Muqaddima


BO'YDORLIK (GIGANTIZM), AKROMEGALIYA


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

 
BO'YDORLIK (GIGANTIZM), AKROMEGALIYA 
Bola organizmida o'sish gormoni ko'p ishlab chiqarilsa, bo'ydorlik (gigantizm) 
kuzatiladi. Bunda erkaklarning bo'yi 200 sm, ayollarniki 190 sm dan oshadi. Hozir 
olarnda yashovchi ayollarning eng bo'yi balandi indoneziyalik Muliya bo'lsa kerak. 
Uning bo'yi 233 sm. Eng novcha erkak esa Pokistinlik Muhammad A'larn Channadir. 
Uning bo'yi 247 sm. Gigantlar bbundan ham baland bo'lishi mumkin. 1968-yilda AQSh 
ning Buffalo shahrida vafot etgan Jon Kerrolning bo'yi 263,5 sm bo'lgan. 
Gipofizar gigantizmda odamning boshi, tanasi va oyoq-qo'llari nisbati buzilmagan 
holda kattalashadi. Skelet muskullari, ichki a'zolar ham ko'pincha yaxshi rivojlangan 
bo'ladi. Organizmning o'sish davri 30 yoshgacha boradi. Kattalarda gipofiz ko'p 
miqdorda o'sish gormoni ishlab chiqarsa, akromegaliya hodisasi ro'y beradi. Bunda 


97 
suyaklar va yumshoq to'qimalar qalinlashadi, odamning burni, lablari, jag'i, oyoq-qo'llari 
kattalashadi. Ikki-uch oy oldin olingan poyafzal, qo'lqop kichkina kelib qoladi. 
Kasalning ko'krak qafasi, ichki a'zolari ham kattalashadi. 
Gipofizar novchalarda va akromegaliya bilan og'rigan odamlarda boshqa ichki 
sekretsiya bezlari faoliyati ham shikastlanadi: jinsiy bezlar ishi sustlashadi, insulin kam 
miqdorda ishlanganidan, qandli diabet alomatlari paydo bo'ladi. 
 
 
GIPOFIZAR NANIZM (MITTILIK) 
Organizmning o'sishi ko'pgina omillarga bog'liq jarayon. Bu jarayonga irsiyat, iqlim 
va ovqatlanishga bog'liq omillar va bir qancha gormonlar ta'sir etadi. O'sish gormonidan 
tashqari, o'sishga qalqonsimon bezning, buyrak usti bezining gormonlari va jinsiy 
gormonlar jiddiy ta'sir ko'rsatadi. O'sish gormonining yetishmovchiligi va gipofizning 
boshqa glandotrop gormonlari kam ishlanishi natijasida gipofizar pakanalik ro'y beradi. 
Bu holat homilada yoki bolaning juda yoshligida boshlanib, o'sishning keskin ravishda 
to'xtab qolishiga olib keladi. 
Bu kasallikda odamning bo'yi past bo;lsa ham, gavda qismlarining nisbati saqlanib 
qoladi, qo'l-oyoq panjalari kichkina, barmoqlari ingichka bo'ldi. Jinsiy a'zolari 
rivojlanmaydi, gipofizar pakana erkaklar jinsiy zaif bo'ladilar, ayollar esa, odatda, 
homilador bo'lmaydilar. Ba'zi pakanalar qonida o'sish gormoninin miqdori odatdagidan 
ko'p bo'ladi. Ularning yaxshi o'smasligining sababi somatomedinlar yetishmovchiligiga 
bog'liq. Batafsil o'rganilgan somatomedin-C – 63 aminokislota qoldig'idan tuzilgan 
peptid. U asosan jigarda sintezlanadi. Somatomedin faqat tog'ay va suyak to'qimalari 
o'sishini emas, balki boshqa to'qimalarda ham hujayralarning mitotik bo'linishini 
tezlashtiradi. 
Bo'y erkaklarda 130 sm dan, ayollarda 120 sm dan past bo'lsa, mittilik to'g'risida gap 
yuritish mumkin. Dunyodagi eng pakana odamning bo'yi 48 sm bo'lgan. Hozirda eng 
pakana odam – Nelson de La Rosaning bo'yi 71 sm. Eng novcha odam Muhammad 
A'larn va eng pakana de La Rosa Ginnesning rekordlar kitobidan joy olganlar (28-rasm). 
Gipofizar pakanalikni faqat odamning o'sish gormoni bilan davolash mumkin. Boshqa 
hayvonlardan olingan gormonni qo'llash yaxshi natija bermaydi. Davolash qancha erta 
boshlansa,natijasi shunchalik yaxshi bo'ladi. 
O'sish gormonining qondagi miqdori fiziologik sharoitda ham 10-20 baravar 
o'zgarishi mumkin. O'sish gormonining qonga o;tishida sirkad (kecha-kunduzgi) ritm 
kuzatiladi. Uning konsetratsiyasi qonda kechasi, odam qattiq uxlaganda eng yuqori 
darajaga ko'tariladi. O'sish gormonining sekretsiyasini gipotalamusniing rilizing-
gormoni – somatoliberin tezlashtiradi. Somatostatin degan ingibitor gormon bu jarayonni 
susaytiradi. O'sish gormonining sekretsiyasiga qonning kimyoviy tarkibi,xususan, 
aminokislotalar, yog' kislotasi va glyukozaning qondagi miqdori ta'sir qiladi. Masalan, 
qonda glyukoza miqdori kamaysa, o'sish gormonining sekretsiyasi kuchayadi. 
Gormonning qonga o'tishi stress holatlarda ham tezlashadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling