Muqaddima


MARKAZIY NERV TIZIMINING XUSUSIY


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

MARKAZIY NERV TIZIMINING XUSUSIY 
FIZIOLOGIYASI 
 
Oddiy bir pay refleksi sodir bo'lganda ham shu refleks markazidan tashqari, MNT 
dagi boshqa qismlar jarayonda ishtirok etadi. Umuman har qanday ta'sirotga MNT bir 
butunligicha javob beradi. Shuning uchun ham faoliyat nuqtai nazaridann MNT ni 
qismlarga bo'lish shartlidir. Ammo ma'lumotlar bayoni oson bo'lsin uchun va eski 
an'anaga ko'ra, MNT faoliyati shartli ravishda orqa miya, uzunchoq miya, o'rta miya, 
oraliq miya, miyacha, po'stloq osti tuzilmalar, miya yarim sharlari po'stlog'i, vegetativ 
nerv tizimi faoliyatlariga bo'linadi (20-rasm). 


55 
ORQA MIYA 
Orqa miya MNT ning filogenetik eng qadimiy qismi. U organizmning barcha 
murakkab harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, tana, qo'l-oyoq 
terisidagi 
eksteroretseptorlardan, 
proprioretseptorlardan 
va 
deyarli 
barcha 
visseroretseptorlardan keladigan impulslarni qabul qiladi. Orqa miya bosh muskullaridan 
tashqari barcha skelet muskullarini nervlaydi. 
20-
расм. Марказий'нѐр6 тизимини бўлимларга ажратйш 
схѐмаси.
Organizmdagi 
behisob 
harakat 
reaksiyalari orqa miyaning reflektor 
faoliyati 
natijasidir. 
Bu 
reflekslarning 
markazlari 
orqa 
miyada joylashgan. Ba'zi reflektor 
harakatlarning markazlari miyaning 
yuqori qismida joylashgan. 
Ana shu reflekslarning yuzaga 
chiqishida 
orqa 
miya 
afferent 
impulslarni retseptorlardan yuqoridagi markazga, efferent impulslarni esa shu markazdan 
muskullarga o'tkazadi. Demak, orqa miya ikkita asosiy faoliyatni – reflektor va 
o'tkazuvchi yo'l vazifasini bajaradi. Shuningdek orqa miyada simpatik va parasimpatik 
nerv markazlari joylashgan. Bu markazlar ichki a'zolar faoliyatini bboshqarishda, ichki 
muhit turg'unligini saqlashda katta ahamiyatga ega. Odamning orqa miyasi 8 ta bo'yin, 
12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 1-3 ta dum segmentlaridan iborat. Uning 31 juft 
oldingi va 31 juft orqa ildizlari bor. Oldingi ildizlarda markazdan qochuvchi efferent 
tolalar, orqa ildizlarda esa markazga intiluvchi afferent tolalar o'tgan. Ch.Bell va 
F.Majandi orqa miyaning orqa va oldingi ildizlarida afferent va efferent tolalarning 
qonuniy ravishda taqsimlanishini kashf etishgan. 
Orqa ildizlardagi tolalar soni oldingi ildizlardagidan deyerli ikki marta ko'p. 
Orqa miyadagi 13 millionga yaqin neyronlarning faqat 3% efferent neyronlar, qolgan 
97% oraliq yoki interneyronlardir. Afferent neyronlarning tanalari MNT dan tashqarida 
joylashgan. Afferent tolalarni skelet muskullariga beradigan neyronlarning tanalari spinal 
tugunlarda, ichki a'zolarning sezgilarini ta'minlaydigan neyronlarning tanalari esa 
vegetativ nerv tizimining ekstra- va intramural tugunlarida joylashgan. 
Afferent neyronning bitta o'simtasi bo'lib, somadan sal uzoqlashgach ikkita shohga 
bo'linadi. Biri retseptordan qo'zg'alishni somaga, ikkinchisi esa impulslarni hujayra 
tanasidan orqa yoki bosh miyadagi neyronlarga yetkazadi. Qo'zg'alishni o'tkazish 
tezligiga, yo'g'onligiga ko'ra bu tolalarni A, B va C guruhlariga kiritish mumkin. 
Orqa miyaning efferent neyronlari alfa- va gamma-motoneyronlardan, hamda 
vegetativ nerv tizimining preganglionar neyronlaridan iborat. Alfa-motoneyronlar orqa 
miyada shakllangan signallarni skelet muskullariga yetkazadi. Bu neyronlarning 
aksonlari muskulga yaqinlashib, bir qancha shohchalarga bo'linadi va 10 dan 100 tagacha 
muskul tolalarini nervlab, harakat birligini hosil qiladi. 
Gamma-motoneyronlar skelet muskullarining murakkab retseptorlari – muskul 
duklari ichidagi intrafuzal muskul tolalarni nervlaydi. Bu neyronlardan muskul duklariga 


56 
tushib turadigan impulslar intrafuzal muskul tolalar tarangligini ekstrafuzal tolalarning 
qisqarishiga moslab, retseptor sezgirligini yuqori darajada bo'lishini ta'minlaydi. 
Orqa miya ko'krak va bel segmentlarining yon shoxlarida preganglionar simpatik 
neyronlar, dumg'aza qismida esa parasimpatik preganglionar neyronlar joylashgan.
Orqa miyaning oraliq neyronlarini o'simtalari miyadan tashqariga chiqmaydi. Bu 
o'simtalarning yo'nalishiga ko'ra asl srinal va proyeksion interneyronlar tafovut qilinadi. 
Asl spinal interneyronlarning dendritlari va aksoni bir necha yondosh segmentlar 
sohasida tarqaladi. Proyeksion interneyronlarning aksonlari esa orqa miyaning 
ko'tariluvchi yo'llarini tashkil qiladi. 
ORQA MIYANING REFLEKTOR FAOLIYATI 
Orqa miya bir tarafdan talaygina reflekslar markazi bo'lsa, ikkinchidan pastdan tepaga 
va tepadan pastga o'tadigan bir talay yo'llarning yig'indisi hisoblanadi. Shunga ko'ra, 
uning faoliyatini shartli ravishda reflektor faoliyatga va o'tkazuvchi yo'l faoliyatiga 
bo'ladilar. 
Orqa miya bajaradigan faoliyatlar doirasi juda keng. U deyarli barcha harakat 
reflekslarini yuzaga chiqarishda ishtirok etadi (bosh muskullari harakatidan tashqari), 
siydik ajratish va jinsiy faoliyat, to'g'ri ichak faoliyati, haroratning barqarorligini saqlab 
turish va modda almashinuvini boshqarish, ko'pchilik qon tomirlarning tonusini saqlash 
bilan bog'liq bo'lgan reflekslarni yuzaga chiqaradi. 
Orqa miyaning harakat va tonik reflekslari tananing fazodagi harakatlarini, tana 
qismlarini bir-biriga nisbatan harakatlarini, yotish, o'tirish, tik turishni (vaziyatni) 
ta'minlaydi. Orqa miyaning reflektor faoliyati to'g'risida ma'lumot olish uchun 2-jadvalga 
qarang. 
Yuqorida ko'rsatilgan spinal reflekslar sun'iy yo'l bilan hosil qilinadi. Masalan, 
paylarga ta'sir qilinmasa, bu reflekslar tabiiy sharoitda kuzatilmaydi. Ammo tabiiy 
sharoitda pay (cho'zilish) reflekslari o'ziga xos tarzda sodir bo'ladi. Odam tik turganda 
yerning tortish kuchi oyoqlarni tizza bo'gimlarida bukishga qaratiladi. Natijada sonning 
to'rt boshli muskuli sal cho'ziladi, taranglashadi. Muskul cho'zilib, proprioretseptorlarni 
(muskul duklarini) qo'zg'atadi va ulardan orqa miyaga borgan impulslar to'rt boshli 
muskulni qisqartiradi. Bu esa oyoqlarni gavda og'irligidan bukilishiga yo'l qo'ymaydi. 
Tana qismlarining ma'lum holatini ta'minlovchi vaziyat reflekslari orqa miya 
reflekslarining katta guruhini tashkil qiladi. Bulardan bo'yin-tonik reflekslari katta 
ahamiyatga ega. Ular miya stvolining boshqa qismlari boshqaradigan tonik reflekslar 
bilab chambarchas bog'liq. Vaziyat va tonik reflekslarga keyinroq yana qaytamiz. Orqa 
miyaning visseral reflekslari ichki a'zolar faoliyati bobida bayon qilinadi.
ORQA MIYA O'TKAZUVCHI YO'LLARINING FAOLIYATI 
Tuzilishiga va bajaradijan ishiga ko'ra uyg'un bo'lgan orqa miyaning turli qismlarini 
va orqa miyani bosh miya bilan bog'laydigan tolalar guruhlari o'tkazuvchi yo'llar 
deyiladi. Har qaysi yo'lni tashkil qiladigan tolalar bir xil neyronlardan boshlanib, ma'lum 
bir faoliyatni bajaradigan neyronlarda tugaydi. 
Faoliy xususiyatlariga ko'ra assotsiativ, komissural va proyeksion tolalar tafovut 
qilinadi. Assotsiativ tolalar orqa miyaningbir tomonidagi turli segmentlarni bog'laydi. 
Komissural tolalar esa turli segmentlarning qarama-qarshi tomonlari o'rtasida o'tgan. 


57 
Proyeksion tolalarni haqiqiy o'tkazuvchi yo'llar deyish mumkin. Ular pastdan yuqoriga 
va yuqoridan pastga o'tib, orqa miyani markaziy nerv tizimining yuqori qismlari bilan 
bog'laydi. Bular ko'tariluvchi (markazga intiluvchi, afferent, sezuvchi) va tushuvchilarga 
(markazdan qochuvchi, efferent, harakatlantiruvchi) yo'llarga bo'linadi. 
Tashqi va ichki muhit o'zgarishlariga javoban qo'zg'aladigan retseptorlarda vujudga 
kelgan impulslar ko'tariluvchi o'tkazuvchi yo'llardan o'tadi. Ko'tariluvchi yo'llarga 
ekstero-, proprio- va interoretseptiv sezgi yollari kiradi. 
Tushuvchi o'tkazuvchi yo'llar impulslarni bosh miya tuzilmalaridan tashqi va ichki 
muhit o'zgarishlariga javob reaksiyalarini shakllaydigan orqa miya markazlariga 
o'tkazadi. Asosiy o'tkazuvchi yo'llarning ta'rifi 3-jadvalda berilgan. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling