Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- JINSIY GORMONLARNING HOMILA JINSI SHAKLLANISHIDAGI ROLI
- BALOG’ATGA YETISHDA JINSIY GORMONLARNING ROLI
JINSIY BEZLAR
Jinsiy bezlarning gormonal faolligi ham adenogipofizga bog‘liq. Bu bezlarda gormonlardan tashqari, jinsiy hujayralar – spermatozoidlar va tuhum hujayralar hosil bo`ladi. Jinsiy gormonlarni uch guruhga bo`lish mumkin: 1) estrogenlar; 2) gestogenlar; 3) androgenlar. Birinchi va ikkinchi guruh gormonlari ayollar jinsiy gormonlari, deb ataladi. Bular ichida eng muhimi estradiol, estron va progesteron. Uchinchi guruh gormonlar erkaklar jinsiy gormonlari bo`lib, ulardan eng muhimi testosteron. Jinsiy gormonlar homila jinsini aniqlaydi, jinsiy a‘zolar va ikkilarnchi jinsiy belgilar rivojlanishini ta‘minlaydi. Bu gormonlar ta‘sirida organizm va jinsiy a‘zolar rivojlanib, jinsiy aloqa qilish va bola ko‘rish darajasiga yetadi. Bundan tashqari, jinsiy gormonlarning ekstragenital samarasi (jinsiy a‘zolardan tashqari boshqa faoliyatlarga ta‘sir qilish qobiliyati) ham bor. JINSIY GORMONLARNING HOMILA JINSI SHAKLLANISHIDAGI ROLI Odam embrioni taxminan 3 oyli bo`lganda moyaklar testosteronni sintezlay boshlaydi. Uning ta‘sirida jinsiy a‘zolar erkaklarga xos shaklga kiradi. Bu davrda ishlab chiqariladigan testosteron gipotalamusning erkakcha tipda rivojlanishi va balog‘atga yetgandaan keyin jinsiy xatti-harakatlarning erkaklarga xos bo`lishi uchun ham zarur. Erkak embrionning jinsi aniqlangandan so‘ng moyaklarda gormon ishlab chiqarilishi to‘xtayda. Ayol jinsli embrionning tuxumdonlari gormonlar ishlab chiqarmaydi. Ularning gormonal faoliyati qiz bolaning balog‘atga yetish davrida boshlanadi. BALOG’ATGA YETISHDA JINSIY GORMONLARNING ROLI O‘g‘il va qiz bolaning jinsiy bezlari ma‘lum vaqt davomida gormnolar ishlab chiqarmaydi. Bu davrda jinsiy hujayralarni vujudga keltiradigan tuzilmalar hali yetilmagan bo`lib, faoliyat ko‘rsatmaydi. Bu davrda bolalar o‘rtasidagi jinsiy tafovut (gavda tuzilishi, tabiati) buyrak usti bezlarining jinsiy gormonlariga bog‘liq. O‘smirlik boshlanishi bilan o‘g‘il bolalarning moyaklarida gormonlar sintezlanishi qayta tiklanadi, qiz bolaning tuxumdonlari ilk bor faolli ko‘rsata boshlaydi. Natijada o‘g‘il bolaning qonida testosteron miqdori, qiz bolalarda esa estrogenlar miqdori osha boradi. Testosteron moyaklarda urug‘ hosil qiluvchi naychalarning tez rivojlanishi va epiteliyida spermatsitlar hamda spermatozoidlar hosil bo`lishini ta‘minlaydi. Estrogenlar esa follikullarning o‘sib, rivojlanishi va ulardan Graaf pufakchalari hosil bo`lishi uchun zarur. O‘spirinlik davri o‘g‘il va qiz bolalarning tashqi qiyofasi o‘zgarishi, shuningdek ikkilarnchi jinsiy belgilarning tez rivojlanishi bilan ta‘riflanadi. Yigitlarning tanasi va jinsiy a‘zolarining rivojlanishi jinsiy aloqa qilish, urug‘ otish (eyakulyatsiya), urug‘lantira olish darajasiga yetadi. 106 Qizlarda estrogenlarning qondagi miqdori ayollarning jinsiy sikliga yaqin muddatlarda siklik ravishda o‘zgara boshlaydi. Bu gormonlar qonda va siydikda ko‘payar ekan, yaxshi yetilgan Graaf pufakchasidan biri yorilib, undan tuxum hujayra chiqadi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qiz birinchi marta hayz ko‘radi. Keyingi bir necha oy mobaynida jinsiy sikl muntazam takrorlanadigan va ko‘pincha tuxum hujayra paydo bo`lishi (ovulyatsiya) bilan o‘tadigan bo`ladi. Bu qizning balog‘atga yetganidan dalolat beradi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling