Muqaddima


O’PKADA GAZLAR ALMASHINUVI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

O’PKADA GAZLAR ALMASHINUVI 
Nafasga olinadigan atmosfera havosi alveolalarga bosim gradiyenti bo‘yicha burun 
bo‘shlig‘i, halqum, kekirdak, bronxlar, bronnxiolalar orqali konveksiya yo`li bbilan 
harakat qiladi. Odam o‘pkasida bronxlar kekirdakdan alveolalarga yetguncha 23 marta 
bo`linadi. Natijada ular ko‘ndalang kesimining yuzasi 4500 marta ko‘payadi. Havoning 
bronxlarda harakat qilish tezligi shunga yarasha juda sekinlashadi. Bronxlarning oxiri 
bo`lmish bronxial yo`llarda havoning konveksiya tufayli harakat qilish tezligi juda 
sekinlashadi. Ana shu bronxial yo`llarda havoning konveksiya tufayli harakat qilishga 
gazlarning diffuziyali harakati qo‘shiladi: kislorod aalveolalar tomon, karbonat angidrid 
esa alveolalardan tashqariga diffuziyalanib harakat qiladi. 
Ochiq joydagi atmosfera havosining gazlar tarkibi quyidagicha: kislorod – 20,94%, 
karbonat angidrid – 0,03% va azot – 79,03%. Nafasdan chiqqan havoda 16,3% kislorod
4,% karbonat angidrid va 79,7% azot bo`ladi. Nafasdan chiqqan havo tarkibi ancha 
o‘zgaruvchan bo`lib, organizm faolligining ortishi unda kislorod miqdori kamayishiga va 
karbonat angidrid miqdori ko‘payishiga olib keladi. Alveolyar ventilyatsiya alveolyar 
havoning gaz tarkibi barqarorligini saqlashga qaratilgan. Alveolyar havo o‘ziga xos ichki 
atmosfera vazifasini bajaradi. Uning tarkibida 14,4% kislorod, 5,6% karbonat angidrid va 
80% azot bor. 
Nafasdan chiqqan havo alveolyar havodan kislorod ko‘pligi va karbonat angidrid 
kamligi bilan farq qiladi. Buning sababi sguki, nafasdan chiqqan havo alveolyar havo va 
zararli bo‘shliqdagi havoning aralashmasi. Karbonat angidridga boy, kislorodning 
anchagina qismini yo‘qotgan alveolyar havo gaz tarkibi atmosfera havosidan farq 
qilmaydigan zararli bo‘shliq havosi bilan aralashib, nafasdan chiqqan havoni hosil qiladi. 
O’PKADA GAZLAR DIFFUZIYASI 
Alveola – alveolyar yo`llar devorining yarim sharsimon bo‘rtig‘i (43-rasm). Diametri 
150300 mkm. Odamning har bir o‘pkasidagi alveolalar soni 400 mln chamasida. Alveola 
devorining tashqi yuzasi kapillyarlar bilan qoplangan. Kapillyarlar bilan qoplangan 


167 
yuzaning umumiy sathi 90-100 m
2
. O‘pka kapillyarlaridagi qonni alveolalar ichidagi 
havodan aerogematik to‘siq ajratib turadi (44-rasm). Bu to‘siq alveolalarning ichki 
yuzasini qoplagan surfaktant qavatidan, alveolyar epiteliydan, ular ostidagi asosiy 
membranadan, kapillyarlarning devoridagi asosiy membranadan va endotelial hujayralar 
qavatidan iborat. Gazlar almashinuvi jarayonida ana shu 5 qavat to‘siqdan va eritrotsit 
membranasidan o‘tishi kerak. 
Kislorodni alveolyar havodan qonga, karbonat angidridni esa qondan alveolyar 
havoga o‘tishi faqay diffuziya yo`li bilan yuzaga chiqadi. Diffuziya sodir bo`lishi uchun 
aerogematik to‘siqning ikki tomonidagi gazlarning parsial bosimida farq bo`lishi zarur. 
Gazlar aralashmasining umumiy bosimidan shu aralashmani hosil qiluvchi gazlarning 
har birini hissasiga to‘g‘ri keladigan qismi shu gazning parsial bosimini tashkil qiladi. 
Aralashmaning umumiy bosimini va uning foiz hisobidagi tarkibini bilsak, har qaysi 
gazning parsial bosimini hisoblash oson bo`ladi. 
Alveolyar havo kislorod, azot, karbonat angidrid va suv bug‘idan iborat aralashma. 
Uning umumiy bisimi 760 mm.s.u. ga teng bo`lib, shundan 47 mm.s.u. suv bug‘iga 
to‘g‘ri keladi. Qolgan 713 mm.s.u. kislorod, azot va karbonat angidridlar bosimi. 
Aralashmada bu gazlarning foiz nisbati 14,4; 5,6 va 80. Demak, alveolyar havodagi 
kislorodning parsial bosimi 713 mm ni 14,4% ini, ya‘ni 102 mm ni, karbonat 
angidridning parsial bosimi 713 mm ni 5,6% ini, ya‘ni 40 mm ni tashkil qiladi. 
Aralashmadagi gazlar suyuqlikka duch kelganda, suyuqlikda gazlar o‘z parsial 
bosimiga bog‘liq holda eriydi. Ma‘lum vaqtdan keyin gaz aralashmasi va suyuqlik 
o‘rtasida dinamik muvozanat vujudga keladi; vaqt birligida suyuqlikka o‘tgan gaz 
miqdori undan chiqqan gaz miqdoriga tenglashadi. Bu sharoitda suyuqlikdagi gazning 
parsial tarangligi shu gazlar aralashmasidagi parsial bisimga teng bo`ladi. 
Alveola va kapillyar devori bo`lmish aerogematik to‘siqning bir tomonida gazlar 
aralashmasi – alveolyar havo, ikkinchi tomonida suyuqlik – qon. Kislorod va karbonat 
angidrid bu to‘siqdan erigan holda diffuziya yo`li bilan o‘tadi. Kislorodning surfaktantda 
eruvchanligi yuqori bo`lganligi gaz diffuziyasini yengillashtiradi. Diffuziyani gazlarning 
alveolyar havodagi parsial bosimi va shu gazlarning qondagi parsial tarangligi o‘rtasidagi 
farq ta‘minlaydi. 
Alveolyar havoda kislorodning parsial bosimi 102 mm.s.u va karbonat angidridning
parsial bosimi 40 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Bu gaz bilan aerogematik to‘siq orqalo o‘zaro 
munasabatda bo`ladigan suyuqlik – venoz qonda ham ma‘lum miqdor kislorod va 
karbonat angidrid bor. Kislorodning bu qondagi tarangligi 40 mm.s.u.ni tashkil qiladi. 
Karbonat angidridning tarangligi esa 46 mm.s.u. ga teng (45-rasm). 
Kislorodning alveolyar havodagi parsial bosimi va uning venoz qondagi parsial 
tarangligi o‘rtasidagi farq 60 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Bu kuch havodan qonga 
qaratilgani uchun kislorodni alveola bbo‘shlig‘idan qonga haydaydi. 
Karbonat angidridning parsial bosimi va parsial tarangligi o‘rtasida ham 6 mm.s.u. ga 
teng farq bor. Ammo bu kuch qondan alveola bo‘shlig‘iga qaratilgan. U karbonat 
angidridni qondan alveolyar havoga diffuziyasini ta‘minlaydi. Karbonat angidridning 
alveolyar membranada eruvchanligi yuqori bo`lganidan bosimlar farqi oz bo`lsada, qon 
o‘pka kapillyarlaridan o‘tayotganda butunlay diffuziyalanib bo`ladi. 
Qon o‘pka kapillyarlaridan o‘rta hisobda 0,7 sekundda o‘tadi. Shu vaqt davomida 
gazlarning alveolyar havodagi parsial bosimi qondagi parsial tarangligiga tenglashadi 
hamda kislorod uchun 100 mm.s.u. ni, karbonat angidrid uchun 40 mm.s.u. ni tashkil 
qiladi. 


168 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling