Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh miyada qon oqishi.
Yurakda qon aylanishi. Miokardni chap va o‘ng toj arteriyalar qon bilan
ta‘minlaydi. Tinch holatda bu tomirlardan minutiga 250 ml qon oqib o‘tadi. Jismoniy ish vaqtida bu miqdor 1250 ml/min ni tashkil qilishi mumkin. 160 Yurakning qon bilan ta‘minlanishi aortadagi bosimga, yurak irish tezligiga, vegetativ nervlar ta‘siriga bog‘liq. Ammo metabolik omillar toj tomirlarda qon oqishiga juda kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Kislorod yetishmovchiligi toj tomirlarni kengaytiradigan juda kuchli omil. Qondagi kislorod miqdorining 5% ga kamayishi yurak tomirlarini kengaytiradi. Yurak tomirlaridan qon oqishi uning ish sikliga bog‘liq. Sistola vaqtida yurak muskuli qisqarib, timirlarni siqadi. Natijada chap toj arteriyasida qon oqishi butunlay to‘xtaydi. Faqat diastola vaqtida miokard bo‘shashganda, qon oqishi tezlashadi. O‘ng toj arteriyasi sistola vaqtida ko‘p siqilmaydi. Bu tomir orqali qonning oqishi asosan aortada qon bosimining o‘zgarishiga bog;liq. Miokardda kapillyarlar soni juda ko‘p, deyarli har bir tolaga bitta kapillyar to‘g‘ri keladi. Kapillyarlardan o;tgan qon miokardda chuqur joylashgan sinuslarga yog‘iladi. Miokardda anchagina tomir bo`lmagan kanallar ham bor (Tebezi kanallari). Bu kanallar yurak bo‘shliqlariga bevosita ochiladi. Sistola vaqtida qonning yurak sinuslaridan va Tebezi kanallaridan oqib chiqishi tezlashadi. Simpatik nerv tizimi toj tomirlarni kengaytirishi ham, toraytirishi ham mumkin. Natija katexolarninlarning qondagi miqdoriga va ular ta‘sir qiladigan retseptorlarga (alfa- yoki beta-adrenoretseptorlarga) bog‘liq. Parasimpatik tizim toj tomirlaridan qon oqishini kamaytiradi. Bosh miyada qon oqishi. Bosh miyaning qon bilan ta‘minlanishi boshqa a‘zolarnikiga nisbatan ko‘proq. Yurakdan katta qon aylanish doirasiga chiqqan qonning 15% miya tomirlaridan o‘tadi. Miya tomirlarining adrenergik innervatsiyasi yaxshi rivojlangan. Bu tomirlarni keng chegarada torayib kengayishini ta‘minlaydi. Miyaga qon yumshoq miya pardasi tomirlaridan radial yo‘nalishda tarqalgan arteriyalar orqali o‘tadi. Arteriya va venalar o‘rtasida anastomozlar yo‘q, kapillyar ochiq bo`ladi. Kulrang moddada kapillyarlar soni oq moddadagidan ko‘proq. Miyadan o‘tgan qon qattiq miya pardasida sinuslar hosil qiladigan venalarga yig‘iladi. Miya qon tomirlari qonda CO 2 miqdori o‘zgarishiga juda sezgir. Miya to‘qimalarida CO 2 tarangligi ikkibaravar oshsa, qon tomirlar kengayib, qon oqishning hajm tezligi ham ikki baravar ko‘payadi. Agar tez va chuqur nafas olib, qonda O 2 miqdorini ko‘paytirsak< miya tomirlari torayadi, qon oqishi kamayadi. Bunda ba‘zi odamlarning boshi aylanishi mumkin. Miya tomirlarining miogen o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi yaxshi rivojlangan. Bu tananing fazodagi holati o‘zgarganda miya tomirlari orqali qon oqishning barqarorligini saqlashga imkoniyat tug‘diradi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling