Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASHQI NAFAS
NAFAS FIZIOLOGIYASI
Organizm o‘z faoliyati davomida muttasil energiya sarflab turadi. Energiya energiyaga boy moddalar, birinchi navbatda ATF fermentlar yordamida parchalanganda ajraladi. Ammo sarflangan energiyaning o‘rnini toidirib turish zarur. Buning uchun organik moddalar oksidlanadi. Natijada ulardan, masalan, glyukozadan suv va karbonat angidrid hosil bo`ladi< hamda ma‘lum miqdorda energiya ajraladi. Bu energiya makroergik moddalarning (ATF) qayta sintezlanishida ishlatiladi. 162 Demak, tirik organizm hujayralariga uzluksir ravishda kislorod yetkazib berish, ularda hosil bo`lgan karbonat angidridni esa chiqarib turish kerak. Organizmni kislorod bilan ta‘minlash va karbonat angidridni ajratib chiqarish nafasning mohiyati hisoblanadi. Yirik hayvonlar hujayralari atmosfera havosidan bevosita kislorod olib, karbonat angidrid ajrata olmaydi. Bu faoliyat nafas a‘zolari va qon faoliyati tufayli yuzaga chiqadi. Kislorodning to‘qimaga yetkazilishi jarayonini shartli ravishda bir necha bosqichga bo`lish mumkin: 1. Atmosfera havosining o‘pka alveolalariga nafas yo`llari orqali yetkazilishi. 2. Kislorodning alveoladagi havodan o‘pka kapillyarlaridagi qonga diffuziyalanib o‘tishi. 3. Kislorodning qon tarkibida to‘qima kapillyarlariga yetkazilishi. 4. Kislorodning to‘qoma kapillyarlaridan to‘qimaga diffuziya yo`li bilan o‘tishi. Karbonat angidridni chiqarib tashlash ham shu to‘rtta bosqichda kechadi. Ammo bu bosqichlar tartibi teskari bo`ladi. Bu bosqichlar uzluksiz ravishda va ayni bir vaqtda sodir bo`ladi. Ularni bir biridan ajratish sun‘iy bo`lsada, rasm bo`lib qolgan. Ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz. TASHQI NAFAS O‘pka alveolalari bilan tashqi muhit o‘rtasida havo almashinishi tashqi nafas deyiladi. Uni ko‘krak qafasining bir me‘yordagi harakatlari yuzaga chiqaradi. Nafas harakatlari ikki bosqichdan iborat: nafas olish – inspiratsiya va nafas chiqarish – ekspiratsiya. Nafas olinganda kislorodga boy atmosfera havosi alveolalarga kiradi, nafas chiqarilganda esa karbonat angidridga boyigan havo tashqariga chiqadi. Nafas olib, nafas chiqarishdagi havo harakatlari ko‘krak qafasi hajmining oldin kattalashib, keyin kichiklashishiga bog‘liq. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling