Muqaddima


AVTONOM REFLEKS YOYLARNING EFFERENT QISMI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

AVTONOM REFLEKS YOYLARNING EFFERENT QISMI 
Simpatik va parasimpatik effektor yo`llarning somatik efferent yoidan asosiy farqi 
shundaki, birincchilari ikki neyronli. Birinchi – preganglionar neyron yuqorida 
ko‘rsatilgan avtonom markazlarda bo`lib, aksoni tashqariga, simpatik tizimning para- va 
prevertebral tugunlariga, hamda parasimpatik tizimning intramural yoki a‘zoga yaqin 
tugunlariga yoi oladi. Bu tugunlarda ikkinchi neyron soma va dendritlari preganglionar 
tola oxirlari bilan bevosita yoki oraliq neyron ishtirokida sinapslar orqali bog‘lanadi. 
Visseral afferent tolalarning bir qismi tugunlarning o‘zida, MNT ga yetmasdan, efferent 
neyronlarga ulanishi mumkin. Natijada mahalliy refleks yoyi shakllanadi, periferik 
refleks yuzaga chiqishi uchin tuzilma asos paydo bo`ladi. Bunday reflekslar sodir 
bo`lishida tugun markaziy nerv tizimi rolini bajaradi. 


88 
Yakka avtonom efferent neyronlarning fiziologik xossalari somatik neyronlarnikidan 
farq qiladi: avtonom neyronlarning qo‘zg‘aluvchanligi pastroq, shuning uchun 
qo‘zg‘alish ritmi sekundiga 10-15 dan oshmaydi: ba‘zi avtonom neyronlar spontan 
faollikka ega (o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib turadi). 
AVTONOM NERV TIZIMI SINAPSLARI 
Avtonom nerv tizimi tuzilmalari uch turdagi sinapslar (elektrik, aralash va kimyoviy
sinapslar) yordamida bir-biriga bog'langan. Bu sinapslardan kimyoviy sinapslar 
hammadan ko'p tarqalgan. Avtonom nerv tizimining kimyoviy sinapslari somatik tizim 
sinapslaridan uncha farq qilmaydi. Faqat avtonom nerv tizimi sinapslarining pre- va 
postganglionar tuzilmalari xilma-xil. Somatik nerv tizimi sinapslarida faqat ikki tuzilma 
(neyron bilan neyron, neyron bilar ko'ndalang targ'il muskul) ishtirok etsa, avtonom nerv 
tizimi sinapslarini hosil bo'lishida neyronlar, silliq muskul tolalari, yurakning ko'ndalang 
targ'il muskuli va bez hujayralari ishtirok etadi. Avtonom nerv tizimi sinapslarida o'nlab 
kimyoviy moddalar mediator vazifasini bajaradi. Atsetilxolin, noradrenalin, serotonin va 
boshqa bbiogen aminlar, ATF va ba'zi aminokislitalar shular jumlasidan. Bu 
mediatorlarni ishlab chiqaradigan neyronlar xolinergik, adrenergik, serotoninergik, 
purinergik va hokazo neyronlar, deyiladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling