Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

PROLAKTIN 


98 
Prolaktin ham oqsil gormon, u 198 aminokislota qoldiqlaridan iborat. Erkaklar va 
ayollar qonida gormon miqdori 2-15 mkg/l atrofida bo`lib, homilador ayollarda 300 
mkg/l ga yetadi. Prolaktin odamda sut bezlari o‘sishini va sut ishlab chiqarilishini 
kuchaytiradi. Uning ta‘sirida sut oqsillari va boshqa tarkibiy qismlarining sintezlanishi 
tezlashadi. Kalamushlarda u lyuteotrop (sariq tana faolligini saqlash) ta‘sir ham 
ko‘rsatadi. Balog‘atga yetmagan , yosh urg‘ocha hayvonlarga prolaktin yuborilsa, ularda 
onalik instinkti paydo bo`ladi. 
Prolaktin sekretsiyasini gipotalarnik markazlar reflektor yoi bilan kuchaytiradi. 
Refleks bola sut emgan vaqtda sut bezi so‘rg‘ichlaridagi retseptorlar qo‘zg‘alishi 
natijasida ro‘yobga chiqadi. Sut sog‘ish ham qonda gormon miqdorini oshiradi. Prolaktin 
suv-tuz va yog‘ almashinuviga ham ta‘sir qiladi, terining yangilanishi va undagi yog‘ 
bezlari faoliyatini tezlashtiradi. Gormonning qonga o‘tishi reflektor yoi bilan jadallashsa, 
gipotalamusning ingibitorlovchi omili (dofamin bo`lsa kerak) bu jarayonni sustlashtiradi. 
Melanotsitlarni stimullovchi gormon. MSG ham gipofizning effektor gormonlariga 
kiradi. U ikki shaklda alfa-MSG va beta-MSG uchraydi.Birinchisi 13 aminokislota
ikkinchisi 22 aminokislota qoldig‘idan iborat polipeptid. Kimyoviy va funksional 
xossalariga ko‘ra, MSG AKTG ga yaqin. AKTG parchalanishi natijasida MSG hosil 
bo`lsa kerak degan taxmin bor. MSG pigment effektini vujudga keltiradi: uning ta‘sirida 
odam terisi va hayvonlar terisi hamda juni qorayadi. Jun rangining fasliy o‘zgarishi 
hayvonlar ucchun himoya ahamiyatiga ega. MSG ta‘sirida melanotsitlarda melanin 
miqdori oshadi, uning zarrachalari hujayra protoplazmasida keng tarqaladi. 
MSG teridagi yog‘ bezlarini stimullaydi. U homilada bachadon o‘sishini tezlashtiradi. 
MSG ajralishi reflektor yoi bilan boshqariladi. Bu ko‘z to‘r pardasiga yorug‘lik 
tushishiga bog‘liq. Bundan tashqari, gipotalamusning ingibitor va rilizing omillari ham 
MSG ajralishini boshqarishda ishtirok etadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling