Muqaddima


TO’QIMALARDA GAZLAR DIFFUZIYASI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

TO’QIMALARDA GAZLAR DIFFUZIYASI 
O‘pkada kislorodga boyib, karbonat angidridning ortiqchasini yo‘qotgan arterial qon 
yurak va tomirlar faoliyati tufayli to‘qimalarga yetkaziladi. To‘qimalarda 
kapillyarlardagi qon va hujayralar aro suyuqlik o‘rtasida gazlar almashinuvi diffuziya 
yo`li bbilan yuzaga chiqadi. Diffuziyani qon va to‘qima suyuqligidagi gazlarning parsial 
tarangligi o‘rtasidagi farq ta‘minlaydi. To‘qima suyuqligidagi kislorod va karbonat 
angidrid miqdori va unga aloqador parsial tarangligi juda o‘zgaruvchan. Bu 
ko‘rsatkichlar to‘qimaning qon bilan ta‘minlanishi, uning faollik darajasi va boshqa 
omillarga bog‘liq. 
Kislorodning to‘qimalardagi tarangligi o‘rta hisobda 20-40 mm.s.u. ga teng. Karbonat 
angidridning parsial tarangligi esa 60 mm.s.u. ga yetishi mumkin. Arterial qonda bu 
gazlarning tarangligi 100 va 40 mm.s.u. edi. Kislorodning parsial tarangligidagi 60-80 
mm.s.u. ga teng farq to‘qimaga qaratilgan. U kislorodni qondan to‘qimaga diffuziyasini 
ta‘minlaydi. Karbonat ngidridning parsial tarangligidagi 20 mm.s.u. chamasidagi farq 
to‘qimadan qonga qaratilgan bo`lib, shu yo‘nalishda gaz diffuziyasini ta‘minlaydi. 
QONNING KISLOROD TASHISHI 
Arterial qonning 100 ml dan 19 ml kislorod ajratib olish mumkin. Bu miqdordagi 
kislorodning faqat 0,3 ml qonda erigan holda bo`ladi. Kislorodning asosiy qismini qon 
gemoglobinga bog‘lagan holda tashiydi. Kislorodning parsial bosimi yuqori bo`lgan 
sharoitda (o‘pkada) gemoglobin oksigenatsiyaga uchrab, kislorod bilan bo‘sh, oson 
dissotsiatsiyalanadigan oksigemoglobinni hosil qiladi. Kislorodning parsial bosimi past 
bo`lgan sharoitda (to‘qimalarda) oksigemoglobin dissotsiatsiyaga uchrab, kislorod 
ajratadi. Oksigemoglobinning parchalanishi kislotali muhitda, yuqori haroratda 
tezlashadi. To‘qimalarda bu sharoitlar mavjud: to‘qimalarda kislorodning parsial bosimi 
past, modda larnashinuvi natijasida harorat picha ko‘tarilgan va CO
2
hosil bo`lishi 
natijasida vodorod ionlari miqdori ortgan. 
Arterial qon to‘qima kapillyarlaridan o‘tar ekan, bor kislorodning hammasini emas, 
faqat bir qismini ajratadi. 100 ml qondagi 19 ml kislorodning bor yo‘g‘i 5-6 ml 
to‘qimalarga o‘tadi va shu miqdorga teng arteriovenoz farqpaydo bo`ladi. Qon o‘pka 
kapillyarlaridan o;tayotganda bu farqni toidiradi. 
Demak, qonda kislorod ikki xil shaklda tashiladi. Biri – plazmada erigan shakli. 
Uning miqdori juda oz. Ikkinchisi – gemoglobin bilan birikkan shakli. Oksigemoglobin 
shaklida tasgiladigan kislorod miqdori taxminan 98% ga teng. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling