Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
Mioglobin. Ko‘ndalang-targ‘il va ba‘zi silliq muskullarda muskul gemoglobini –
mioglobin uchraydi. U ham gem va oqsil qismdan iborat, ko‘p xossalri bo‘yicha gemoglobinga yaqin. Mioglobinning kislorod biriktirish qobiliyati juda yuqori bo`lgani uchun u muskullarda kislorod zahirasi hosil qiladi. Bunday zahiraning mavjudligi uzoq vaqt ritmik ravishda qisqarib, faollik ko‘rsatadigan muskullar (yurak muskuli, jag‘ muskullari) uchun muhim. Bunday muskullar qisqarganda kapillyarlar siqilib, ulardan qon oqishi to‘xtaydi. Bu vaqtda zahiradagi kislorod sarflanadi. Muskul bo‘shashganda, qon oqishi tiklanadi, mioglobin yana kislorodni biriktiradi. Yurak muskulidagi mioglobin miqdori taxminan 0,5%. Kislorod bilan ta‘minlanish kamayib ketsa, yurak muskuli 123 to‘qimasining har bir grammi mioglobin bilan birikkan kisloroddan 2 cm 3 O 2 ajratadi. Bu miqdor yurakning sistola vaqtidagi kuslorodga bo`lgan ehtiyojini qondira oladi. Gemoliz. Gemoglobinnig eritrotsitlar ichida bo`lishi katta ahamiyatga ega. Agar u plazmada erigan holda bo`lganda, qonning yopishqoqligi keskin oshib, qon aylanishi qiyinlashar, qonning onkotik bosimi ko‘tarilib, to‘qimalar suvsizlanar edi, binobarin kislorodning gemoglobin bilan birikishi buzilardi. Ba‘zi shroitlarda va ma‘lum moddalar ta‘sirida eritrotsitlarning qobig‘i yorilib, ichidagi gemoglobin qon plazmasiga chiqadi. Bu hodisaga gemoliz deyiladi. Gemolizning bir nechta turi mavjud. Gipotonik eritmada eritrotsitlar ichiga suv kirishi natijasida ular shishadi. Agar eritmadagi tuzlar miqdori ancha oz bo`lib, gipotoniklik darajasi yuqori bo`lsa, eritrotsitlar yorilib ketadi. Bu osmotik gemoliz. Eritrotsitlarning osmotik gemolizga chidamliligi bir xil emas. Chidamliligi eng kam bo`lgan eritrotsitlar NaCI ning 0,4% eritmasida yorila boshlaydi, 0,34% li eritmada eritrotsitlarning deyerli hammasi gemolizga uchraydi. Ba‘zi kimyoviy moddalar, xususan yog‘ erituvchilar (efir, xloroform, benzol, spirt) eritrotsit qobig‘ini eritib, kimyoviy gemolizga sabab bo`ladi. Idishdagi qonning qattiq chayqalishi, muzlab, erishi mexanik gemolizni sodir qiladi. Ba‘zi ilonlar va hashoratlar zahari, guruhi va rezusi to‘g‘ri kelmaydigan qonni quyish biologik gemoliz paydo qiladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling