Reja 1.Falsafaning predmeti,tuzilishi,funktsiyalari va yangi sohalari. 2.Dunyoqarash shakllari va uning mohiyatiga doir mulohazalar. 3.Fan tushunchasi va uning asosiy taraqqiyot bosqichlari. - «Falsafa» atamasi qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so‘zidan olingan bo‘lib lug‘aviy ma’noda «donishmandlikni sevish» («phileo»- sevaman, «sophia» - donolik) degan mazmunni anglatadi. Bu so‘z dastlab taxminan eramizdan oldingi VI asrda yashagan taniqli matematik olim Pifagor tomonidan ishlatilgan va Evropa madaniyatiga qadimgi yunon faylasufi Aflotun (mil.avv.427-347 y.) asrlari orqali kirib kelgan. Abu Nasr Forobiy «Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi haqida» nomli asarida «falsafa» atamasi yunon tilidan kelib chiqqanligini tasdiqlaydi. Demak,«falsafa» va «filosofiya» atamalari bir xil ma’noga ega bo‘lib,uning kelib chiqqan makoni qadimgi Yunoniston hisoblanadi.
Falsafaning predmeti… Falsafa predmetini nimalar tashkil qiladi,ya’ni nimalarni o‘rganadi degan savol tug‘iladi? Bu savolga falsafaga turli davrlarda yashagan mutafakkirlar: falsafa - bu « donolikni sevish » (Pifagor), «tadqiqot bilan shugullanish» (Geraklit) , «ezgulik va yovuzlikni bilish vositasi» (Suqrot), «narsalarning sababi va prinsiplarini tadqiq qilish» (Arastu), «baxt-saodatga aql bilan erishish vositasi»(Epikur), Abu Nasr Forobiy:« Mavjudot haqidagi bilim qo‘lga kiritilsa, shu haqda ta’lim berilsa, mavjudotdan bo‘lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo‘lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz.... Falsafa - bu olamda odamning tutgan o‘rni va uning mavjud dunyoga nisbatan turli xil shakldagi munosabatlarini ifodalovchi eng umumiy ilmiy-nazariy qarashlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |