1-modul. Falsafa 1-Mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati reja Falsafaning predmeti,tuzilishi,funktsiyalari va yangi sohalari


Dunyoqarashni sohiblariga ko‘ra ikkiga ajratimiz


Download 213.85 Kb.
bet5/7
Sana17.12.2022
Hajmi213.85 Kb.
#1026600
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu taqdimoti

Dunyoqarashni sohiblariga ko‘ra ikkiga ajratimiz.

Dunyoqarashni sohiblariga ko‘ra ikkiga ajratimiz.

  • 1. Individual dunyoqarash.
  • 2. Ijtimoiy dunyoqarash.
  • 1. Individual dunyoqarash deb dunyo to‘g‘risida bir kishiga yoki alohida shaxsga xos bo‘lgan qarashlarga aytiladi. Uning sohibi – bu konkret odam hisoblanadi. Masalan, fuqaro Olim Ahmedovning dunyoqarashi individual dunyoqarashlar jumlasiga kiradi.
  • 2. Ijtimoiy dunyoqarash deb dunyo-olam haqida mehnat va xizmat jamoalari,ijtimoiy guruhlar,partiyalar,elat,millat,xalqlar,xullas butun jamiyatga xos bo‘lgan qarashlar tizimiga aytiladi.
  • Izoh: Bunga,masalan, O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarning dasturlarini kiritish mumkin.

Dunyosarashning tarixiy tiplari

1.Mifologik dunyoqarash.

2. Diniy dunyoqarash.

3. Falsafiy dunyoqarash

Mifologik dunyoqarash (grekcha «mifos » - afsona, ertak va «logos» - tushuncha,ta’limot) - bu ibtidoiy odamlarning tevarak-atrofini qurshab turgan voqelikni naql, rivoyat, afsonalar shashaklida jonlantirilgan obrazlar vositasi orqali tasavvur qilishi va shu asosda tushuntirilishidir

Diniy va falsafiy dunyoqarash ta’rifi...

  • Diniy dunyoqarash - bu borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi,adolatning yuksak namunasi,moddiy olamga xos bo‘lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy ko‘rinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudodga, yani Xudoga nisbatan bo‘lgan munosabat,tasavvur,urf-odat va marosimlar tizimidir.
  • Falsafiy dunyoqarash - bu olam va odam munosabatlaridagi tabiat,jamiyat va insonning eng umumiy o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish asosida kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadigan va rivojlanadigan bir butun olam haqidagi ilmiy, tarixiy, mantiqiy, universal, maqsadli, g‘oyaviy, nazariy bilim va amaliy xatti-harakatlarning yaxlit tizimidir.

Download 213.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling