Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
EPIFIZ
Epifiz bosh miya markazida, uchinchi qorincha tubida joylashgan. Odam epifizining diametri 3-4 mm. Odamzod bu bez borligini 4000 yildan beri bilsa ham, uning faoliyati oxirgi 20-30 yillar davomida aniqlandi. O‘rta asrlarda odamning ruhi epifizda saqlanadi, deb hisoblashgan. Asrimizning boshlarida ovqatiga maydalangan epifiz qo‘shib berilgan itbaliqlarning rangi oqargani aniqlangan edi. Shunga asoslanib, 50-yillarda amerikalik olim A.Lerner epifizda pigment almashinuviga ta‘sir qiladigan modda bo`lsa kerak, deb taxmin qildi va bir necha o‘n ming qoramol epifizidan bbir-ikki gramm modda ajratib oldi. Bu modda juda oz miqdorda baqa organizmiga kiritilganda, terining oqarishiga olib keladi. Shunday qilib, yangi gormon – melatonin kashf etildi. Turli mutaxassislar o‘tkazgan tajribalarda melatoninning ko‘p qirrali samaraga ega gormonligi aniqlandi. U boshqa bir biogen amin – serotonindan hosil bo`lib, pigment almashinuvini, jinsiy faoliyatni, kecha-kunduzlik va fasllik ritmlarni, hujayralar bo`linishi va rivojlanishini boshqarishda ishtirok etadi. Epifizdan tashqari, melatonin hazm tizimidagi apudotsitlarda, tomirlar endoteliyida, buyrak usti bezi po‘stloq qismida, miyachaning Purkinye hujayralarida, simpatik tugunlarda sintezlanadi. Melatonin ko‘z to‘r pardasida ham topilgan. Gormonning to‘r pardadagi miqdori kamayib ketsa, odamning ranglarni ajratish qobiliyati buziladi. Melatonin uyqu keltirish qobiliyatiga ham ega. Bir necha tomchi gormon eritmasi mushukning burniga tomizilganda 70-100 daqiqa davom etuvchi chuqur uyqu kuzatiladi. Oxirgi vaqtda melatoninning yana bir juda muhim xossasi aniqlandi. U hujayralar bo`linishini sekinlashtirib, o‘smaga qarshi ta‘sir ko‘rsatar ekan. Melatonin gipofizdan gonadotrop gormonlarning qonga o‘tishini kamaytiradi. Demak, uning qondagi miqdori ko‘payib ketsa, balog‘atga yetish cho‘zilib ketadi. Gormonning yetishmovchiligida esa jinsiy rivojlanish tezlashadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling