Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ELEKTR SINAPSLAR 
Yuqori rivorlangan hayvonlarning markaziy nerv tizimida asosan kimyoviy sinnapslar 
uchraydi. Ammo oz miqdorda, masalan, sut emizuvchilarda ko‘zni harakatlantiruvchi 
nerv yadrosini tashkil qiluvchi neyronlarda, elektr sinapslar ham bor (16-rasm). Elektr 
sinapsni kimyoviy sinapsdan ajratib tiruvchi asosiy farq – elektr sinaps yirig‘ining juda 
toorligi – 2-4 nm. Ana shu tor joydan presinaptik membrana bilan postsinaptik 
membranani bog‘lab turuvchi oqsil ko‘prikchalar – konneksonlar o‘tgan. Ular o‘rtasida 
ionlar va mayda molekulyar moddalarni o‘tkazishi mumkin bo`lgan, eni 1-2 nm li 
kanallar hosil bo`lgan. Bu yerda membrananing elektr tokiga qarshiligi past. Shuning 
uchun aksonning presinaptik oxiriga yetib kelgan potensial osonlik bilan postsinaptik 
membranadan hujayra ichiga o‘tib, tashqariga qaytib chiqadi va membranani 
depolyarizatsiyaga uchratadi. Depolyarizatsiyalanish eng yuqori darajaga yetganda, 
postsinaptik neyronda harakat potensiali vujudga keladi. 
16-
расм. Химиявий (X), электр (Э) ва аралаш (А) синапснинг тузилИш
Elektr sinapslar kimyoviy sinapslarga qaraganda ba‘zi bir faoliy afzalliklarga ega. 
Jumladan, elektr sinapslar juda tez va bexato ishlaydi. Sinapsda to‘xtalib qolish ularda 
0,1 ms dan oshmaydi, bu holat elektr sinapslarning yuqori labbilligini ta‘minlaydi. Elektr 
sinapslar uzoq vaqtgacha charchamaydi. 
Elektr sinapslarning kamchiliklari ham bor. Masalan, ular MNT faoliyati uchun 
muhim bo`lgan bir taraflarna o‘tkazishni yetarli darajada ta‘minlay olmaydi; elektr 
sinapslar ichida tormozlovchilari deyarli yo‘q; elektr sinapslardan o‘tkazish icchki muhit 
omillari (gormonlar, harorat) yordamida boshqarilmaydi. 
Elektr sinapslar yurakning muskul tolalari o‘rtasida, ichki a‘zolarning silliq 
muskullarida, jigar va bezlarda ko‘p uchraydi. Ular orqali faqat elektr impulsi emas
balki oz miqdorda ma‘lum moddalar bir hujayradaan ikkinchi hujayraga o‘tishi mumkin. 
Shu tarzda moddalar almashinuvi hujayralar faoliyatiga ta‘sir qiladi. 


46 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling