Muqaddima


QON IVISHINING BOSHQARILISHI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QON IVISHINING BOSHQARILISHI 
 
Asrimizning boshida hozir stress nomini olgan (qo‘rqish, g‘azablanish, azoblanish va 
boshq.) holatlarda qon ivishining tezlashishi aniqlangan edi. Ma‘lumki, bunday 
holatlarda simpatik nerv tizimi qo‘zg‘alib, buyrak usti bezlaridan adrenalin ajralishi 
kuchayib, giperadrenalinemiya rivojlanadi. Qoning ivish vaqti tromboplastin hosil 
bo`lish bosqichi hisobiga 5-10 daqiqadan 3-4 daqiqagacha qisqaradi.
Simpatik nerv tizimi qo‘zg‘alganidagi qon ivishining tezlashishi (giperkoagulemiya) 
adrenalin va noradrenalin ta‘siriga bog‘liq. Uning asosiy sababi shuki, adrenalin qon 
tomirlar devoridan tromboplastin ajralishini tezlashtirish qobiliyatiga ega. Bundan 
tashqari, adrenalin tomirlardagi qonning Xageman omilini faollaydi. Bu omil esa qon 
tromboplastini paydo bo`lishining sababchisi hisoblanadi. 
Adrenalin to‘qima lipazalarini faollab, fosfolipidlarning eritrotsitlardan ajralishini 
yengillashtiradi vaqonda tromboplastin faolligini oshiradi. 
Simpatik nerv tizimi qo‘zg‘alganda rivojlangan giperkoagulemiya qozg‘alish 
tugagandan so‘ng ikkilarnchi gipokoagulemiyaga o‘rin beradi, chunki birlamchi qon 
ivishi kuchayganda ivituvchi omillar sezilarli miqdorda sarflangan edi. 
Shunisi qiziqki, parasimpatik nerv tizimining qo‘zg‘alishi ham giperkoagulemiyaga 
olib keladi. Bu gemokoagulyatsiya mexanizmlarining evolyutsiyasida faqat yagona 
himoya moslashuv reaksiya sifatida (qon oqishini tez to‘xtashini ta‘minlovchi 
giperkoagulemiya sifatida) shakllanganidan dalolat beradi. 
Katta yarim sharlar po‘stlog‘i qon ivish jarayoniga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Bu ta‘sir 
endokrin bezlar, xususan buyrak usti bezlarining mag‘iz qismi faoliyatini o‘zgartirish, 
qon tomirlarni kengaytirish yoki toraytirish yo`li bilan yuzaga chiqadi. Yarim sharlarning 
qon ivishini boshqarishda ishtirok etishidan giperkoagulemiya yuzaga keltiradigan 
shartli reflekslar hosil qilish mumkinligi ham dalolat beradi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling