Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAFAS MARKAZI
NAFASNING BOSHQARILISHI Nafasni boshqaruvchi murakkab mexanizmlar organizmning kislorodga nisbatan o‘zgaruvchan ehtiyojini toia qondirishi kerak. Bundan tashqari, arterial qonda karbonat angidridning doimiuy tarangligini saqlash (bu vazifani ham asosan nafas tizimi bajaradi) kislotali-ishqoriy muvozanat uchun muhim. 170 Nafas minutlk ventilyatsiyani o‘zgartirish yo`li bilan o‘zgaruvchan sharoitga moslashadi. Bunga nafas chuqurligini yoki tezligini, yohud har ikkala ko‘rsatkichni ayni bir vaqtda o‘zgartirish bilan erishish mumkin. Nafasni boshqaruvchi mexanizmlar moslashishni energiya sarfi nuqtai nazaridan tejamli bo`lishini ta‘minlashi zarur. Buning uchun nafas chuqurligi va tezligi o‘rtasida yaxshi nisbat saqlanishi kerak. Nafasning turli sharoitga moslashishi nafas markazining faoliyati o‘zgarishi natijasida yuzaga chiqadi. NAFAS MARKAZI Uzunchoq miyaning kichik bir sohasi shikastlanganda ham hayvonning nafasi to‘xtashi XVIII arsda ma‘lum bo`lgan edi. XIX asr oxirlarida N.A.Mislavskiy uzunchoq miyaning ayrim nuqtalarini shikastlash va ta‘sirlash usullarini qo`llab, nafas markazining IV qorincha tubida joylashganini aniqladi. Olim tajribalari natijasida bu markazning juftligi, har yarmi tananing o‘z yarmidagi nafas muskullarini boshqarishi, har qaysi nafas markazi nafas olish va nafas chiqarishni boshqaruvchi qismlardan iborat ekanligi aniqlandi. Keyingi vaqtlarda zamonaviy elektrofiziologik usullar yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar N.A.Mislavskiyning bu fikrini isbotladai. Hozir uzunchoq miyada bir necha guruh nafas neyronlari borligi aniqlangan. Ularning impuls yuzaga chiqarish faolligi nafas bosqichlariga bog‘liq holda o‘zgaradi. Nafas olinganda impuls yuzaga chiqarish faolligi ortadigan inpirator neyronlar va bu faollik nafas chiqarilganda oshadigan ekspirator neyronlar tafovut qilinadi. Bundan tashqari, nafas bosqichlari almashganda (nafas olish to‘xtab, nafas chiqarish boshlanganda yoki nafas chiqarish to‘xtab, nafas olish boshlanganda) qo‘zg‘aladigan neyronlar ham bor. Nafas neyronlarining deyarli hammasi ikkita yadrolar guruhida joylashgan. Bu uzunchoq miyaning dorsal va ventral yadrolaridir. Yadrolarning dorsal guruhini tashkil qiluvchi neyronlarning ko‘p qismi inspirator neyronlar. Ularning aksonlari diafragma nervini hosil qiluvchi motoneyronlarda (orqa miyaning bo‘yin segmentlarida) tugaydi. Yadrolarning ventral guruhidagi nafas neyronlari inspirator va ekspirator neyronlardan iborat. Ekspirator neyronlar asosan orqa miyaning ko‘krak va bel segmentlaridagi qovurg‘alararo va qorin muskullari faoliyatini boshqaruvchi motoneyronlarga bog‘liq. Nafasni boshqarishda ishtirok etadigan neyronlar Varoliy ko‘prigida ham bor. Bu neyronlar yig‘indisi pnevmotaksis markaz, deb ataladi. Uning vazifasi nafas bosqichlari almashinishini ta‘minlashdan iborat. Pnevmotaksis markazning shikastlanishi nafas olish bosqichini juda cho‘zib yuboradi, nafas nihoyatda chuqurlashadi. Nafas markazining faolligiga xemoretseptorlardan va nafas tizimining mexanoretseptorlaridan keladigan afferent impulslar kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Bu impulslar nafas olish davomida inspirator neyronlar faolligining bir me‘yorda ortishini va nafas olish oxirida bu faollikning to‘satdan tugashini ta‘minlaydi. Xemoretseptorlardan keladigan impulslar qanchalik kuchli bo`lsa, inspirator neyronlar qo‘zg‘alishi va nafas olish shunchalik tez rivojlanadi, Nafas olish bosqichi nafas chiqarish bosqichiga shunchalik tez o‘tadi. Natijada nafas olish chuqurlashib, tezligi ortadi. Nafas markazi neyronlariga avtomatiya, ya‘ni o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alish xos. Ammo nafas markazining avtomatiyasi yurak avtomatiyasidan farq qiladi. Nafas markazi neyronlari o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib turishi uchun, birinchidan, ular o‘rtasidagi aloqadorlik 171 saqlangan bo`lishi lozim. Ikkinchidan, nafas neyronlarining retseptorlarga aloqadorligi saqlangan holda, ularga afferent impulslar kelib turishi kerak. Demak, nafas markazi asosan uzunchoq miyada joylashgan va bir me‘yorda nafas olishni, shuningdek bu jarayonni o‘zgaruvchan sharoitga moslashishini ta‘minlovchi neyronlar yig‘indisidir. Nafas markazi o‘z vazifasini orqa miyadagi nafas muskullari faoliyatini boshqaruvchi motoneyronlar orqali yuzaga chiqaradi. Markaz faoliyati uchun periferik retseptorlardan kelib turadigan afferent impulslarning ahamiyati katta. Markaziy nerv tizimining yuqori qismlari nafas markazi faoliyatiga uzluksiz ta‘sir ko‘rsatib turadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling