Muqaddima


BUYRAK USTI BEZINING PO'STLOQ QISMI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

BUYRAK USTI BEZINING PO'STLOQ QISMI 
 
Odamlarda buyrak usti bezining po'stloq qismi uch qavatdan tuzilgan: tashqi qavat – 
koptokchali soha; o'rta qavat – tutamli soha va ichki qavat – to'rli soha. Bezning po'stloq 
qismi uchta gormonal faollikka ega bo'lgan steroidlarni sintezlaydi: kortizon 
(gidrokortizon), aldosteron va kortikosteron. Odam balog'atga yetguncha va qarigan 
vaqtida to'rli sohada sintezlanuvchi jinsiy gormonlar ma'lum rol o'ynaydi. 
Kortikoidlar juda ko'p jarayonlarga ta'sir qiladi. Ammo bu ta'sirlarning asosiylari: 1) 
mineralokortikoid samara – elektrolitlar almashinuviga ta'sir etish; 2) glyukokortikoid 
samara – uglevodlar almashinuviga ta'sir qilishdir. 
Glyukokortikoidlar glyukoneogenezni tezlashtiradi. Bu jarayonda ishtirok etuvchi 
ba'zi fermentlarning faolligi oshishi tufayli, aminokislotalarning azotsiz qoldiqlaridan 
glyukozaning sintezlanishi tezlashadi, uning qondagi miqdori ko'payadi. Glyukoza 


103 
glikogen shaklida jigar va muskullarda zahiraga o'tadi. Oqsillarning parchalanishi 
tezlashib, manfiy azot balansi kuzatilishi mumkin. Demak, glyukokortikoidlar katabolik 
samaraga ega. Bu gormonlar yog'larning zahiradan qonga o'tishini tezlashtirib, energiya 
manbai sifatida sarflanishini ko'paytiradi. 
Glyukokortikoidlar yallig'lanish va allergik reaksiyalarni susaytiradi, antitelolar ishlab 
chiqarilishini kamaytiradi. 
Glyukokortikoidlar sezgi a'zolari faoliyatiga ham ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi. Bu 
gormonlar yetishmaganda ta'm va hid sezish, eshitish buziladi. Glyukokortikoidlar miya 
markazlaridagi tahliliga ta'sir ettsa kerak. 
Glyukokortikoidlarning qondagi miqdori mahsus mexanizmlar tufayli nisbatan 
barqaror saqlanadi. Bu murakkab mexanizm faoliyatini quyidagicha tasavvur qilish 
mumkin. Gipotalamusniing gipofizotrop sohasidan rilizing-gormon ajralib, qon orqali 
adenogipofizga yetib keladi. Uning ta'sirida AKTG qonga o'tib, buyrak usti bezining 
po'stloq qismiga ta'sir qiladi. Natijada glyukokortikoidlarning qondagi miqdori oshadi. 
Agar glyukokortikoidlarning miqdori sezilarli darajada ko'paysa, qaytar aloqa 
tamoyili bo'yicha AKTG-rilizing-gormonning ajralishi, AKTGning qonga o'tishi 
kamayadi. Bu o'z navbatida glyukokortikoidlarning qondagi miqdorini kamaytiradi. 
Glyukokortikoidlarning qonga o'tishi organizm haddan tashqari ta'sirotlar ostida 
qolganda, ya'ni stress holatlarda keskin o'zgaradi. G.Sel'ye bu holatning uch bosqichini 
ajratgan: havotirlanish, chidash va madorsizlanish. Birinchi va ikkinchi bosqichlarda 
buyrak usti bezlari glyukokortikoidlarni ko'p miqdorda sintezlab, ehtiyojni qondirib 
turadi. Stress ta'siri davom etaversa, madorsizlanish bosqichi rivojlanishi mumkin. Bu 
vaqtda buyrak usti bezlarida kortikoidlar zahirasi tugaydi, bezning po'stloq qismi 
yemiriladi. 
Organizmga 
tashqaridan 
glyukokortikoidlar 
kiritilishigina 
ahvolni 
yengillastiradi. 
Glyukokortikoidlar sekretsiyasining ortishi ham, kamayishi ham, organizmda jiddiy 
o'zgarishlar paydo qiladi. Qonda kortizon ko'payib ketishi giperglikemiyaga, semirib 
ketishga, qon bosimining oshishiga, shish paydo bo'lishiga va boshqa o'zgarishlaga olib 
keladi. 
Bu gormonlarning yetishmovchiligi Addiso kasalligi rivojlanishiga sabab bo'ladi. Teri 
qorayib, jez rangiga kiradi, skelet va yurak muskullari quvvatdan ketadi, odam salga 
charchab qoladi, yuqumli kasalliklarga chalinadigan bo'lib qoladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling