Muqaddima


QON IVISHIGA QARSHI TIZIM


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QON IVISHIGA QARSHI TIZIM 
 
Qom ivishini ta‘minlovchi omillarning hammasi tomirlardagi qonda mavjud
bo`llishiga qaramay, u ivib qolmaydi. Bu qonda ivish tizimi bilan bir qatorda, uning 
ivishini oldini oluvchi tizim borligiga bog‘liq. Ivishga qarshi tizim ham o‘z ichiga 
anchagina omillarni qamrab olgan. Ularga birinchi galda antitromboplastinlar kiradi. 
Antitromboplastinlar XII omil va protrombinni trombinga aylanishini ingibirlovchi 
modda. Qonda bir nechta antitrombinlar bor. Ularning ichida eng kuchlisi antitrombin 
III. Uning yetishmovchiligi tromboemboliyalarga (qonni tomirlarda ivib qolishiga) sabab 
bo`ladi. 
Qon ivishining oldini oluvchi kuchli moddalardan (antikoagulyantlardan) geparinni 
ko‘rsatish mumkin. U biriktiruvchi to‘qimadagi semiz hujayralarda va bazofillarda 
sintezlanadi. Geparin ivituvchi omillar faolligini susaytirib, qon ivishining hamma 
bosqichlarini sekinlashtiradi.
Antitromboplastinlar, antitrombinlar va geparin birlamchi anntikoagulyantlarni tashkil 
qiladi. Bular qonda doim uchraydi. Bulardan tashqari, qon ivish jarayonida paydo 
bo`ladigan ikkilarnchi antikoagulyantlar ham bor. Masalan, qon iviganda paydo 
bo`ladigan fibrin trombinning 90% ini o‘ziga biriktirib, nofaol holatga o‘tkazadi. Shu 
sababdan, fibrinni antitrombin I deyishadi. 
Fibrin hosil bo`lish jarayonida fibrinogendan ajralib chiqqan peptidlar ham 
antikoagulyantlik xossasiga ega. Fibrin parchalanganida (fibrinoliz jarayonida) juda 
kuchli antikoagulyantlar paydo bo`ladi. Ular trombin faolligini tormozlaydi
trombotsitlarninf g‘ujlanishiga yoi qo‘ymaydi. 
Qon ivishining hamma bosqichlarida jarayon tezligini chegaralovchi omillar o‘z-
o‘zidan paydo bo`ladi. 
Qonning suyuqligicha qolishinin boshqa sabablari ham bor. Tomirlar endoteliyining 
silliqligi xageman omilining faollanishiga va trombotsitlarning yopishib qolishiga xalaqit 
beradi. Qon tomirlarning ichki yuzasi va shaklli elementlar manfiy zaryadga ega. Demak, 
shaklli elementlar tomirlar yuzasidan qochadi. Tomirlar yuzasi juda yupqa qavaddan 
iborat erigan fibrin bilan qoplangan. U ivituvchi faol omillarni, xususan trombinni o‘ziga 


130 
biriktirib oladi. Qonning oqimi tez bo`lganidan, gemokoagulyatsiya omillarining bir 
joyda ko‘p miqdorda yug‘ilib qolishiga yoi qo‘ymaydi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling