Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

AYOL JINSIY SIKLI 
 
Qizlar balog‘atga yetgach, ovulyatsiya har 27-28 kunda takrorlanib turadi. To‘rt hafta 
davom etadigan bu jinsiy sikl 4 davrga bo`linadi: 1) ovulyatsiyadan oldingi davr: 2) 
ovulyatsiya; 3) ovulyatsiyadan keyingi davr; 4) tinchlik davri. 
Ovulyatsiyadan oldingi davrda bachadon kattalashadi va qonga toiadi, bachadon 
shilliq pardasi va bezlari o‘sadi, uning va Fallopiy naylari muskullarining peristaltikasi 
kuchayadi va tezlashadi. Qinning shilliq pardasi o‘sadi va undan ko‘chgan shilimshiqda 
epiteliy hujayralar soni ko‘payadi. 
Bu o‘zgarishlarning sababi gipofizdan follikullarni rag‘batlantiruvchi gormonning 
qonga ko‘proq o‘tishi va tuxumdonlarda estrogenlar ajralishining ortishidir. FSGning 
qonda ko‘payishi Graaf pufakchasi yetilishini ham ta‘minlaydi. Pufakchaning sirti 
yorilib, ichidan tuxum hujayra chiqadi, ya‘ni ovulyatsiya ro‘y beradi. 
Ovulyatsiya davrida tuxum hujayra Fallopiy nayiga kirib, bachadon tomon siljib 
boradi va naydan o‘ta turib, spermatozoid bilan uchrashsa, urug‘lanadi. Urug‘langan 
tuxum hujayra bachadonga yetib borgach, uning shilliq pardasiga yopishadi. Jinsiy sikl 
shu yerda uzilib, ayolning bo‘yida bo`ladi. Yorilgan Graaf pufakchasi o‘rnida sariq tana 
rivojlana boshlaydi. U progesteron gormoni ishlab chiqaradi. 
Tuxum hujayra urug‘lanmasa, keyingi ikki davrni kuzatish mumkin bo`ladi. 
Ovulyatsiyadan keyinga davrda ayollar hayz ko‘radi. Urug‘lanmagan tuxum hujayra 
bachadonga tushib, nobud bo`ladi. Sariq tanadan ajrala boshlagan progesteron gipofizdan 
gonadotrop gormonlar inkretsiyasini susaytiradi. Buning natijasida qonda estrogenlar 
miqdori kamayadi, bachadon, Fallopiy naylari va qinda ovulyatsiyadan oldingi davrda 
yuzaga chiqqan o‘zgarishlar kamayadi. 
Gipofizning lyuteinlashtiruvchi gormoni miqdori qonda progesteron ta‘sirida 
kamayadi. Bu esa sariq tananing atrofiyalanishiga sabab bo`ladi. Sariq tana o‘rni 
qo‘shuvchi to‘qima bilan almashinishi natijasida progesteron hosil bo`lishi to‘xtaydi. 
Sariq tana faollik ko‘rsatib turgan vaqtda qonda tuxumdon gormonlari miqdori 
kamayadi. Bu bachadonning tonik qisqarishlarini sezilarli kuchaytiradi va shilliq pardasi 
ko‘chishiga olib keladi. Shilliq parda parchalari qon bilan birga chiqadi. Hayz qoni ketib 
bo`lgach, bachadon shilliq pardasi tez orada tiklanadi. Ovulyatsiyadan keyingi davr 
tugagach, tinchlik davri keladi, undan so‘ng yangi siklning ovulyatsiyadan oldingi davri 
boshlanadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling