Muqaddima
YURAK MUSKULINING QISQARUVCHANLIGI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
YURAK MUSKULINING QISQARUVCHANLIGI
Yurak muskulining qisqarish mexanizmi skelet muskulining qisqarish mexanizmidan deyarli farq qilmaydi. Aktin iplar miozin iplar oralig‘iga sirpanib kirganda, miokard tolalari qisqaradi. Bu sirpanish ko‘ndalang ko‘prikchalarning eshkaksimon harakatlari natijasi hisoblanadi. Tolalar bo‘shashgan vaqtda aktin iplar yuzasidagi ipsimon oqsil – tropomiozinning troponin oqsili bilan hosil qilgan kompleksi aktinning miozin bilan birlashuviga yoi qo‘ymaydi. Tolada harakat potensialining vujudga kelishi sarkoplazmatik retikulumning sisternalaridan kalsiyning tashqariga chiqib, aktin va miozin iplar sohasiga yetib borishiga va troponin bilan bog‘lanishiga olib keladi. Kalsiy- troponin birikmasining hosil bo`lishi troponin-tropomiozin kompleksining fazodagi holatini o‘zgartiradi. Aktin va miozin iplar o‘rtasidagi to‘siq yo‘qolib, sirpanish boshlanadi. Yuqori ATF-aza faolligiga ega bo`lgan aktomiozin ATFni parchalab, energiya ajralishini ta‘minlaydi. Membrananing repolyarizatsiyasi natijasida kalsiy troponindan ajralib, sarkoplazmatik retikulum ichiga o‘tadi. Kalsiy nasosi kalsiy ionlarining bir qismini membrananing hujayralar oralig‘idagi suyuqlikka chiqaradi. Mioplazmada erkin kalsiy ionlarining kamayib ketishi kardiomiositlarning bo‘shashishiga olib keladi. Qo‘zg‘alishni qisqarish bilan bog‘lanishini miokardda ham ko‘ndalang va bo‘ylanma naychalar ta‘minlaydi. Qisqarishning yuzaga chiqishida kalsiy ionlarining harakat potensiali vaqtida hujayraga kirishi juda muhim rol o‘ynaydi. Kalsiy harakat potensialini o‘zgartirib, refrakterlikni cho‘zadi. Hujayralar oralig‘idan kalsiy ionlari olib tashlansa, qo‘zg‘alish qisqarishdan butunlay ajraladi: harakat potensiali hosil bo`laveradi, miotsitlar qisqarmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling