Muqaddima


MUSKUL QISQARISHINING BIOENERGETIKASI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

MUSKUL QISQARISHINING BIOENERGETIKASI 
Muskul faol holatga o‘tganda tolalar mioplazmasida erkin kalsiy ionlari ko‘payadi, 
qisqarish ro‘y beradi. ATF ning parchalanishi tezlashadi, muskulda modda almashinuvi 
100-1000 barobar jadallashadi. ATF glikoliz va moddalarning oksidlanib, fosforillanishi 
natijasida qayta tiklanadi. 
Energiyaning saqlanish qonuniga binoan qayta ishlanadigan kimyoviy ennergiyaning 
miqdori bajarilgan ishga sarflangan va issiqlikka aylangan energiya yig‘indisiga teng 
bo`lishi kerak. Muskul oichab bo`ladigan darajada ish bajarmasa ham (turg‘un izometrik 
qisqsrish vaqtida), unda kimyoviy energiya to‘xtovsiz ravishda issiqlikka o‘tadi. Bu 
issiqlik izometrik qisqarish issiqligi deyiladi. Izometrik qisqarish issiqligi ko‘ndalang 
ko‘prikchalarning uzluksiz harakatlari natijasida ATF parchalanishidan paydo bo`ladi. 
Muskul yuk ko‘tarib ish bajarganda qo‘shimcha miqdorda ATF parchalanadi
qo‘shimcha issiqlik ajraladi. Issiqliknning bu qismi kaltalanish issiqligi deyiladi. 
Bir mol ATF parchalanishi 48 kDj chamasida energiya ajralishini ta‘minlaydi. Bu 
energiya miqdorining faqat 40-50% muskul qisqara boshlaganda va qisqarishi vaqtida 
issiqlikka aylanadi, muskul harorati bu vaqtda ozroq ko‘tariladi. Ammo, tabiiy sharoitda 
muskulning foydali ish koeffitsiyenti 20-30% dan oshmaydi. Chunki qisqarish vaqtida va 
u tugaganidan so‘ng miofibrillalardan tashqarida energiya sarfiga muhtoj bo`lgan 
jarayonlar sodir bo`ladi. O‘zgaradigan kimyoviy energiyaning 20% ga yaqini ana shu 
jarauonlarga (ion kanallarining ishiga, ATF ning oksidlanib,tiklanishiga) sarflanadi va 
sezilarli miqdorda issiqlik hosil bo`lishiga olib keladi (tiklanish issiqligi). 
SILLIQ MUSKUL 
 
Silliq muskullar umurtqali hayvonlarning ichki kavak a‘zolarida, tomirlarida va 
terisida uchraydi. Ularning nisbatan sekin ritmik qisqarishlari kavak a‘zolar 
bo‘shlig‘idagi suyuqliklarni va qayta ishlanayotgan ovqatni harakatlantiradi. Silliq 
muskullarning kuchli va davomli tonik qisqarishi tufayli (bu qisqarish sfinkterlar 


31 
tarkibidagi silliq muskullarda yaqqol kuzatiladi), o‘t pufagida o‘t, qovuqda siydik, to‘g‘ri 
ichakda najas ma‘lum miqdorda ma‘lum vaqtgacha yig‘ilib, chiqib ketmay turadi. Qon 
tomirlardagi silliq muskullarning uzluksiz tonik qisqarishi qon bosimining bir me‘yorda 
saqlanishi uchun katta ahamiyatga ega. 
Silliq muskullar bir yadroli, qalinligi 2-10 mkm, bo‘yi 50-400 mkm bo`lgan duksimon 
hujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralar bir-biri bilan elektr tokiga qarshiligi kam 
bo`lgan neksuslar orqali bog‘langan. Silliq muskul hujayralarida ham miofibrilla va 
sarkomerlar bor. Ammo ular ko‘ndalang targ‘il muskuldagidek to‘gri takrorlanmagani 
uchun silliq muskulda targ‘illik kuzatilmaydi. Silliq muskullarni simpatik va 
parasimpatik nervlar nervlaydi. Shuning uchun ular faoliyatiga xohish bilan ta‘sir 
o‘tkazib bo`lmaydi. 
Silliq muskullarning targ‘il muskullarda yuqorida ko‘rsatilgan uchta asosiy: 
qo‘zg‘aluvchanlik, o‘tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik xossasi mavjud. Bu xossalar ikki 
turdagi muskullar uchun umumiy bo`lsada, silliq muskullarda o‘ziga xos xususiyatlari 
bor. 
Silliq muskul tolalarining qo‘zg‘aluvchanligi ancha past. Ularning tinchlik potensiali 
–60-70 mV. Bu miqdor ko‘ndalang targ‘il muskul tolasidagi TP miqdoridan kamroq. 
Silliq muskul tolasidagi TP ning kamroq bo`lishi membranasining natriy uchun 
o‘tkazuvchanligi yuqori bo`lishiga bog‘liq. 
Silliq muskullarning harakat potensiali ham skelet muskullarinikidan ozroq, +70-90 
mV dan oshmaydi. Ichki a‘zolardagi silliq muskul tolalarida ikki turdagi harakat 
potensiallari qayd qilingan: cho‘qqili potensiallar va yassi potensiallar. 
Cho‘qqili potensiallar 5-80 ms davom etadi va odatda izli giperpolyarizatsiyaga ega. 
Yassi harakat potensiallari siydik yo`llari, bachadon va ba‘zi tomirlardagi silliq muskul 
tolalariga xos bo`lib, 30-500 ms davom etadi. Bir qatir silliq muskullarda membrananing 
depolyarizatsiyalanishi natriy kanallarining faollashishiga emas, Ca
2+
kanallarining 
aktivlanishiga bog`liqligi aniqlangan. Kalsiy kanallarining faollanishi va noaktiv holatga 
o‘tishi uchun ko‘p vaqt kerak. Tezkor natriy kanallarining inaktivatsiyaga uchratadigan 
moddalar 
kalsiy 
kanallariga 
ta‘sir 
qilmaydi.
Silliq muskul hujayralarning bir qismi hech qanday ta‘sirotsiz, o‘z-o‘zicha harakat 
potensialini vujudga keltirish qobiliyatiga (avtomatiyaga( ega. Ularnni peysmeker yoki 
ritmni yetaklovchi hujayralar deyiladi. Peysmeker hujayralarda harakat potensiali 
rivojlanishiga membrananing o‘z-o‘zidan depolyarizatsiyalanishi sabab bo`ladi. Vaqti-
vaqti bilan vujudga keladigan harakat potensiallari 2-10 sm/s tezlikda boshqa 
hujayralarga tarqalib, silliq muskullarning miogen tonusini ta‘minlaydi. Ba‘zi bir ichki 
a‘zolarda, masalan, ingichka ichakda, peysmeker hujayralar aniq bir joyda to‘plangan. 
O‘n ikki barmoq ichakning umumiy o‘t yo`li ochilgan qismida ingichka ichakning ritmik 
qisqarishlarini boshqaruvchi ritm yetakchisi jaylashgan. Bu yetakchi vujudga 
keltiradigan impulslar chastotasi minutiga 18-19 bo`lib, nerv va gumoral ta‘sirotlarga 
javoban deyarli o‘zgarmaydi. Bir toladan ikkinchi tolaga qo‘zg‘alish neksuslar orqali 
o‘tadi. Qo‘zg‘alishning silliq muskulda ko‘ndalangiga (neksuslardan o‘tib) tarqalish 
tezligi uzunasiga tola bo‘ylab o‘tkazilish tezligiga nisbatan 10 marta kam. 
Qo‘zg‘alishdan so‘ng qisqarish sodir bo`lishi – elektromexanik bog‘lanish – silliq 
muskullarda ham kalsiy ionlari ishtirokida yuzaga chiqadi. Ammo silliq muskul 
hujayralarining sarkoplazmatik retikulimda joylashgan kalsiy nasoslari juda kuchsiz. Shu 
sababdan, qisqarish vaqtida erkin holga o‘tgan kalsiy ionlarini mioplazmadan yo‘qotish 
ancha vaqt davom etadi, muskul sekinlik bilan bo‘shashadi. 


32 
Silliq muskul hujayralarining qisqarishi ham aktin iplarining miozin iplarga nisbatan 
sirg‘anishiga bog‘liq. Ammo bu sirg‘anishning va ATF parchalanishining tezligi targ‘il
muskuldagiga qaraganda 100-1000 barobar kam. Shu tufayli, silliq muskullar 
charchamasdan uzoq va turg‘un qisqarishga moslashgan. Teng ko‘ndalang kesimfa ega 
silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullar hosil qiladigan tortish tarangligi teng miqdorda 
bo`ladi va ular bir xil yukni ko‘tara oladi. Ammo, silliq muskul shu sharoitda targ‘il 
muskulga nisbatan 100-5—marta kam kislorod sarflaydi. 
Yakka ta‘sirga silliq muskul ham yakka qisqarish bilan javob beradi. Ammo, 
qo‘zg‘aluvchanligi past bo`lganidan silliq myskulni qo‘zg‘atib, qisqartirish qobiliyatiga 
ega bo`lgan bo‘sag‘a kuch ko‘ndalang targ‘il muskulga nisbatan ancha katta bo`lishi 
kerak. Yakka qisqarishning latent davri ham silliq muskullarda davomliroq. Quyon 
me‘dasining silliq muskuli impuls berilgandan so‘ng 0,25-1 s o‘tgach, qisqara boshlaydi 
va bu qisqarish 5-6 s davom etadi. Baqa me‘dasining yakka qisqarishi 1 daqiqa va 
byndan ko‘p davom etadi. 
Silliq muskullar sekin qisqarganidan, chastotasi juda kam bo`lgan ritmik impulslar 
ham ularni tetanussimon, uzoq davom etuvchi turg‘un qisqarishni yuzaga keltiradi. 
Bunday qisqarish juda kam energiya sarfiga muhtoj. 
Silliq muskullarni ko‘ndalang targ‘il muskullardan ajratib turuvchi o‘ziga xos 
xususiyatlardan biri ularning plastikligidir. Ya‘ni, silliq muskullar ma‘lum chegarada 
cho‘zilsa ham, tarangligini o‘zgartirmaydi. O‘t pufagi va qovuq faoliyatlari uchun 
plastiklikning ahamiyati katta. O‘t-safro va siydik jigar hamda buyraklarda uzluksiz 
ishlab chiqarilib, aytilgan kavak a‘zolarda yig‘iladi. Suyuqliklar hajmining oshishi silliq 
muskullarnui cho‘zadi, ammo ularning tarangligi o‘zgarmagani tufayli pufaklarda bosim 
ko‘tarilmaydi. Bu kavak a‘zolarning bo;shashini ta‘minlovchi reflekslar ma‘lum 
vaqtgacha so‘nib turadi. Suyuqliklarning, masalan, siydikning miqdori ko‘payib ketsa, 
qovuq devoridagi muskullar tarangligi oshadi, bosim ko‘tariladi, retseptorlar 
qo‘zg‘aladi,m odam siygisi qistaganini sezadi. 
Silliq muskullarning kuchli va tez cho‘zilishi ularning qisqarishiga sabab bo;ladi. 
Silliq muskullarning bu fiziologik xususiyati ingichka va yo‘g‘on ichak, siydik yo`llari 
va boshqa kavak a‘zolarning me‘yoriy faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. 
Ko‘rsatilgan a‘zolarning toiib ketishi muskullarni cho‘zadi, ular faol qisqarib, yig‘ilib 
qolgan suyuqliklarni harakatlantiradi. 
Silliq muskullar ba‘zi bir kimyoviy moddalar, chunonchi: atsetilxolin, adrenalin, 
noradrenalin, gistamin, serotonnin, bradikinin va prostaglandinlarga juda sezgir. 
Atsetilxolin aksariyat a‘zolardagi silliq muskullarni qo‘zg‘atib, qisqartiradi, ammo qoon 
tomirlar silliq muskullarini tormozlaydi. Adrenalin bachadon myskulini umuman 
bo‘shashtiradi, ammo homilali bachadonni qisqartiradi. Demak, gumoral ta‘sirotlarning 
natijasi silliq muskul turlari va ularning fiziologik holatiga bog‘liq. 
Silliq muskullarni nervlovchi simpatik va parasimpatik tolalar ta‘siri odatda qarama-
qarshi bo`ladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling