Muqaddima


YURAK FAOLIYATINI BOSHQARISH MEXANIZMLARI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

YURAK FAOLIYATINI BOSHQARISH MEXANIZMLARI 
 
Yurak ishi juda o'zgaruvchan bo'lib, doimo organizmning qon aylanishiga bo;lgan 
talabiga moslashib turadi. Bu moslashuvni bir qator boshqaruv mexanizmlari ta'minlaydi. 
Ularning bir qismi yurakning o'zida – yurak ichi (intrakardial) mexanizmlar, qolganlari 
esa – yurakdan tashqari (ekstrakardial) mexanizmlardir. 
INTRAKARDIAL BOSHQARUV MEXANIZMLARI 
 
Yurakning o'ziga bog'liq – intrakardial mexanizmlarga hujayra ichi boshqaruv
mexanizmlari, hujayralararo aloqalarni idora qilish mexanizmlari va yurak ichidagi 
periferik reflekslar kiradi. 


141 
Hujayraga aloqador boshqaruv mexanizmlari. Elektron mikroskopik tekshirishlar 
natijasida miokard sinsitiy emasligi, u ayrim-ayrim hujayralar – miotsitlardan iborat 
ekanligi ko'rsatilgan. Bu hujayralar bir-biriga oraliq disklar yordamida bog'langan. Har 
qaysi hujayrada uning strukturasi va funksiyasini ta'minlaydigan oqsillar sintezini 
boshqaruvchi mexanizmlar bor. Miokardning ishi ko'paysa, oqsillarning sintezi 
tezlashadi, aktin va miozin miqdori oshadi, miokard gipertrofiyaga uchraydi va ish 
qobiliyati ortadi. 
Hujayraga aloqador boshqaruv mexanizmlari yurakka ko'p qon quyilganda uning 
qisqarishlar kuchini oshiradi. Buning sababi shuki, yurak miofibrillalari ko'proq 
cho'zilsa, aktin iplari miozin iplari orasidan ko'proq sirgalib chiqadi. Natijada faol 
ko'ndalang ko'prikchalar soni ortib, qisqarish kuchliroq bo'ladi. Bu «Yurak qonuni»ni 
aniqlashda Ye.Starling taklif etgan yurak-o'pka preparati qulay bo'lgan. Uni tayyorlash 
uchun o'tkir tajribada hayvonning katta qon aylanish doirasi plastik naylar va hajmlar 
bilan almashtiriladi. Kichik qon aylanish doirasi saqlab qolinadi. Tajribachi yurakka oqib 
keladigan qon miqdorini, qon oqimiga bo'lgan qarshilikni va boshqa ko'rsatkichlarni o'z 
xohishi bilan oson o'zgartira oladi. 
Yurak-o'pka preperati kardiomiotsitlarning qisqarish kuchiga faqat ularning qisqarish 
oldidan cho'zilish darajasi ta'sirinigina emas, balki boshqa ko'pgina omillarning yurak 
faoliyatiga ko'rsatadigan ta'sirini ham o'rganish imkonini berdi. 
Kardiomiotsitlarda moddalar almashinuvi siklik tabiatga ega: sistola vaqtida ATF va 
glikogen tez parchalanadi, diastolada tiklanishga ulguradi. Yurakning ortiqcha ish 
bajarishiga moslashish yo'llaridan biri – diastolaning nisbatan uzayishi. 
Miokard hujayralari o'z bioennergetikasini ta'minlab va bosqarib turuvchi moddalarni 
qondan yig'ib olib, protoplazmasida saqlash qobiliyatiga ega. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling