Muqaddima
QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI
Odam qonida uch turdagi hujayralar uchraydi: eritrotsitlar (qizil qon tanachalari), leykotsitlar (oq qon tanachalari) va trombotsitlat (qon plastinkalari). Qonning bu shaklli elementlari soni, tuzilishi, yetilishi, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi. Eritrotsitlar qondagi son jihatidan eng ko‘p bo`lgan shaklli element. Eritrotsitlarning eng asosiy xususiyati yadrosizligidir. Erkaklar qonining 1 mkl da o‘rta hisobda 5,1 mln, ayollarnikida esa – 4,6 mln eritrotsit bo`ladi. Eritrotsitlarning soni fiziologik va patologik holatlarda o‘zgarib turadi. Ular sonining oshishi eritremiya, kamayishi – eritropeniya yoki anemiya, deyiladi. Eritremiya baland tog‘ga ko‘tarilganda, odam organizmini kislorod bilan ta‘minlashni qiyinlashtiradigan kasallik rivojlanganda (o‘pka, yurakning surunkali kasalliklarida), kislorod yetishmovchiligi tufayli yuzaga chiqadi. Eritropeniyaga eritrotsitlar yaralishining sekinlashishi, tez yemirilib ketishi yoki qon yo‘qotilishi sabab bo`ladi. Katta odamning qonida jami 25x10 12 -30x10 12 eritrotsit bo`ladi. Qondagi eritrotsitlar yig‘indisi eritron deyiladi. Eritrotsitning tuzilishida tayanch – stroma va yuza qavati – qobig‘i tafovut qilinadi. Qobiqning tuzilishida boshqa hujayra membranalarining tuzilishidan farq yo‘q. Uning kationlar uchun o‘tkazuvchanligi juda past, ammo anionlarni bemalol o‘tkazadi. Eritrotsitlar massasining 34% quruq modda, quruq moddaning 90% gemoglobin. Odam eritrotsitlari o‘ziga xos shaklga ega: o‘rtasi yupqa kulchaga o‘xshaydi (31- rasm). Diametri 7,2-7,5 mkm, qalinligi 2,2 mkm. Eritrotsitning o‘rtacha hajmi 90 mkm 3 . Katta odam qonidagi barcha eritrotsitlarning umumiy yuzasi 3000 m 2 , ya‘ni butun gavda yuzasidan 1500 marta ortiq. Bunday katta yuzaning hosil bo`lishi bir tarafdan eritrotsitlar soniga bog‘liq bo`lsa, ikkinchidan shakliga bog‘liq. Agar eritrotsit shakli shar shaklida bo`lganda, yuzasi 20% kam bo`lar edi. Bunday sharning radiusi 2,5 mkm ni tashkil qilardi yoki yuzasidan eng uzoq nuqtasigacha bo`lgan masofa 2,5 mkm ga teng bo`lar edi. Kulchasimon eritrotsitlar qobig‘idan eng uzoq nuqtasigacha bo`lgan masofa 1 mkm dank kam. Demak, eritrotsitlar ichida eng chuqur joylashgan gemoglobinning molekulasigacha kislorod tez yetib boradi. Eritrotsitlarning o‘ziga xos shakli va yadrosizligi kislorodni o‘pka kapillyarlaridan o‘tayotganda tezroq biriktirib olish va to‘qimalarga toia yetkazishga qaratilgan. Yadroli hujayralarda modda almashinuvi va unga aloqador kislorod sarfi bir necha o‘n marta yuqori bo`ladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling