Neyroleptiklarning ta’sir mexanizmi


Download 13.62 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi13.62 Kb.
#1304208
Bog'liq
11-вазифа


Neyroleptiklarning ta’sir mexanizmi?


Ta'sir mexanizmi. Neyroleptiklarning asosiy o`rinda turuvchi tinchlantiruvchi ta'siri ularning qisman retikulyar formatsiyaga susaytiruvchi ta'sir ko`rsatishi bilan ifodalanadi. Natijada, retikulyar formatsiyadan bosh miya markazlarining faoliyatini qo`zg`atadigan impulslar kamroq qoladi va markaziy nerv tizimining faoliyati susayadi, odam ruxiy orom olib, harakatlari ham tinchlanadi. Bundan tashqari, neyroleptiklar dofaminergik retseptorlarni (D2 -retseptorlarni) to`sib qo`yish yo`li bilan ham ko`proq antipsixotik ta'sir ko`rsatadi. Neyroleptiklarning tinchlantiruvchi xossasi ularning limbik tizimga va gipotalamusga kor qilishiga bog`liqligi ham inkor etilmaydi 
Trankvilizator dori vositalari.
Trankvilizatorlar farmakologik xossalari bo`yicha neyroleptiklarga yaqin bo`lib, tibbiyot amaliyotida ko`p ishlatiladigan preparatlardan hisoblanadi. Bu ikkala guruh preparatlari ilgari bir-biriga yaqin nom bilan, ya'ni neyroleptiklar-katta trankvilizatorlar, trankvilizatorlar esa kichik trankvilizatorlar deb atalar ediki, bu bejiz emas. Trankvilizator so`zi lotincha bo`lib, tinchlantiruvchi, osoyishtalik beruvchi degan ma'noni bildiradi. Ko`pincha bu guruh preparatlari ataraktik vositalar ham deb ataladi (ataraxia-osoyishtalik, beg`amlik).
Trankvilizatorlar kimyoviy tuzilishi bo`yicha quyidagicha tasnifga ega:
1. Benzodiazepinlar (xlozepid, sibazon, fenazepam, nozepam, lorazepam, bromazepam, mezapam, gidazepam, klobazam, alprazolam, tetrazepam, tofizopam)
2. Propandiol almashingan karbamin efirlari (meprotan)
3. Difenilmetan hosilalari (amizil, gidroksizin)
4. Xar xil guruxga mansub trankvilizatorlar (oksilidin, buspiron, mebikar, stressplant).
Trankvilizatorlar markaziy nerv tizimining oliy nerv faoliyatiga o`ziga xos tarzda tinchlantiruvchi ta'sir qilib, ruhiy holatni uncha o`zgartirmagani holda ko`proq emotsional holatni yaxshilaydi, his-hayajonlarning qo`zishiga yo`l qo`ymaydi. Vahima, havotirlanish,bezovtalanish, qo`rqish va tashvishlanish kabi his-tuyg`ular yo`qoladi. Natijada odam tinchlanadi. Shu sababli ular uyqu kelishini tezlashtiradi. Bu preparatlarning neyroleptiklardan farqi shundaki, ular psixomotor qo`zg`alishiga kuchli kor qilmaydi. Ularning ayrimlari qisman uxlatuvchi, narkozga sabab bo`luvchi va og`riq qoldiruvchi moddalar ta'sirini kuchaytiradi. Gipotenziv, gipotermik, qusishga qarshi ta'sirlar ularning ko`pchiligida deyarli bilinmaydi.
Trankvilizatorlarning ta'sir mexanizmi shundan iboratki, ular neyroleptiklar singari retikulyar formatsiya, gipotalamus va ko`proq gipokamp bo`limi faoliyatini susaytirib xis-hayajonlarning junbushga kelishini va boshqa hollarni kamaytiradi.
Buyurilishi. Trankvilizatorlar o`ziga xos ta'sir etgani sababli ko`pchilik patologik holatlar va kasalliklarda buyuriladi. Gipertoniya kasalligi, me'da va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi, uyqusizlikda ko`p ishlatiladi. Ayniqsa, ko`ngilda tashvish, vahima, qo`rquv, hayajonlanish va bezovtalik, shunga o`xshash boshqa holatlarda, ayrimlari esa isteriya, tutqanoq kasalliklarida ham ishlatiladi.
Narkozga sabab bo`ladigan uxlatuvchi dori moddalari bilan zaharlanishda, depressiya holatlarida trankvilizatorlarni buyurish tavsiya etilmaydi.
Trioksazin. Tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Narkotik va uxlatuvchi dorilar ta'sirini kuchaytiradi, qisman gipotermiya beradi. Ko`pincha nevrozda, hayz ko`rish bilan bog`liq xavotirlikda ishlatiladi.
Sibazon. Farmakologik ta'siri xilma-xil bo`lib, tinchlantiruvchi ta'siri ko`proq bilinadi. Periferik nervlarga (adreno-xolinergik tizimga) kor qiladi. Tana mushaklari tonusini bo`shashtiradi. Ko`pincha shizofreniya, psixasteniya (qo`rqish, tashvish, vahima holatlari bilan davom etadigan hollarda), nevroz va boshqa holatlarda tavsiya etiladi. Bulardan tashqari, gallyutsinatsiya, paranoid va tutqanoqlarda ham beriladi. Miasteniya (mushaklarning bo`shashib qolishi), glaukoma (ko`ksuv) kasalliklarida buyurilmaydi.
Download 13.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling