Muqaddima


TOMIRLAR TIZIMIDAGI QON HAJMI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

TOMIRLAR TIZIMIDAGI QON HAJMI 
Qon tomirlardagi qonning umumiy hajmi yurakning diastola vaqtida to'lishiga jiddiy 
ta'sir ko'rsatadi va sistolik hajmni belgilaydi. 
Katta yoshli odamda qon umumiy hajmining 84% katta qon qylanish doirasi qon 
tomirlariga, qolgan 16% esa kichik qon aylanish doirasiga to'g'ri keladi. 
Katta qon aylanish doirasi arteriyalarida umumiy qon hajmining 18% saqlansa, 
shundan 3% arteriolalarga to'g'ri keladi. Bundan ko'rinib turibdiki, rezistiv qon 
tomirlarning torayib-kengayishi qon tomirlar tizimining boshqa qismlaridagi qon 
miqdoriga sezilarli ta'sir qilmaydi. 
Kapillyarlarning ko'ndalang kesimi juda katta bo'lishiga qaramay, ularda qonning 
nisbatan kam qismi (taxminan 6%) saqlanadi. 
Qonning ko'p qismi (64%) venalarda bbo'ladi. Shunday qilib, rezistiv tomirlar qon 
oqishiga katta qarshilik ko'rsatadi. Kichik hajmga ega, hajmli tomirlar esa kam qarshilik 
ko'rsatib, qonning ko'p qismini o'zida saqlaydi. 
Diametri 0,5-2,0 mm bo'lgan kichik arteriyalar va venalar oraliq joyni egallaydi: ular 
kengayganda ham sig'im, ham qarshilik sezilarli o'zgaradi. 
ARTERIYLARDA QON OQISHI 
Qon oqimining pulsga bog'liq o'zgarishlari. Yurak har safar qisqarganda qon chap 
qorinchadan aortaning yuqoriga ko'tariluvchi qismiga faqat haydaalish davrida chiqadi. 
Bu yerda qon oqish tezligi aortaning qopqoqlari ochilganda tez ortib, davrning 1/3 qismi 
o'tganida eng yuqori darajaga yetadi. Haydalish davrining oxiriga borib qon oqishi 
to'xtaydi. Bo'shashish davri boshlanishidan aorta qopqoqlari berkilishigacha o'tgan vaqt 
ichida qon chap qorinchaga qayta oladi. Diastola vaqtida ko'tariluvchi aortada qon 
harakat qilmaydi. 
Tinch holatda bo'lgan odamning ko'tariluvchi aortasida qon oqish tezligi qon 
haydalish fazasining boshlarida 100 sm/s dan ko'proq bo'ladi. Bu davr butun olinganida, 
qon oqimining o'rtacha tezligi 70 sm/s chamasida. 
Yurakdan uzoqlashgan sari qon oqish tezligining o'zgarish amplitudasi asta-sekin 
kamayadi. Ammo ko'krak aortasida va periferik arteriyalarda ham diastola vaqtida 
qonning orqaga oqishi kuzatiladi. 
Arteriyalarning oxirgi shoxlarida va arteriolalarda qonning uzlukli oqishi asta-sekin 
uzluksiz qon oqishiga o'tadi. 


148 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling