Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onkotik bosim.
Qonning osmotik bosimi. Hujayralar, shu jumladan qon hujayralari ham yarim
o‘tkazgich membranaga ega. Bu membranadan suv ikki tomonga to‘siqsiz bemalol o‘tada, suvda erigan moddalar esa o‘tmaydi. Qon plazmasida erigan turli moddalarning ko‘p qismini tuzlar tashkil qiladi. Anorganik tuzlarning plazmada erigan miqdori 0,9%. Qonning osmotik bosimi ana shu tuzlarga bog‘liq. Osmotik bosim deganda suvni tuzlar miqdori kamroq bo`lgan eritmadan yarim o‘tkazgich membrana orqali tuzlar miqdori ko‘proq bo`lgan eritmaga o‘tishini ta‘minlovchi kuch nazarda tutiladi. Suvning qon va to‘qima suyuqligidan hujayralarga o‘tishi va ulardan tashqariga chiqishi osmotik bosimga bog‘liq. Osmotik bosimning doimiyligi hujayra faoliyatining mo‘tadil bo`lishini ta‘minlovchi zarur shart hisoblanadi. Odam qonining osmotik bosimi 7,8 atmosferani (simob ustunining 5600 mm yoki 754 kPa) tashkil qiladi va kam o‘zgaradi. Osmotik bosimi qonning osmotik bosimiga teng bo`lgan eritmalar izotonik eritmalar, deyiladi. Bunday eritmalarda qon va boshqa hulayralarning hajmi ularning ichiga suv kirishi yoki ichidagi suvning tashqariga chiqishi tufayli o‘zgarmaydi. Osmotik bosimi qonnikidan yuqori bo`lgan eritmalar gipertonik eritma, deyiladi. Gipertonik eritmada hujayralar ichidagi suv chiqib ketishi natijasida bujmayib qoladi. Gipotonik (osmotik bosimi qonnikidan past bo`lgan) eritmalarda hujayralar shishib ketadi. Bunga suvning eritmadan hujayra ichiga o‘tishi sabab bo`ladi. Organizmda qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining osmotik bosimini bir me‘yorda ta‘minlab turadigan mexanizmlar mavjud. Birinchi galda bu vazifani plazma oqsillari bajaradi. Qonda ionlar konsentratsiyasioshib, osmotik bosim ko‘tariladigan bo`lsa, oqsillar bu ionlarni o‘ziga biriktirib oladi va osmotik bosimni pasaytiradi. Aks holda, qonning osmotik bosimi pasayib ketganda, oqsillarga bog‘liq bo`lgan ionlar erkin holga o‘tadi va osmotik bosim ko‘tariladi. Bundan tashqari, qon tomirlar devorida, to‘qimalarda, gipota‘lamusda osmotik bosim o‘zgarishlarini sezuvchi maxsus retseptorlar bor. Ularning qo‘zg‘alishi reflektor yoi bilan buyraklar va ter bezlari faoliyatini o‘zgartiradi. Qonning osmotik bosimi pasayganda ajraladigan suv miqdori ko‘payadi, osmotik bosim ko‘tarilganda tuzlar ko‘plab ajrala boshlaydi. Onkotik bosim. Qon plazmasida talaygina miqdorda oqsil va boshqa kolloid holdagi moddalar bor. Ular ham osmotik bosim hosil qiladi. Qonning kolloidlarga bog‘liq osmotik bosimi onkotik bosim, deyiladi. Onkotik bosim o‘rtacha simob ustunining 30 millimetriga teng yoki qonning umumiy osmotik bosimini 1/200 qismini tashkil qiladi. Juda kichik bo`lishiga qaramay, onkotik bosim kapillyarlardagi qon va to‘qima suyuqligi o‘rtasidagi suv almashinuvida xal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu almashinuvni ikki kuch ta‘minlaydi. Birinchisi, kapillyarlardagi qonning gidrostatik bosimi. Kapillyarning arteial uchida bu bosim simob ustunining 35 millimetriga teng bo`lib, qon kapillyarning venoz uchiga yetguncha simob ustunining 25 millimetrigacha pasayadi. Qonning gidrostatik bosimi kapillyardan tashqariga qaratilgan. Ikkinchi kuch – qonning onkotik bosimi. U suvning tomirda saqlanib turishini ta‘minlaydi. 30 mm simob ustuniga teng bo`lgan onkotik bosim deyerli o‘zgarmaydi. Suvning qondan tashqariga chiqishi va qaytib kapillyarga o‘tishi shu ikki nisbatga bog‘liq: kapillyarning arteial qismida gidrostatik bosim onkotik bosimdan yuqori – suv to‘qimaga o‘tadi; venoz qismida onkotik bosim gidrostatik bosimdan baland – suv qonga qaytadi. Shu tarzda qon va to‘qima suyuqligi o‘rtasida uzluksiz ravishda suv almashinuvi sodir bo`lib turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling