Muqaddima


Qonning shaklli elementlari va to’qomalardagi qon ivituvchi omillar


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

Qonning shaklli elementlari va to’qomalardagi qon ivituvchi omillar. Qon 
ivishining aytib o‘tilgan 13 ta plazma omillaridan tashqari, yana 12 ta trombotsitar omil 
mavjud. Ular arab raqamlari bilan belgilanadi. 
Muhim trombotsitar omillardan biri 3-omil - trombotsitar tromboplastindir. Oldin 
aytilganidek, bu omil fosfolipid bo`lib, qon plastinkalarining membrana va zarrachalari 
tarkibiga kiradi. Qon ivishining birinchi bosqichida trombotsitlar yemirilishi natijasida 
erkin holatga o‘tadi va qon hamda to‘qima trombop;astinlari bilan bir qatorda 
protrombinni trombinga aylantirishda ishtirok etadi. 
5-omil – ivituvchi omil yoki fibrinogen. Trombotsitlarning adgeziyasini 
(yopishqoqligini) va agregatsiyasini (g‘uj bo`lishini) ta‘minlaydi. 
6-omil – trombostenin. Laxta zichlanishini va qisqarishi (kichiklashishini) 
ta‘minlaydi. Tuzilishiga ko‘ra muskullardagi aktin va miozin iplariga o‘xshab, ikki – A 


129 
va M qismlardan tshkil topgan. Aktomiozinday ATF-aza faolligiga ega va bu modda 
parchalanganda ajraladigan energiya hisobiga qisqaradi. 
10-omil – tomirni toraytiruvchi omil yoki serotonin. Uni trombotsitlar plazmadan 
o‘ziga biriktirib oladi. Bu modda ta‘sirida tomirlar torayadi, qon oqishining to‘xtashi 
tezlashadi. 
11-omil – agregatsiya omili yoki ADF. Trombotsitlarni tomirning jarohatlangan 
qismida to‘planishi, g‘ujlanishi uchun zarur. Keyingi vaqtda bu vazifani bajaruvchi juda 
faol tromboksan moddasi topilgan. Tomirlar endoteliyida trombotsitlar agregatsiyasini 
ingibirlaydigan juda faol prostatsiklin bor. Tromboksan va prostatsiklin faolligi 
o‘rtasidagi munosabat agregatsiya jarayonini boshqarib turadi. 
To‘qima va a‘zolarning hammasida tromboplastin, qon ivishining boshqa omillari (V, 
VII, X va XIII omillar), trombotsitlarning yopishqoqligi va g‘ujlanishini 
faollashtiradigan, qon ivishining oldini oladigan omillar mavjud. Tomirlar va to‘qimalar 
shikastlanganda bu qonga o‘tib, uning ivishida ishtirok etadi. To‘qima suyuqligining 
qonga o‘tishi tomir ichida qon ivib qolishiga olib kelishi mumkin. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling