Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ARTERIAL PULS 
Arteriyalardagi bosimning sistolada ko'tarilishiga bog'liq bo'lgan arteriya 
devorlarining ritmik tebranishi arterial puls, deb ataladi. Puls to'lqini (boshqacha 
aytganda, bosimning ko'tarilish to'lqini) aortadan arteriolalarga va kapillyarlarga 
muayyan tezlik bilan tarqaladi va kapillyarlarda so'nadi. 
Puls to'lqinining tarqalish tezligi qon oqish tezligiga bog'liq emas. Arteriaylarda qon 
oqishining chiziqli tezligi 0,2-0,3 m/s dan oshmaydi, yosh va o'rta yashar odamlarda puls 
to'lqinining tarqalish tezligi aortada 5,5-8 m/s, periferik arteriyalarda esa 6-9,5 m/s ga 
yetadi. 


150 
Aorta va yirik arteriyalarning puls egri chizig'ida (sfigmogrammada) ikkita asosiy 
qism: ko'tarilish – anakrota va tushish – katakrota tafovut qilinadi (39-rasm). Katakrota 
qismida chuqurcha (insizura) va dikrotik ko'tarilishni ko'riish mumkin. Insizura va 
dikrotik ko'tarilishning kelib chiqishi qorinchalar diastolasining boshida qonning teskari 
oqishi, yarim oysimon qopqoqlarni yopib, orqaga qaytishiga bog'liq. 
Pulsni paypaslab tekshirish juda keng qo'llaniladi. Bunda uning bir qancha 
xususiyatlariga, jumladan chastotasi, tezligi, amplitudasi, tarangligi va ritmiga ahamiyat 
berish kerak. 
VENALARDA QONNING HARAKATI 
Venalarda qon harakati umuman qon qylanishining muhim omili hisoblanadi, chunki 
diastola vaqtida yurakning qon bilan to'lishi shu omil bilan bbelgilanadi. Venalarning 
muskul qavati uncha qalin bo'lmaganidan, ularning devori arteriyalar devoriga qaraganda 
ko'proq cho'ziladi. Shuning uchun venalardagi bosim hatto oz bo'lganda ham, devori 
ancha cho'ziladi va ularda talaygina qon to'planib qolishi mumkin. 
Venoz bosim va venalarda qonning oqish tezligi. Venalarda bosim tez pasayadi. 
Postkapillyarlarda bosim 20 mm s.u. da bo'lsa, mayda venalarda 12-15 mm.s.u. da 
bo'ladi. Ko'krak qafasidan tashqaridagi yirik venalarda bosim 5-6 mm.s.u. ga teng, 
venalarning o'ng bo'lmachaga o'tadigan qismida bundan ham past, ya'ni 2-5 mm.s.u. ga 
teng. Nafas olganda 0 atrofida bo'ladi. 
Venoz tizimning boshlanishidagi bosim yurakning qonga baxsh etgan bosim 
qoldig'idir. Qorinchalarning qisqarishi qonga bergan kinetik energiya qon kapillyarlardan 
o'tganidan keyin ham qisman saqlanib qoladi. Bu qoldiq bosimdan tashqari, qonning 
venalar orqali yurakka qaytib kelishida ko'krak qafasining so'ruvchi kuchi katta 
ahamiyatga ega. Nafas olgan paytda ko'krak qafasi kengayadi, ko'krak bo'shlig'ida bosim 
manfiylashadi (ya'ni atmosfera bosimidan past bo'lib qoladi). Venalar devori yupqa 
bo'lgani uchun bu manfiy bosim ularga ham tarqaladi. Natijada qonning yurak tomon 
harakati tezlashadi. 
Demak, venalarning boshlanish qismida bosim 12-15 mm.s.u. ni tashkil qilsa, oxirida 
2-5 mm.s.u ga teng, nafas olgan paytda hatto manfiy bo`ladi. Bosimdagi bu farq qonning 
yurak tomon harakatini ta‘minlovchi dastlabki kuchdir. 
Skelet muskullarining ritmik qisqarishlari ham (masalan, yurgandagi, o‘tin 
arralagandagi harakatlar) venalarda qonning oqishiga yordam beradi. Qisqargan muskul 
ichidagi va yonidagi venalarni qisib, ulardagi qonni siqib chiqaradi. Venalardagi 
qopqoqlar siqib chiqarilgan qonni faqat yurak tomon harakat qilishini ta‘minlaydi. 
Periferik venalarda qon oqishning tezligi 6-14 sm/s, kavak venalarda 20 sm/s atrofida. 
Venalarda qon oqishi arteriyalarga nisbatan sekinroq bo`lgani bo`lsi shundaki, ular 
arteriyalarga nisbatan 2-3 baravar keng. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling