Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

Renin-angiotenzin 
tizimi. 
Renin 
fermenti 
buyrakning 
yukstaglomerulyar 
hujayralarida sintezlanadi va saqlanadi. Qonga o‘tib, angiotenzinogen degan α
2
-
globulinni parchalaydi va dekapeptid – angiotenzin I ni hosil qiladi. Boshqa bir ferment 
ta‘sirida angiotenzin I oktapeptid – angiotenzin II ga aylanadi. Bu mexanizmning ishga 
tushishi buyraklarning qon bilan ta‘minlanishiga bog‘liq. Buyraklarning qon bilan 
ta‘minlanishi kamaysa, reninning qonga o‘tishi kuchayadi. 
Angiotenzin II juda kuchli bevosita tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Uning 
ta‘sirida buyrak, ichak va teridagi prekapillyar arteriolalar torayadi, yurak, miya va 
buyrak usti bezlari tomirlari kengayadi. Tizimning faolligi juda kuchayib ketsa, bu 
tomirlar ham torayadi. Bundan tashqari, angiotenzin II markaziy va periferik simpatik 
tuzilmalarni qo‘zg‘atadi. Natijada periferik qarshilik va qon bosimi oshadi. 
Renin-angiotenzin tizimining ta‘siri juda kuchli bo`lishi uchun 20 daqiqaga yaqin 
vaqt kerak. So‘ngra susaymasdan uzoq vaqt davom etishi mumkin. Arterial bosim (yoki 
qon hajmi) patologik kamayib ketganda, renin-angiotenzin tizimining qon bosimini 
me‘yoriga qaytarishda ahamiyati katta bo`ladi. Qonda renin-angiotenzin miqdori 
oshganda, tashnalik kuchayadi. Ko‘p qon yo‘qotganda kuzatiladigan tashnalikning 
sababi ham shunda. 
Renin-angiotenzin tizimining kuchayishi ba‘zi buyrakka aloqador gipertenziyaning 
sababi bo`lishi mumkin. 
QON AYLANISHINING UZOQ DAVOM ETUVCHI 


157 
 BOSHQARUV MEXANIZMLARI 
Gemodinamikaning davomli boshqaruv mexanizmlariga quyidagilar kiradi: 1) 
buyraklarning suyuqlik hajmini o‘zgartirish jarayoni: 2) vazopressin: 3) aldosteron. 
Buyraklarning suyuqlik hajmini o’zgartirishi. Qon bosimi ko‘tarilishi natijasida 
buyraklar orqali suyuqlik ajralaishi ko‘payadi. Natijada qon hajmi kamayadi. Bu o‘z 
navbatida venalar orqali yurakka keladigan qon miqdorini va sistolik hajmni 
kamaytiradi. Sistolik hajmning kamayishi qon bosimini me‘yoriga keltiradi. 
Qon bosimi pasayganda aksincha hol ro‘y beradi. Shuni aytb o;tish kerakki, qon 
bosimi sal oshganda ham buyraklar orqali suyuqlik ajralishi sezilarli darajada ko‘payadi. 
Oshib ketgan arterial bosimni siydik ajralishini ko‘paytiradigan dorilar yordamida 
pasaytirish mumkin. 
Vaozpressin yoki antidiuretik gormon o‘rta va yuqori dozalarda tomirlarni (asosan 
arteriolalarni) toraytiradi. Ammo bu gormonning asosiy ta‘siri buyraklarda suvning 
so‘rilishini ta‘minlashdan iborat. 
Vazopressin suyuqlik hajmini boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Qondagi bu gormon 
miqdorining reflektor o‘zgarishlari tomirlardagi suyuqlik hajmi barqarorligini 
ta‘minlaydi. Qon hajmi ko‘paysa, vazopressinning qondagi miqdori 10-20 daqiqada 
kamayadi. Natijada buyraklarda suvning qayta so‘rilishi kamayadi, siydik hajmi ortadi, 
tomirlarda qon hajmi kamayadi, bosim pasayadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling