdaning surilishi natijasida yuzaga chiqadigan statokinetik reflekslar ikkinchi guruhni tashkil qiladi. Statik reflekslar o‘z navbatida pozotonik va rostlanish reflekslariga bo`linadi. Ularni vestibulyar apparatdan va bo‘yin muskullari proprioretseptorlaridan miya stvoliga (keyingi va o‘rta miyaga) keluvchi impulslar paydo qiladi. Bu reflekslarni detserebratsiyalangan hayvonlarda kuzatish qulay. Ularni yuzaga chiqarish uchun hayvon boshining fazodagi holatini passiv o‘zgartiramiz. Pozotonik reflekslar tana va oyoq muskullarining tonusi o‘zgarishi (qayta taqsimlanishi) sifatida namoyon bo`ladi. Tonusning qayta taqsimlanishi boshning fazodagi holati o‘zgarganda qo‘zg‘algan proprioretseptorlardan markazlarga kelib ta‘sir qilgan impulslariga bog‘liq. Bu ta‘sirotlarning birini ikkinchisidan ajratish uchun tajriba labirintlari olib tashlangan hayvonlarda o‘tkaziladi. Operatsiya qilingan hayvonlarda vestibulyar apparatdan keluvchi impulslar yo‘qoladi, bo‘yin muskullaridan keluvchi impulslar esa saqlanib qoladi. Bo‘yin muskullari proprioretseptorlarini ―o‘chirish‖ uchun hayvonga bo‘yinni harakatlantirishga imkoniyat bermaydigan gips yoqa kiydirib qo‘yiladi. TONIK REFLEKSLAR Bo’yin t’oinik reflekslari. Tajribani detserebratsiyalangan, labirintlari olib tashlangan mushukda o‘tkazamiz. Agar hayvonni to‘rt oyog‘iga qo‘yib, boshini tepaga ko‘tarilsa, oldingi oyoqlarida yozuvchi muskullar tonusi, orqa oyoqlarida esa bukuvchi muskullar tonusi oshadi. Hayvonning boshi pastga egilsa, qarama-qarshi o‘zgarishlar ro‘y beradi: oldingi oyoqlarida bukuvchi muskullar, orqa oyoqlarida esa yozuvchi muskullar tonusi oshadi (21-rasm). Agar mushukning boshini chap yoki o‘ng tomonga qaratib, gavda muvozanati o‘zgartirilsa, bosh burilgan tomondagi oyoqlarning yozuvchi muskullari tonusi oshadi. Bosh holati qaysi tekislikda o‘zgartirilmasin, muskullar tonusi bosh asli holiga kelmaguncha o‘zgarganicha qolaveradi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling