Muqaddima
GIPOTALARNO-GIPOFIZAR TIZIM
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
GIPOTALARNO-GIPOFIZAR TIZIM
Gipofizning glandotrop gormonlarini va o'sish gormonini qonga o'tishini gipotalamusning gipofizotrop sohasi boshqaradi. Bu sohadagi kichik neyrosekretor hujayralar gipofizning oldingi bo'lagidan (adenogipofizdan) gormonlarning sintezlanishi va qonga o'tishini tezlashtiradigan rilizing-gormonlarni (liberinlarni) va bu jarayonlarni tormozlaydigan ingibitor omillarni (statinlarni) ishlab chiqaradi. Liberin va statinlarni adenogipofizga qon yetkazadi. Yuqori gipofizar arteriya gipotalamusning gipofizotrop sohasida mayda kapillyarlarga bo'linib, neyrosekretor hujayralar atrofida mayda to'r hosil qiladi (29-rasm). Bu kapillyarlar to'ridan qon oqib o'tayotganda gipofizotrop gormonlar unga o'tadi. Kapillyarlar yig'ilib, gipofizning portal tomirlarini hosil qiladi. Portal tomirlardagi qon adenogipofiz hujayralariga liberin va statinlarni olib keladi. Adenogipofiz faoliyatini boshqarishda ishtirok etadigan oltita rilizing-gormon va uchta statin ma'lum (5-jadval). Bu gormonlarning nomi qonga o'tishni boshqrib turadigan gipofizar gormonga bog'liq. Masalan, gipofizdan tireotrop gormonning qonga o'tishini tezlashtiradigan gormon tireotropin-rilizing-gormon yoki tireoliberin deyiladi. Gipofizotrop gormonlarning qonga o'tib, gipofizga yetib kelishi chetdagi endokrin bezlar gormonlarining qondagi miqdoriga bog'liq. Masalan, qonda kortizon miqdori ortsa, gipotalamusdan adrenokortikotrop gormonning rilizing omili qonga oz miqdorda o'ta boshlaydi. Natijada gipofizdan AKTG ning qonga o'tishi kamayadi. Bu o'z navbatida, kortizonning buyrak usti bezidan qonga o'tishini sekinlashtiradi. Natijada kortizonning qondagi miqdori me'yoriga tushadi. Boshqa gipofizotrop gormonlar inkretsiyasi ham shu xilda boshqariladi. Periferik bezlar, gipofiz va gipotalamus ishtirokida yuzaga chiqadigan qaytar aloqa tamoyilida boshqarilish gipotalamus miyaning yuqori qismlaridan ajratilganidan keyin ham sezilarli buzilmaydi. Ammo tabiiy sharoitda markaziy nerv tizimi bu boshqarilishni organizmning o'zgarib turuvchi ichki va tashqi ehtiyojlariga moslashtiradi. Masalan, stress holatlarda buyrak usti bezi qonga ko'p miqdorda kortizon cchiqara boshlaydi. Bu miya po'slog'i va limbik tizimdan kelgan impulslar ta'sirida medial gipotalamusdagi neyronlar faolligining oshishi, AKTG-rilizing-gormonning qonga ko'proq o'tib, buyrak usti bezini rag'batlantirishi natijasi hisoblanadi. Umuman gipotalamus ikki turdagi nerv va gumoral boshqarilishlarni tutashtiradigan soha. Uning oldingi va preoptik qismlaridagi neyronlar bir tomondan endokrin hujayra sifatida gormonlarni sintezlaydi. Ikkinchi tomondan, bu neyronlarning aksonlari miyaning ko'p qismlariga borib yetadi. O'z navbatida, gipotalamusning neyrosekretor hujayralarida miyaning boshqa sohalaridagi neyronlarning afferent tolalari tugaydi. 5-jadval Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling