Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ODAM QONI GURUHLARI 
 
Qadim zamonlarda ko‘p qon yo‘qotgan odamga qon quyilsa, qon yo‘qotish natijasida 
halok bo`layotgan odamni oiimdan asrab qolish mumkin, degan fikr paydo bo`lgan. 
1667-yilda farangistonlik faylasuf Deni va shifokor Emmerel qon yo‘qotib, oiayotgan 
yigitga qo‘zichoqning qonini quyishdi. Natijada u tuzaluib ketdi. Ammo undan keyingi 
qon quyishlar natijasi fojiali bo`ldi. Hatto odamning qoni odamga quyilganda ham har 5-
6 hodisadan bittasida halokat ro‘y berdi. 
XX asrning boshlarigacha shifokorlar va olimlar har bir odamning qoni o‘ziga xos 
biologik xususiyatga ega ekanligini bilishmagan. Buni 1901-yilda avstriyalik olim 
K.Landshteyner va 1903-yilda chex olimi Ya.Yanskiy batafsil o‘rgandilar va qon 
guruhlarini kashf etdilar. 
Agar buyum oynasida odamning qoni bir-biriga qo‘shilsa, ko‘pchiligida eritrotsitlar 
bir-biriga yopishib, g‘uj bo`lib qoladi. Bu hodisaga agglyutinatsiya deyiladi. 
Eritrotsitlar agglyutinatsiyasi antigen bilan antitelo o‘rtasidagi reaksiyaning
natijasidir. Eritrotsitlarning qobbigi – membranasiga bog‘liq bo`lgan agglyutinogenlar 


131 
antigen rolini o‘ynaydi, antitelo sifatida qon plazmasidagi agglyutininlar agglyutinatsiya 
reaksiyasida ishtirok etadi. 
Agglyutinogenlar spetsifik aminokislotali mukopolisaxarid kompleksdan iborat
agglyutininlar esa qonning γ-globulin oqsil fraksiyasidir. Agglyutinatsiya reaksiyasi ro‘y 
berganida agglyutininning 1 molekulasi ikki eritrotsitni bir-biriga bog‘laydi. Bu 
eritrotsitlarga yana boshqa eritrotsitlar qo‘shilib, ular g‘uj bo`lib qoladi. Odamning 
qonida o‘z eritrotsitlariga qarshi agglyutinin bo`lmaydi. Har qaysi odamning qonida 
faqat unga xos spetsifik eritrotsitar agglyutinogenlar to‘plarni bor. Hozirgacha odamlar 
qonida juda ko‘p (400 dan ortiq) agglyutinogenlar topilgan. Ulardan 30 ga yaqini 
ko‘proq uchraydi.
Klinika uchun AB0 va Rh (rezus) agglyutinogenlar tizimi katta ahamiyatga ega. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling