Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- ME’DA OSTI BEZINING ENDOKRIN FAOLIYATI
FAOLIYATIGA
GIPOFIZ GORMONLARI BEVOSITA TA’SIR QILMAYDIGAN ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI Ba‘zi bir endokrin bezlar faoliyatining boshqarilishida gipofiz gormonnlari bevosita ishtirok etmaydi. Me‘da osti bezining Langergans orolchalari, buyrak usti bezining mag‘iz qismi, epifiz, qalqonsimin bez yonidagi bezlar va boshqalar shular jumlasidan. Bunday bezlardan gormon ajralishi tezligi ko‘proq ular boshqaradigan ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga bog`liq. ME’DA OSTI BEZINING ENDOKRIN FAOLIYATI Me‘da osti bezining asosiy qismi ovqat hazmida ishtirok etuvchi shira ishlab chiqaradi. Bu ishni bajaruvchi ekzokrin to‘qima orasida maxsus endokrin hujayralar orolchalari – Langergans orolchalari joylashgan. Orolchalardagi β-hujayralar insulin, α- hujayralar glyukagon, delta-hujayralar somatostatin degan gormonlarni sintezlaydi. Gipotalarnik somatostatinning gipofizdan o‘sish gormoni ajralishini tormozlashini aytgan edik. Bundan tashqari, somatostatin insulin, glyukagon va gastrointestinal gormonlarning qonga o‘tishini tormozlaydi. MNT da u mediator rolini ham o‘ynaydi. Insulin va glyukagon organizmda uglevodlar almashinuvini boshqaruvchi asosiy gormonlardir. 108 Insulin molekulyar massasi 6000 ga yaqin bo`lgan oqsil. U bir-biriga parallel bo`lgan ikkita disulfid ko‘prikchalar yordamida bog‘langan ikki polipeptiddan iborat. Glyukagon molekulyar massasi 3500 bo`lgan polipeptiddir. Insulin qonda glyukoza miqdorini kamaytiruvchi yagona gormon. Glyukozaning qondagi miqdori taxminan 0,8-1,0 g/l (4,4-6,6 mmol/l) bo`ladi. Bu miqdorning muttasil va sezilarli darajada ko‘tarilishi qandli diabetda uchraydi va insulin yetishmovchiligining natijasi hisoblanadi. Glyukoza miqdori qonda 1,8 g/l dan oshsa, siydik bilan chiqa boshlaydi. Nefron kanalchalarida toiiq reabsorbsiyaga uchramagan glyukoza oxirgi siydik hajmi oshishiga sabab bo`ladi. Organizmga tashqaridan insulin kiritilsa, qondagi glyukoza miqdori kamayadi. Buning sababi: 1) insulin glyukozani skelet meskullari, yog‘ to‘qimasi va miokard hujayralariga o‘tishini yengillashtiradi va hujayralarda glyukoza almashinuvini tezlashtiradi; 2) insulin jigarda glikogen hosil bo`lishini stimullaydi; 3) insulin aminikislotalardan glyukoza sintezlanishini (glyukoneogenezni) sustlashtiradi. Insulin yog‘ almashinuviga ham ta‘sir qilib, qondan erkin yog‘ kislotalarini jigar va yog‘ to‘qimasiga o‘tishi, triglitserid shaklida jamg‘arilishini amalga oshiradi. Membranada joylashgan maxsus retseptor insulinning hujayra ichiga o‘tishini ta‘minlaydi. U oqsil tuzilma bo`lib, bir juft α va bir juft β qismlardan iborat. α –qismi membrananing tashqi tomonida bo`lib, insulinni taniyda va u bilan bog‘lanadi, β qismlar esa hujayra ichiga botgan, α –qism bikan bog‘langan insulinning hujayra ichiga o‘tishini ta‘minlaydi. Protoplazmada insulin-retseptor birikma parchalanadi, retseptor membranadan o‘z joyiga qaytadi. Insulin esa fermentlar faolligini oshirib, biologik ta‘sir ko‘rsatadi. Bu ta‘sir ko‘p qirrali: DNK, oqsil, yog‘ sintezini tezlashtirish, modda almashinuvining ko‘p jarayonlariga aralashishdan iborat. Insulin hujayralar bo`linishini tezlashtirish (mitogen) ta‘siriga ega. Uning bu ta‘siri jigarda o‘sish gormoniga bog‘liq bo`lgan somatomedin sintezi tezlashishi natijasi hisoblanadi. Glyukagon jigarda glikogenning glyukozaga parchalanishini tezlashtiradi. Shu bilan birga u glyukozani boshqa moddalardan (aminokislitalardan) sintezlanishini kuchaytiradi. Natijada qonda glyukoza miqdori oshib ketadi. Bu gormonning ham yog‘ almashinuviga ta‘siri bor. Glyukagon jigarda yog‘ kislotalarning oksidlanishini tezlashtiradi va ko‘p miqdorda ketonlar hosil bo`lishiga olib keladi. Insulin va glyukagonning qonga o‘tish tezligi qondagi glyukoza miqdoriga bog‘liq. Bu miqdorni me‘da osti bezidagi retseptorlar ―oichaydi‖ va olingan ma‘lumot asosida β- hujayralarda insulin sintezi bevosita o‘zgartiriladi. Glyukagon sekretsiyasini boshqarishda ishtirok etadigan retseptorlar gipotalamusda bo`lib, ular qonda glyukoza miqdori kamayganini sezadi. Bu retseptorlar ta‘sirida gipotalamusdan trop gormon qonga ko‘plab o‘ta boshlaydi.. U o‘z navbatida glyukagon sekretsiyasini oshiradi. Natijada qonda glyukoza miqdori ortadi. Trop gormon rolinin o‘sish gormoni o‘ynaydi, degan taxmin bor. Langergans orolchalarining delta- hujayralarida sintezlanadigan somatostatin glyukagonni qonga o'‘ishini kamaytiradi. Nerv tizimi me‘da osti bezi ichki sekretsiyasiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Adashgan nerv insulin sekretsiyasini kuchaytiradi, simpatik nerv esa uni tormozlaydi. Glyukagonning qondagi miqdori simpatik nerv tizimi ta]sirida ko‘payadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling