Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QONNI IVITUVCHI OMILLAR 
 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, qonning ivishi ko‘p bosqichli, murakkab jarayon. Unda 
talay omillar ishtirok etadi. Tabiiy sharoitda odamning qonida bu omillar nofaol halatda 
bo`ladi. Ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz. Xalqaro Qo‘mita qaroriga binoan qon ivish 
omillari yunon raqamlari bilan belgilanadi. 
I omil – fibrinogen. Qon plazmasining eng katta molekulali oqsili. Qon ivish 
jarayonida fibrinogen zol holatidan suvda erimaydigan gel holatiga o‘tadi. Qon 
ivishining mohiyati ham shunda. 
II omil – protrombin. Jigarda sintezlanadigan glikoprotein. Tromboplastin ta‘sirida 
faol ferment trombinga aylanadi. Trombin esa fibrinogenning fibringa aylanishi uchun 
zarur. 
III omil – tromboplastin. Hamma hujayralar membranasida uchraydigan fosfolipid. 
IV omil – kalsiy ionlari. Qon ivishida ishtirok etadigan hamma fermentlarni nofaol 
holatdan faol holatga o‘tishi uchun zarur. 
V va VI omil – proakselerin va akselerin. Tromboplastin va trombin hosil bo`lishini 
tezlashtiradi. 
VII omil – prokonvertin. Tromboplastin hosil bo`lishida ishtirok etadi. 
VIII omil – antigemofil A globulin. Qon ivishining boshlanishida qon tromboplastini 
hosil bo`lishi uchun zarur. Kalsiy ta‘sirida faollashadi. Ushbu omilning yetishmovchiligi 
og‘ir irsiy gemofiliyaga sabab bo`ladi. 
IX omil – antigemofil B globulin (Kristmas omili). Bu omil ham tromboplastin hosil 
bo`lishi uchun kerak. Uning yetishmovchiligi irsiy gemofiliyaga olib keladi. 
X omil – Styuatr-Prauer omili. Tromboplastin hosil bo`lishini tezlashtiradi. 
XI omil – trombboplastinning plazmadagi o‘tmishdoshi. Yetishmovchiligi 
gemofiliyaga olib keladi. 
XII omil – Xageman omili. Glikoprotein, shikastlangan to‘qimalar yuzasida 
faollashadi. Bunga XI omil yordamlashadi. 
XIII omil – fibrinni me‘yorida tutib turuvchi omil. Suvda erimaydigan fibrin hosil 
bo`lishida ishtirok etadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling