Muqaddima


ERITROTSITLARNING CHO’KISH TEZLIGI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ERITROTSITLARNING CHO’KISH TEZLIGI 
 
Ivishning oldi olingan qonni probirkaga solib qo‘yilsa, solishtirma og‘irligi kattaroq 
bo`lgan eritrotsitlar cho‘kadi. Cho‘kish tezligini aniqlash uchun millimetrlarga bo`lingan 
ingichka shihsa naychadan foydalaniladi. Sog‘lom erkaklarda eritrotsitlarning cho‘kish 
tezligi soatiga 1-10 mm, ayollarda 2-15 mm. 
Bu tezlikning oshib ketishi kasallik alomati hisoblanadi. EchT plazmaning 
xossalariga, birinchi galda, undagi yirik molekulali oqsillar – globulinlar va fibrinogen 
miqdoriga bog‘liq. Yallig;lanish jarayoni rivojlanishi odatda globulinlar va fibrinogen 
miqdorining oshishiga olib keladi. Ayni vaqtda EchT ham oshadi. Bu ko‘rsatkich 
fiziologik xolatlarda, xususan homiladorlik davrida tezlashadi va 40-50 mm/soatni 
tashkil qiladi. Bunga plazmada fibrinogen miqdorining 2 baravar oshib ketishi sabab 
bo`ladi. 
Chamasi, plazmada yirik molekulali oqsillarning ko‘payib ketishi elektr zaryadlar 
miqdorini kamaytiradi, eritrotsitlarning bir-biridan qochishi sustlashtiradi. Natijada ular 
bir-biriga yopishib, yirik tanga ustunlar hosil qiladi va tez cho‘kadi. 
LEYKOTSITLAR 
 
Leykotsitlar qonning maxsus pigmentga ega bo`lmagan yadroli hujayralaridir. 
Rangsiz bo`lganidan, oq qon tanachalari, deb ham atashadi. Sog‘lom odamning 1 mm
3
qonida 4000-9000 leykotsit uchraydi. Ularning soni doimo bir xilda turmaydi. Fiziologik 
sharoitlarda organizmning faollik holatiga, tun va kunga, hamda boshqa omillarga 
bog‘liq holda leykotsitlar soni o‘zgarib turadi. Leykotsitlar soni 10000 dan oshib 
ketganda leykotsitoz to‘g‘risida, 4000 dan kamayib ketganda, leykopeniya to‘grisida gap 
yuritish mumkin. 


124 
Fiziologik va reaktiv leykotsitozlar tafovut qilinadi. Ovqatlanish, jismoniy mehnat 
qilish, qattiq hayajonlanish, biror joyning juda og‘rishi periferik qonda leykotsitlar 
sonining ko‘payishiga olib keladi. Bu lekotsitoz organizmdagi oq qon tanachalarining 
qayta taqsimlanishi natijasi hisoblanadi. Taloq, ko‘mik, o‘pkada bo`lib, qon aylanishida 
ishtirok etmagan leykotsitlar aytib o‘tilgan omillar ta‘sirida qonga o‘tadi va soni ortadi. 
Reaktiv leykotsitoz esa qon yaratish a‘zolaridan ko‘p miqdorda uncha yetilmagan 
leykotsitlarning ajralishiga bog‘liq. Leykotsitozning bu turi ko‘pincha o‘tkir 
yallaig‘lanishning belgisi bo`ladi. 
Leykopeniya ba‘zi kuchli toksinlar ishlab chiqaradigan mikroblar paydo qilgan 
kasalliklarning alomati hisoblanadi. Radioaktiv nurlanish, zaharli moddalarning 
surunkali ta‘siri ham leykopeniyaga olib keladi. 
Leykotsitlarning barcha turlari amyobasimon harakat qilish qobiliyatiga ega. Ba‘zi 
kimyoviy ta‘sirlovchilar leykotsitlarni o‘ziga tortadi. Ular kapillyarlar devoridan o‘tib, 
shu ta‘sirlovchilar (mikroblar, organizmning yemirilayotgan hujayralari, yot tanachalar 
va boshqalar) tomon harakat qiladi. Bu hodisaga musbat xemotaksis, deyiladi. 
Shikastlovchi omillarga yetib borgach, leykotsitlar ularni o‘z sitiplazmasi bilan qamrab 
olib, fermentlar yordamida parchalaydi - faot ro‘y beradi. Yakka leykotsit 15-20 ta 
mikrob hujayrasini qamrab olishi mumkin. Fagotsitozdan tashqari, leykotsitlar organizm 
himoyasi uchun muhim bo`lgan bir qator moddalarni ajratadi. Bu moddalar 
bakteriyalarga, toksinlarga qarshi xossalarga ega bo`lgan antntelolar, hamda 
jarohatlarning bitishini tezlashtiruvchi omillar bo`lishi mumkin. 
Leykotsitlar qobig‘i yuzasiga ba‘zi moddalarni biriktirib olib, ularni kerakli joyga 
yetkazadi. 
Protoplazmasida turli bo‘yoqlarga bo‘yaladigan zarrachalar bor-yo‘qligiga qarab, 
leykotsitlar ikkita guruhga bo`linadi: granulotsitlar (donali leykotsitlar) va agranulotsitlar 
(donasiz leykotsitlar). 
Donali leykotsitlar barcha leykotsitlar umumiy sonining 60% ini tashkil etadi. 
Donalari kislotali (eozin), asosiy va neytral bo‘yoqlar bilan bo‘yalishiga qarab, ularni 
eozinofillarga, bazofillarga va neytrofillarga bbo`linadi. Limfotsitlar va monotsitlar 
donasiz leykotsitlardir. Leykotsitlarning turlari o‘rtasida ma‘lum nisbat saqlanadi. 
Leykotsitlarning turlari o‘rtasidagi foiz birligida ifodalangan nisbatga leykotsitar formula 
yoki leykogramma, deyiladi (6-jadval). 
6-jadval 
Katta yoshli odamning leykotsitar formulasi 
Granulotsitlar 
Agranulotsitlar 
1. Neytrofillar – 50-70% 
1. Limfotsitlar – 20-40% 
2. Eozinofillar – 1-5% 
2. Monotsitlar – 2-10% 
3. Bazofillar – 0-1% 
Eozinofillar (1-5%0 oqsil tabiatli toksinlarni va yot oqsillarni parchalaydi, hamda 
zararsizlantiradi. Allergiya holatida, masalan, ichakda gijja ko‘payib ketganda, 
organizmda autoimmun jarayonlar rivojlanganda, eozinnofillar soni ko‘payadi. Qonda 
kortikosteroid gormonlarning miqdori oshganda, eozinofillar soni kamayadi. 
Bazofillar (0-1%) protoplazmasida uchraydigan katta-katta donalarda geparin va 
gistamin bor. O‘tkir yallig‘lanishning regenerativ (yakunlovchi) bosqichida qondagi 


125 
bazofillar soni oshadi. Geparin qonning mayda tomirlarda ivishiga yoi qo‘ymaydi, 
gistamin esa bu qon tomirlarni kengaytiradi. Bu esa yallig‘lanish o‘choqlarida so‘rilish 
va bitish jarayonlariga yordam beradi. 
Yog‘li ovqat iste‘mol qilingandan keyin bazofillar soni ortadi. Ularga bog‘liq bo`lgan 
geparin lipolizni tezlashtiradi, ko‘p miqdorda so‘rilgan yog‘ parchalanadi va plazmada 
erkin yog‘ kislotalari konsentratsiyasi ortadi. Bazofillarning umri taxminan 12 soat. 
Neytrofillar (70%) qonda 6-8 soat aylanib, amyoba singari harakat qilib, shilliq 
pardalarga o‘tadi. Organizmda mikroblar kirgan joyga neytrofillar to‘planadi. Ular 
mikroblar bilan to‘qnashib, mikroblarni o‘rab oladi. Bir neytrofil 15-20 ta bakteriyani 
qamrab, lizosomasidagi fermentlar (proteaza, peptidaza, dezoksiribonukleaza, lipaza) 
yordamida hazm qiladi va yo‘qotadi. Agar neytrofil bu ishni bajara olmasa, o‘zi halok 
bo`ladi. Yiring asosan neytrofillar va ularning qoldiqlaridan iborat. Neytrofillar – 
nospetsifik immunitetning eng muhim qismi. Ular mikrob va yot oqsillarga qarshi 
antitelolar ishlab chiqarish yoki o‘z membranasiga biriktirib olish qobiliyatiga ega. 
Neytrofillar yordamida odamning jinsini aniqlash mumkin. Odamda ayol genotipi 
bo`lsa, 500 neytrofilning kamida 7 tasida ―nog‘ora tayoqchalar‖ uchraydi. 
Tayoqchalarning uchi diametri 1,5-2 mkm li dumdloq shish bo`lib, ingichka xromatin 
ko‘prikcha yordamida yadroning bir segmentiga bog‘langan. Jinsning bu belgisi jinsiy 
a‘zolar anomaliyasida to‘gri davolash usulini tanlashda yordam beradi. 
Limfotsitlar (20-40%) ko‘pgina a‘zolarda, chunonchi, limfa tugunlarida, taloqda, 
ayrisimon bezda, bodomcha bezlarida, ko‘richakda, ichakning shilliq pardasida, 
ko‘mikda rivojlanadi. Bu hujayralarning yadrosi yirik, atrifidagi protoplazma yupqa 
bo`ladi. Odam qonida bir necha xil limfotsitlar uchraydi. Ular ko‘mikdagi limfoid 
hujayralardan rivojlanib, qon orqali o‘zlari differensiatsiya bo`ladigan (yetiladigan) 
to‘gimalarga yetkaziladi. Limfotsitlarning bir qismi ayrisimon bezda (timusda) joylashib, 
ko‘paya boshlaydi. Timusda yetilgan limfotsitlar T-limfotsitlar deb ataladi. Ular qondagi 
limfotsitlarning ko‘p qismini (60%) tashkil qiladi (32-rasm). 
T-lifotsitlar o‘z navbatida T-killerlar va T-xelperlarga bo`linadi. 
Limfotsitlarning ozroq qismi boshqa a‘zolarda rivojlanadi. Qushlarda bu a‘zolarga 
fabritsiy xaltasi (bursa), sut emizuvchilarda ingichka ichakda va ko‘r ichakda joylashgan 
limfa tugunlari, bodomcha bezlar kiradi. Bu a‘zolarda rivojlanub, yetilgan limfotsitlar 
B-limfotsitlarni tashkil qiladi. 
Limfoid hujayralarning bir qismi differensiatsiyaga uchramaydi. Ular limfotsitlarning 
10-20% iga teng 0 guruhni tashkil qiladi. Zarurat tug‘ilganda bu tanachalar T-va B-
limfotsitlarga aylanadi. Umuman limfotsitlar makrofag, fibroblast, monotsit va 
to‘qimalar tiklanishida ishtirok etuvchi boshqa hujayralarga aylanishi mumkin. B-
limfotsitlar organizmga tushgan antigenlarga (yot oqsil, toksinlarga) qarshi antitelolar 
hosil qiladi. Antitelolar antigen bilan birikib, ularning fagotsitoz yo`li bilan yo‘qotilishini 
tezlashtiradi. 
Odam organizmida antitelolardan tashqari, yana bir qator gumoral immunitet omillari 
bor. Ko‘pgina to‘qima va suyuqliklarda lizotsim uchraydi. U hujayra membranasini 
yemirib, halokatga olib boradi. Sog‘lom odamning qon plazmasida oqsilsimon omil – 
properdin uchraydi. U bakteritsid va viruslarga qarshi xususiyatlarga ega. 
Hujayralarda interferon degan suvda eruvchi oqsil ishlanadi. Interferon organizmda 
viruslarning ko‘payishiga yoi qo‘ymaydi. 
Antitelolar gumoral immunitatning spetsifik omillari bo;lsa, lizotsim, properdin, 
interferonlar bu tizimning nospetsifik omillari hisoblanadi. 


126 
Organizmda hujayra immun tizimi ham mavjud. Bu tizim faoliyatida 
immunokompetent T-limfotsitlar asosiy rol o‘ynaydi. 
Organizmda antigen paydo bo`lishi bilan limfotsitlar u tomonga oshiqadi. 
Membranasida antigenlarni tanuvchi maxsus retseptorlar bor. Bu retseptorlarning xili 
shunchalik ko‘pki, tabiatda uchraydigan antigenlarning hammasiga mos kela oladi. Ular 
ta‘sirida limfotsitlar faol holatga o‘tib, zudlik bilan bo`lina boshlaydi va qisqa vaqt ichida 
juda ko‘payib ketadi. Paydo bo`lgan yangi limfotsitlar bajaradigan vazifasiga ko‘ra bir-
biridan farq qiladi. Ularnning bir turi (limfotsit-effektorlar) antigenga hujum qilib, uni 
yemiradi. Antigenning limfotsit-effektor bilan birikishiga T-xelperlar (yordamchilar) 
yordam beradi. Ikkinchi turdagi limfotsitlar – plazmatik hujayralar antitelolar ishlab 
chiqaradi. Bu antitelolar antigenni zararsizlantiradi yoki parchalaydi. Uchinchi turdai 
limfotsitlar – xotira hujayralari jangda ishtirok etmaydi. Ularning vazifasi shu antigenni 
eslab qolish va ikkinchi marta organizmda paydo bo`lsa, ishonchli mudofaani 
ta‘minlashdan iborat. 
Xotira hujayralar ona-limfotsitdan yetukroq bo`ladi. Muayyan antigen ikkinchi marta 
paydo bbo`lsa, xotira hujayralari tez bo`lina boshlaydi. Ulardan ham plazmatik 
hujayralar va limfotsit-effektorlar vujudga keladi. Ammo bu jarayon birinchi galdagidan 
tezroq sodir bo`lgani uchun antigen hujumi qisqa vaqtda bostiriladi. 
Shuni alohida qayd qilish kerakki, limfotsitlar organizmning o‘z hujayralaridan 
mutatsiya sababli paydo bo`lgan yot hujayralarni ham topib, yemiradi. Har lahzada odam 
organizmida bunday hujayralardan bir necha million bo`ladi. Mutatsiyaga uchrab, 
organizm uchun yot bo`lib qolgan hujayralar yo‘qotilmasa, tez ko‘payib, shish paydo 
bo`lishiga olib keladi. Demak, limfotsitlar organizmning hujayra barqarorligini saqlanib 
turishini ham ta‘minlaydi. 
Limfotsitlar jarohatlangan to‘qimalarning tiklanishida bevosita qatnashadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling