Muqaddima


QONNING ASOSIY VAZIFALARI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QONNING ASOSIY VAZIFALARI 
Qon suyuq to‘qima bo`lib, plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan. U tomirlar 
doirasida uzluksiz harakat qilganidan organizmda asosan tashuvchi vazifasini bajaradi. 
Tashiladigan moddalarning tabiati va ahamiyatiga qarab, qonning quyidagi vazifalari 
tafovut qilinadi: 1) nafas oldirish; 2) ovqatlantirish; 3) ekskretor; 4) boshqaruv; 5) kreator 
boshqarishlarni ta‘minlash; 6) gomeostatik; 7) haroratni boshqarish; 8) himoya. 
Nafas oldirish faoliyati. Bu faoliyat o‘pkadan to‘qimalarga kislorod yetkazib berish va 
ularda hosil bo`lgan karbonat angidridni o‘pkaga olib borishdan iborat. Kislorod 
tashilishini eritrotsitlardagi gemoglobin bajaradi. Karbonat angidridning tashilishida ham 
eritrotsitlar katta ahamiyatga ega. 
Ovqatlantirish faoliyati. Qonning ovqatlantirish faoliyati oziq moddalarni hazm tizimi 
a‘zolaridan to‘qimalarga yetkazib berishdan iborat. Iste‘mol qilingan ovqat tarkibidagi 
murakkab polimer moddalar me‘da va ingichka ichakda fermentlar ta‘sirida parchalanib, 
so‘rilishi mumkin bo`lgan sodda monomer moddalarga aylanadi. Glyukoza, fruktoza, 
galaktoza, aminokislotalar, tuzlar va suvda eruvchi boshqa moddalar qonga so‘riladi. 
Yog‘lar esa asosan limfaga so‘rilib, uning tarkibida qonga quyiladi. Uglevodlar asosan 
energiya manbai bo`lib xizmat qiladi. Ularning oz qismi jigar va muskullarda glikogenga 
aylanib, uncha katta bo`lmagan zahira hosil qiladi. Hujayralar aminokislotalarning ko‘p 
qismini oqsil sinteziga sarflaydi. Yog‘ kislotalaridan glitserin ishtirokida neytral yog‘lar 
sintezlanib, yog‘ to‘qimasida zahira holida to‘planadi. Kerak bo`lganda glikogendan 
glyukoza, yog‘ to‘qimasidan neytral yog‘ qonga o‘tadi va energiya manbai sifatida 
sarflanadi. 
Ekskretor faoliyat. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan qoldiq moddalarni, 
tasodifan yoki ma‘lum maqsad bilan organizmga kiritilgan moddalarni chiqarib 
tashlashda ishtirok etish qonninh ekskretor faoliyatini tashkil qiladi. Ortiqcha ichilgan 
suv, iste‘mol qilingan tuz va oziq moddalarni chiqarib tashlashni ta‘minlash ham 
ekskretor faoliyatning bir qismi. Qon chiqarib tashlanishi zarur bo`lgan moddalarni 
ajratuv a‘zolariga yetkazib beradi. 
Boshqaruv faoliyati. Ma‘lumki, organizmdagi hamma a‘zo va to‘qimalar qonga 
fiziologik faol moddalar ajratadi. Qon bu moddalarno organizm bo‘ylab tashir ekan, 
gumoral boshqarilishni amalga oshiradi, a‘zolarni o‘zaro bog‘laydi, organizmni bir butun 
qilib, muhit o‘zgarishlariga moslashtiradi. 
Kreator faoliyat. Qonning bu faoliyatini boshqaruv faoliyatining bir qismi deyish 
mumkin. Bu faoliyat qon plazmasi va shaklli elementlarning axborotga ega 
makromolekulalarni tashishda ishtirok etishidan iborat. Bu makromolekulalar tegishli 
joyga yetkazilgandan keyin oqsil sintezi, hujayralarning bo`linishi va boshqa 
jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatadi. 
Gomeostatik faoliyat. Qon suyuqliklar pH i, osmotik bosimi, elektrolit tarkibbi, 
organik moddalar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlarning barqarorligini saqlab turadi va 
hokazo. Bu masalalar keyin batafsil ko‘riladi. 
Haroratni boshqarishdagi ishtiroki. Hujayra, to‘qimalar faoliyati natijasida uzluksiz 
ravishda issiqlik hosil bo`lib turadi. Bu issiqlikning ko‘p qismi ichki yirik a‘zolarga 


117 
(jigar, chuqur joylashgan muskullar, yurak) to‘g‘ri keladi. U bevosita tashqi muhitga 
ajralmaydi. Bu a‘zolarning tomirlaridan o‘tayotgan qon ma‘lum darajada isiydi va 
issiqlikni organizm bo‘ylab tarqatadi. Qon harorati sezilarli darajada oshsa, 
gipotalamusdagi termoretseptorlar qo‘zg‘alb, 
haroratni boshqarib turadigan 
mexanizmlar faolligi oshadi. Natijada teri qon tomirlari kengayadi, ter ajralishi 
kuchayadi, issiqlikni yo'‘otish tezlashadi. 
Himoya faoliyati. Bu faoliyatning yuzaga chiqishida qonning turli tarkibiy qismlari 
istirok etadi. Himoya faoliyati eng avvalo yuqumli kasalliklarni paydo qiladigan 
mikroblarning yemirilishini ta‘minlashda (hujayra immuniteti) va ana shu mikroblarga 
hamda ularning zaharlariga qarshi antitelolar ishlab chiqarishdan (gumoral immunitet) 
iborat. Qonning ivishi ham himoya reaksiya hisoblanadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling