Muqaddima


SUV VA TUZ ALMASHINUVINI BOSHQARISHDA


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

SUV VA TUZ ALMASHINUVINI BOSHQARISHDA 
ISHTIROK ETADIGAN GORMONLAR 
 
Suv va tuz almashinuvini boshqaruvchi gormonlarni ikki guruhga bo`lish mumkin. 
Natriy, kaliy va vodorod ionlari miqdorini boshqaruvchi aldosteron, angiotenzin va renin 
bir guruhni tashkil qilsa, kalsiy va fosfatlar muvozanatini ta‘minlovchi paratgormon va 
kalsitonin ikkinchi guruhga kiradi. 
Aldosteron buyrak usti bezining po‘stloq qismida sintezlanadigan mineralokortikoid 
gormon. U hujayra membranalari orqali natriyning tashilishini tezlashtiradi. Aldosteron 
ta‘sirida buyrak kanalchalarida natriyning qayta so‘rilishi ortadi, kaliyning chiqarib 
tashlanishi ham ortadi. Bu gormon so`lak, ter, ichak shirasi tarkibida ajraladigan natriy 
miqdorini kamaytiradi. Qon va to‘qimalarda natriyning ko‘payishi osmotik bosimni 
ko‘taradi. Natijada organizmda suv to‘planib qoladi, qonning hajmi ko‘payadi, arterial 
qon bosimi ortadi. 
Aldosteronga qarama-qarshi ta‘sir ko‘rsatadigan gormon atrial natriyuretik peptiddir. 
Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu modda yurak bo`lmachalarida sintezlanib, siydik 
tarkibida natriy ajralishini ko‘paytiradi. Natriyuretik peptid to‘qima gormonlarininh 
namoyondasidir. 
Mineralikortikoidlar yetishmovchiligida organizm natriyni yo‘qotishi natijasida halok 
bo`lishi mumkin. 
Buyrak usti bezi olib tashlangandan keyin hayvon organizmiga aldosteron va natriy 
kiritilmasa, u tez kunda halok bo`ladi. 
Mineralikortikoidlarning bezdan qonga o‘tishi organizmda natriy va kaliy miqdoriga 
bog‘liq. Natriy miqdorining oshishi mineralikortikoidlar chiqarilishini tormozlaydi, 
natriy oz bo`lsa, gormonning qondagi miqdori ko‘payadi. Kaliy ionlarining ta‘siri 
qarama-qarshi. Mineralikortikoidlar, xususn aldosteron sekretsiyasi renin-angiotenzin 
orqali boshqariladi. Renin nefronlarning afferent tomirlari devorida uchraydigan 
yukstaglomerulyar hujayralarda sintezlanadi. U qon plazmasidagi peptid angiotenzin I ga 
ta‘sir qilib, undan angiotenzin II hosil qiladi. Angiotenzin II aldosteron sekretsiyasini 
tezlashtiradigan eng kuchli moddadir. Renin-angiotenzin tizimi faolligining kuchayishi 
qonda aldosteron miqdorini oshiradi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling