Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
AB0 tizimi. K.Landshteyner qon guruhlarini o‘rganib, 1901-yilda AB0 tizimini kashf
etdi. U odam eritrotsitlarini antigen xususiyatlariga ko‘ra 4 ta guruhga bo`ldi. 0 (I) guruh eritrotsitlarida A, B antigenlar (agglyutinogenlar) yo‘q. Ammo bu odamlarning qonida anti-A va anti-B antitelolar bor. Bu antitelolar α- va β-agglyutininlardir. A (II) guruh eritrotsitlarida A-agglytinogen, shu guruh plazmasida β-agglyutinin uchraydi. B (III) guruh B- agglytinogen, α- agglyutininga ega. AB (IV) guruhda A va B- agglytinogenlar bor, ammo α- va β-agglyutininlar uchramaydi. Markaziy Ovrupo mamlakatlarida odamlarning 40% 0 (I) guruhga mansub, A (II) guruhi ham 40% ga yaqin, B (III) guruh – 10% ga yaqin, AB (IV) guruh taxminan 6%. Aksari odamlarning eritrotsitlarida (85%) yana bir omil bor. Uni birinnchi marta K.Landshteyner va I.Viner 1940-yilda makakus rezus maymuni qonidan topishgan va rezus-faktor deb atashgan. Unga ega bo`lgan odm qoni – rezus-musbat qon, mazkur omil bo`lmagan rezus-manfiy odamga quyilsa, rezus-manfiy odam qonida anti-rezus agglyutininlar hosil bbo`ladi. Shu rezus-manfiy odamga rezus-musbat qon ikkinchi marta quyilsa, rezus-musbat eritrotsitlar anti-rezus agglyutininlar ta‘sirida agglyutinatsiyaga uchraydi, qon kichik qon tomirlarga tiqilib qoladi va hayot uchun xavf tug‘diradi. Rezus-faktor bilan bog‘liq bo`lgan ikkinchi ko‘ngilsiz hol ona bolan homila o‘rtasida rivojlanishi mumkin bo`lgan rezus-kelishmovchilik. Agar rezus-musbat erkakdan rezus- manfiy ayol homilador bo`lsa (bunday nikohlarning ehtimolligi 50% ga yaqin), homilaga rezus otasidan o‘tishi mumkin. Uning eritrotsitlaridagi rezus-antigen yoidosh orqali homilaga o‘tadi. Rezus-faktorga qarshi ona qonida anti-rezus agglyutininlar paydo bo`ladi. Ular ham ham yoidosh orqali homila qoniga o‘tadi va homila eritrotsitlarini agglyutinatsiya va gemolizga uchratadi. Agar anti-rezus agglyutininlar konsentratsiyasi yuqori bo`lsa, bu jarayon kuchayib ketib, homilani halokatga olib kelishi mumkin. Rezus-kelishmovchilik unchalik kuchli bo`lmasa, gemoliz natijasida bola sariqlik bilan tug‘iladi. Uning terisini va shilliq pardalarini gemoglobindan ko‘p miqdorda hosil bo`lgan bilirubin sariq ragga bo‘yaydi. Agar rezus-manfiy ayol rezus-musbat erkak bilan turmush qurgan bo`lsa, bu holatning oldini olish choralarini ko‘rish kerak. Agglyutinatsiya rivojlanishini o‘rganish natijasida qon quyishning ikkita asosiy sharti shakllandi: 1) quyiladigan qon tanlashda donorning (qon beruvchi odamning) agglyutinogenlari retsipiyentning (qon oluvchi odam) qonida bir nomli agglyutininlar bilan uchrashmasligini ta‘minlash zarur; 2) donorning agglyutininlari hisobga olinmaydi, chunki oz miqdorda (200-500 ml) qon quyilganda, qonning plazmasi retsipiyent qonida 132 ko‘p marta suyulib ketadi (suyulish qoidasi). Agglyutininlar konsentratsiyasi keskin kamayadi va ular retsipiyent eritrotsitlarini agglyutinatsiyaga uchrata olmaydi. Bu qoidalarga rioya qilinganda, I guruh qonni birinchi va boshqa uchta guruhga quyish mumkin. II guruhga mansub qonni ikkinchi va to‘rtinchi guruhga, III guruh qonni uchinchi va to‘rtinchi guruhga quyish mumkin. Keyingi yillarda faqat bir guruhga mansub qonni quyishga o‘tish taklif qilinda. Buning sabablaridan biri shuki, ko‘p miqdorda qon quyilganda (4-5 l), donorning agglyutininlari suyulmaydi va retsipiyent eritortsitlarini agglyutinatsiyalaydi. Ikkinchidan, I guruh qoniga ega bo`lgan shaxslarning 10-20% ida anti-A va anti-B agglyutininlar borligi aniqlandi. Bularning qoni boshqa guruhlarga quyuilganda gemotransfuzion shok rivojlanib, halokatga olib kelishi mumkin. Bu xavfli holatning rivojlanish mexanizmi quyidagicha: eritrotsitlar bir-biriga yopishib qoladi, ulardan tromboplastin ajralib, tomirlarda qonni ivitadi va tomirlardan qon o‘tmay qoladi. Hozirgi vaqtda qon quyish qoidalarini shunday ta‘riflash mumkin: 1) donor va retsipiyent qoni bir guruhga mansub bo`lishi kerak; 2) rezus-manfiy odamga rezus-musbat qonni quyish mumkin emas; 3) bir donorning qonini muayyan retsipiyentga qayta quyishdan voz jechish kerak. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling