Muqaddima
Qon oqish tezligi va qon tomirlarning ko'ndalang kesimi
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-jadval Odam tomirlar tizimining turli qismlarida qonning hajmi, bosimi va qon oqish tezligi
- ARTERIAL QON BOSIMI Sistolik, diastolik, puls va ortacha bosim.
Qon oqish tezligi va qon tomirlarning ko'ndalang kesimi. Aorta va yirik
arteriyalarda qon oqimi yurak qisqarishlariga qarab o'zgarib turadi. Qon oqimining o'rtacha chiziqli tezligi aortada 40 sm/s (7-jadval). Yurakdan otilib chiqadigan qon hajmi ortganda, qon oqimining cchiziqli tezligi 100 sm/s dan ham oshib ketishi mumkin. Qon oqimining o'rtacha tezligi tomirlarning ko'ndalang kesimiga teskari proporsional bo'lganidan (bu tezlik periferik arteriyalarda ancha past, 20-30 sm/s), ayniqsa oxirgi arteriya va arteriolalarda juda kamayib ketadi. 7-jadval Odam tomirlar tizimining turli qismlarida qonning hajmi, bosimi va qon oqish tezligi Tomir Hajm, ml Bosim, mm.s.u. Tezlik, sm/s Aorta 100 100 40 Arteriyalar 300 100-40 40-10 Arteriolalar 50 40-30 10-0,1 Kapillyarlar 250 30-12 0,1 Venulalar 300 12-10 0,3 Venalar 2200 10-5 0,3-0,5 Kavak vena 300 2 5-20 Qon oqimining chiziqli tezligi kapillyarlarda 0,03 sm/s dan oz bo'ladi. Qon o'rtacha uzunlikdagi kapillyardan (0,75mm) 2,0-2,5 sekundda o'tadi. Kapillyarlardan boshlanadigan venoz tomirlar yurakka yaqinlashar ekan, bir-biriga qo'shilib, borgan sari yiriklashadi. Ammo ularning umumiy ko'ndalang kesimi yurak tomon kichiklashib boradi. Shuning uchun qon oqimining chiziqli tezligi venoz tizimning boshida juda kichik, yurakka yaqinlashgan sari oshadi va kavak venalarda 20 sm/s ni tashkil qiladi. ARTERIAL QON BOSIMI Sistolik, diastolik, puls va o'rtacha bosim. Arteriyalarninf asosiy vazifasi qonning kapillyarlardagi uzluksiz harakatini ta'minlash uchun doimiy bosimni hosil qilishdan iborat. Arteriyalardagi bosim (P) yurakning qisqarishi natijasida arteriyalarga chiqadigan qon hajmiga (Q) va mayda arteriyalar, arteriolalar, hamda kapillyarlarda qon oqimiga bbo'lgan qarshilikka ® bog'liq. Bu bog'lanish oddiy P = Q x R tenglarna bilan ifodalanadi. Arteriyalardagi qon bosimi doim bir xilda turmay, o'rtacha bir miqdordan ko'tarilib- tushib turadi. Qonli usulda qayd qilingan arterial bosim egri chizig'ida bu o'zgarishlar uch xil to'lqin shaklida kuzatiladi. Birinchi tartibdagi to'lqinlar (puls to'lqinlari) hammadan ko'p bo'lib, yurak qisqarishlariga bog'liq (38-rasm). Har bir sistola vaqtida ma'lum miqdordagi qon arteriyalarga chiqib, ularning elastik cho'zilishini oshiradi. Qorinchalar sistolasi vaqtida aorta va o'pka arteruyasiga keladigan qonning miqdori ketadigan qon miqdoridan ko'p bo'ladi. Shuning uchun ularda qon bosimi ko'tariladi. Diastola vaqtida qorinchalardan 149 arterial tizimga qon chiqishi to'xtaydi. Yirik arteriyalardan qon oqib ketishda davom etadi. Arteriyalarning cho'zilishi kamayadi va qon bosimi pasayadi. Sistola natijasida arteriyalarda bosimning ko'tarilishi sistolik bosimni ifodalaydi. Diastola vaqtida bosimning pasayishi esa diastolik bosimni ifodalaydi. Sistolik bosim bbilan diastolik bosim orasidagi farq, ya'ni bosimning o'zgarish amplitudasi puls bosimi, deb ataladi. Puls bosimi yurakka yaqin arteriyalarda eng yuqori. Yurakdan uzoqlashgan sari puls bosimi pasaya boradi, ya'ni sistolik va diastolik bosimlar orasidagi farq asta-sekin kamayadi. Arteriola va kapillyarlarda qon bosimining puls to'lqinlari yo'q. Ularda bosim turg'un bo'ladi, sistola va diastola vaqtida o'zgarmaydi. Sistolik, diastolik va puls bosimidan tashqari, o'rtacha bosim ham tafovut qilinadi. O'rtacha bosim maksimal bosim bilan minimal bosim orasidagi miqdor bo'lib, qonning uzluksiz harakat energiyasini ifodalaydi. Markaziy, yirik arteriyada o'rtacha bosim diastolik bosim va puls bosimining yarmini yig'indisiga teng: P s - P d P o'r = P d + 2 Periferik arteriyalarda o'rtacha bosim diastolik bosim va puls bosimining uchdan biri yig'indisiga teng: P s - P d P o'r = P d + 3 Yosh odamning ko'tariluvchi aortasida sistolik bosim simob ustunining 120 mm ga teng, diastolik bosim esa 80 mm. Bunda puls bosimi 40 mm. s.u., o'rtacha bosim esa 40 mm 80 mm + = 100 mm sim.ust. ga teng bo'ladi. 2 Aortaning ko'krak qafasidagi va qorin bo'shlig'idagi sohalarida bosim sal kamayadi. Arteriyalarning oxirgi tarmoqlarida va arteriolalarda esa qon bosimi keskin pasayadi va arteriolalarning oxirida 30-35 mm s.u. ni tashkil qiladi. Qon bosimining egri chizig'ida puls to'lqinlaridan tashqari, nafas harakatlariga bog'liq bo'lgan ikkinchi tartibdagi to'lqinlar ham kuzatiladi. Shuning uchun ularni nafas to'lqinlari deyiladi. Nafas olganda bosim pasayadi, nafas chiqarganda esa – ko'tariladi. Qon bosimining egri chizig'ida ba'zan uchinchi tartibdagi to'lqinlarni kuzatish mumkin. Ularning kelib chiqishi uzunchoq miyadagi tomirlarni harakatlantiruvchi markaz tonusining o'zgarishiga bog'liq. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling