Muqaddima
O’PKADA GAZLAR ALMASHINUVI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’PKADA GAZLAR DIFFUZIYASI
O’PKADA GAZLAR ALMASHINUVI
Nafasga olinadigan atmosfera havosi alveolalarga bosim gradiyenti bo‘yicha burun bo‘shlig‘i, halqum, kekirdak, bronxlar, bronnxiolalar orqali konveksiya yo`li bbilan harakat qiladi. Odam o‘pkasida bronxlar kekirdakdan alveolalarga yetguncha 23 marta bo`linadi. Natijada ular ko‘ndalang kesimining yuzasi 4500 marta ko‘payadi. Havoning bronxlarda harakat qilish tezligi shunga yarasha juda sekinlashadi. Bronxlarning oxiri bo`lmish bronxial yo`llarda havoning konveksiya tufayli harakat qilish tezligi juda sekinlashadi. Ana shu bronxial yo`llarda havoning konveksiya tufayli harakat qilishga gazlarning diffuziyali harakati qo‘shiladi: kislorod aalveolalar tomon, karbonat angidrid esa alveolalardan tashqariga diffuziyalanib harakat qiladi. Ochiq joydagi atmosfera havosining gazlar tarkibi quyidagicha: kislorod – 20,94%, karbonat angidrid – 0,03% va azot – 79,03%. Nafasdan chiqqan havoda 16,3% kislorod, 4,% karbonat angidrid va 79,7% azot bo`ladi. Nafasdan chiqqan havo tarkibi ancha o‘zgaruvchan bo`lib, organizm faolligining ortishi unda kislorod miqdori kamayishiga va karbonat angidrid miqdori ko‘payishiga olib keladi. Alveolyar ventilyatsiya alveolyar havoning gaz tarkibi barqarorligini saqlashga qaratilgan. Alveolyar havo o‘ziga xos ichki atmosfera vazifasini bajaradi. Uning tarkibida 14,4% kislorod, 5,6% karbonat angidrid va 80% azot bor. Nafasdan chiqqan havo alveolyar havodan kislorod ko‘pligi va karbonat angidrid kamligi bilan farq qiladi. Buning sababi sguki, nafasdan chiqqan havo alveolyar havo va zararli bo‘shliqdagi havoning aralashmasi. Karbonat angidridga boy, kislorodning anchagina qismini yo‘qotgan alveolyar havo gaz tarkibi atmosfera havosidan farq qilmaydigan zararli bo‘shliq havosi bilan aralashib, nafasdan chiqqan havoni hosil qiladi. O’PKADA GAZLAR DIFFUZIYASI Alveola – alveolyar yo`llar devorining yarim sharsimon bo‘rtig‘i (43-rasm). Diametri 150300 mkm. Odamning har bir o‘pkasidagi alveolalar soni 400 mln chamasida. Alveola devorining tashqi yuzasi kapillyarlar bilan qoplangan. Kapillyarlar bilan qoplangan 167 yuzaning umumiy sathi 90-100 m 2 . O‘pka kapillyarlaridagi qonni alveolalar ichidagi havodan aerogematik to‘siq ajratib turadi (44-rasm). Bu to‘siq alveolalarning ichki yuzasini qoplagan surfaktant qavatidan, alveolyar epiteliydan, ular ostidagi asosiy membranadan, kapillyarlarning devoridagi asosiy membranadan va endotelial hujayralar qavatidan iborat. Gazlar almashinuvi jarayonida ana shu 5 qavat to‘siqdan va eritrotsit membranasidan o‘tishi kerak. Kislorodni alveolyar havodan qonga, karbonat angidridni esa qondan alveolyar havoga o‘tishi faqay diffuziya yo`li bilan yuzaga chiqadi. Diffuziya sodir bo`lishi uchun aerogematik to‘siqning ikki tomonidagi gazlarning parsial bosimida farq bo`lishi zarur. Gazlar aralashmasining umumiy bosimidan shu aralashmani hosil qiluvchi gazlarning har birini hissasiga to‘g‘ri keladigan qismi shu gazning parsial bosimini tashkil qiladi. Aralashmaning umumiy bosimini va uning foiz hisobidagi tarkibini bilsak, har qaysi gazning parsial bosimini hisoblash oson bo`ladi. Alveolyar havo kislorod, azot, karbonat angidrid va suv bug‘idan iborat aralashma. Uning umumiy bisimi 760 mm.s.u. ga teng bo`lib, shundan 47 mm.s.u. suv bug‘iga to‘g‘ri keladi. Qolgan 713 mm.s.u. kislorod, azot va karbonat angidridlar bosimi. Aralashmada bu gazlarning foiz nisbati 14,4; 5,6 va 80. Demak, alveolyar havodagi kislorodning parsial bosimi 713 mm ni 14,4% ini, ya‘ni 102 mm ni, karbonat angidridning parsial bosimi 713 mm ni 5,6% ini, ya‘ni 40 mm ni tashkil qiladi. Aralashmadagi gazlar suyuqlikka duch kelganda, suyuqlikda gazlar o‘z parsial bosimiga bog‘liq holda eriydi. Ma‘lum vaqtdan keyin gaz aralashmasi va suyuqlik o‘rtasida dinamik muvozanat vujudga keladi; vaqt birligida suyuqlikka o‘tgan gaz miqdori undan chiqqan gaz miqdoriga tenglashadi. Bu sharoitda suyuqlikdagi gazning parsial tarangligi shu gazlar aralashmasidagi parsial bisimga teng bo`ladi. Alveola va kapillyar devori bo`lmish aerogematik to‘siqning bir tomonida gazlar aralashmasi – alveolyar havo, ikkinchi tomonida suyuqlik – qon. Kislorod va karbonat angidrid bu to‘siqdan erigan holda diffuziya yo`li bilan o‘tadi. Kislorodning surfaktantda eruvchanligi yuqori bo`lganligi gaz diffuziyasini yengillashtiradi. Diffuziyani gazlarning alveolyar havodagi parsial bosimi va shu gazlarning qondagi parsial tarangligi o‘rtasidagi farq ta‘minlaydi. Alveolyar havoda kislorodning parsial bosimi 102 mm.s.u va karbonat angidridning parsial bosimi 40 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Bu gaz bilan aerogematik to‘siq orqalo o‘zaro munasabatda bo`ladigan suyuqlik – venoz qonda ham ma‘lum miqdor kislorod va karbonat angidrid bor. Kislorodning bu qondagi tarangligi 40 mm.s.u.ni tashkil qiladi. Karbonat angidridning tarangligi esa 46 mm.s.u. ga teng (45-rasm). Kislorodning alveolyar havodagi parsial bosimi va uning venoz qondagi parsial tarangligi o‘rtasidagi farq 60 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Bu kuch havodan qonga qaratilgani uchun kislorodni alveola bbo‘shlig‘idan qonga haydaydi. Karbonat angidridning parsial bosimi va parsial tarangligi o‘rtasida ham 6 mm.s.u. ga teng farq bor. Ammo bu kuch qondan alveola bo‘shlig‘iga qaratilgan. U karbonat angidridni qondan alveolyar havoga diffuziyasini ta‘minlaydi. Karbonat angidridning alveolyar membranada eruvchanligi yuqori bo`lganidan bosimlar farqi oz bo`lsada, qon o‘pka kapillyarlaridan o‘tayotganda butunlay diffuziyalanib bo`ladi. Qon o‘pka kapillyarlaridan o‘rta hisobda 0,7 sekundda o‘tadi. Shu vaqt davomida gazlarning alveolyar havodagi parsial bosimi qondagi parsial tarangligiga tenglashadi hamda kislorod uchun 100 mm.s.u. ni, karbonat angidrid uchun 40 mm.s.u. ni tashkil qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling